lavozimlarda mustaqil ilmiy-tadqiqot, ilmiy-pedagogik va kasbga doir boshqaruv
faoliyati bilan samarali shug‘ullanishini ta’minlashi, tegishli mutaxassislik bo‘yicha
oliy ta’limdan keyingi ta’limda (tayanch doktorantura, mustaqil izlanuvchi) tahsil
olish imkonini berishi lozim.
Bakalavr va magistrlarni tayyorlash oliy ta’limning davlat ta’lim standartlari,
malaka talablari, o‘quv reja va o‘quv dasturi asosida kunduzgi, kechki (smenali),
sirtqi (maxsus sirtqi) va zarur hollarda masofaviy ta’lim shakllarida amalga
oshiriladi. Ta’lim jarayoni kredit-modul tizimi asosida amalga oshiriladi. Ayrim
(zarur) hollarda ta’lim jarayoni reyting (baholash) tizimi asosida amalga oshirilishi
mumkin. (5.2.)
O‘quv dasturlarining nazariy va amaliy mashg‘ulotlarini to‘liq o‘zlashtirgan,
yakuniy davlat attestatsiyasidan muvaffaqiyatli o‘tgan bakalavriat ta’lim
oluvchilariga
“bakalavr”
akademik
darajasi,
magistrlik
dissertatsiyasini
muvaffaqiyatli himoya qilgan, yakuniy davlat attestatsiyasidan muvaffaqiyatli o‘tgan
magistratura ta’lim oluvchilariga “magistr” akademik darajasi hamda oliy ma’lumot
to‘g‘risidagi davlat namunasidagi rasmiy hujjatlar beriladi.
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha
qo‘shma ta’lim dasturlar (“Double degree”) asosida ham amalga oshiriladi. Bunda
ta’lim jarayoni davlat ta’lim standartlariga tayangan holda mahalliy yoki mahalliy va
xorijiy oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida tuzilgan kelishuv (shartnoma)da
belgilangan talablar asosida tuziladigan hamda belgilangan tartibda tasdiqlangan
o‘quv reja va o‘quv dasturlariga muvofiq amalga oshiriladi.
5.3. bandda Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisligi
bitiruvchilarining ta’limni davom ettirish imkoniyatlari berilgan. Jumladan:
bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining bitiruvchilari magistratura mutaxassisligi
bo‘yicha o‘qishni davom ettirish huquqiga ega. Muayyan bakalavriat yo‘nalishlari
uchun o‘qishni davom ettirish bo‘yicha magistratura mutaxassisliklarining ro‘yxatini
oliy ta’limni boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organi belgilaydi;
magistratura mutaxassisliklarining bitiruvchilari tayanch doktorantura,
doktorantura yoki mustaqil izlanuvchilik institutlarida ilmiy-tadqiqot faoliyatini
belgilangan tartibda amalga oshirishi mumkin.