O‘quv
rejalarini ishlab chiqish, tasdiqlash va ta’lim jarayoniga joriy etish
quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
o‘quv
rejalar
bakalavriat
ta’lim
yo‘nalishlari
va
magistratura
mutaxassisliklarining har biri bo‘yicha «Oliy ta’limning Davlat ta’lim standarti. Oliy
ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori», bakalavriat ta’lim
yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarining malaka talablariga muvofiq
ishlab chiqiladi;
o‘quv rejalar ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarga oid majburiy va tanlov
fanlari belgilangan holda, ularning mazmun va mohiyatidan kelib chiqib, auditoriya
(ma’ruza, amaliy, seminar, laboratoriya va boshqa mashg‘ulotlar) va mustaqil
mashg‘ulotlar, o‘quv va ishlab chiqarish (klinik, ijodiy va boshqa)
amaliyotlari, kurs
loyihasi,
kurs ishi, ijodiy va boshqa o‘quv vazifalari shaklida mantiqiy ketma-
ketlikda, fanlarga ajratilgan kreditlarga amal qilgan tartibda shakllantiriladi;
o‘quv rejalarga davomiyligi kamida 15 o‘quv haftasiga teng semestrlar, har bir
semestrdan so‘ng 2 — 4 haftalik attestatsiya sessiyalari, tegishli dovomiylikdagi
malaka amaliyotlari, ta’tillar va boshqa akademik jarayonlar kiritiladi;
o‘quv rejalar:
reyting (baholash) tizimi uchun jadval shaklida A-4 formatli standart
varaqlarining «kitob ko‘rinishida ikki tarafiga «Timcs New Romaii'' shriftining
maqbul o‘lchamida bostirib chiqariladi;
kredit-modul tizimi uchun jadval shaklida A-4 formatli standart varaqlarining
«albom ko‘rinishida bir tarafiga «Times New Roman»
shriftining maqbul
o‘lchamida bostirib chiqariladi va birlashtirib tikiladi;
zarur hollarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
bilan kelishilgan tartibda o‘quv rejalar boshqa shaklda ishlab chiqilishiga yo‘l
qo‘yiladi;
o‘quv rejalar oliy ta’lim muassasalari tomonidan tayyorlanadi va tasdiqlanadi;
tasdiqlangan o‘quv rejalar belgilangan tartibda ikki nusxada rasmiylashtiriladi,
ularning birinchi nusxasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim
vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni
tatbiq etish markazida, ikkinchi nusxasi tegishli oliy ta’lim muassasasida saqlanadi;
zarur hollarda oliy ta’lim muassasalari tomonidan uquv rejalarga qushimcha
ravishda fakultativ, maxsus kurs va boshqa turdagi mashg‘ulotlar kiritilishi mumkin;
ishlab chiqilgan va belgilangan tartibda tasdiqlangan o‘quv
rejalar ishlab
chiqarishdan ajralgan holda (kunduzgi) ta’lim shaklining tayanch o‘quv rejalari
hisoblanadi. Bular asosida ishlab chiqarishdan ajralmagan holda (kechki (smenali),
sirtqi (maxsus sirtqi), masofaviy) ta’lim shakllari uchun belgilangan tartibda ishchi
o‘quv rejalar ishlab chiqiladi va tegishli oliy ta’lim muassasalari tomonidan
tasdiqlanadi.
Oliy ta’lim muassasalari tomonidan ixtiyoriy tarzda ishchi o‘quv rejalar
quyidagi hollarda ham ishlab chiqilishi va tasdiqlanishi mumkin:
muayyan ta’lim yo‘nalishlar tegishli turlari bo‘yicha
ajratilishi nazarda
tutilganida (masalan, sport turlari);
o‘quv rejalarda tanlov fanlarini dolzarbligiga qarab belgilash ehtiyoji
mavjudligida.
Ishchi o‘quv rejalar belgilangan tartibda ikki nusxada rasmiylashtiriladi,
ularning birinchi nusxasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim
vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni
tatbiq etish markazida, ikkinchi nusxasi tegishli oliy ta’lim muassasasida saqlanadi.