Respublikasi Prezidentining “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarini amalga
oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022 yil 21 dekabrdagi PF-269-son farmonidan
kelib chiqadigan vazifalarni bajarish, O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim
to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq oliy ta’limning meyoriy-uslubiy va normativ-
huquqiy bazasini takomillashtirish maqsadida qabul qilingan.
Mazkur buyruq bilan 26 ta oliy ta’lim muassasalari huzurida
Muvofiqlashtiruvchi soha kengashlari faoliyati yo‘lga qo‘yilib, ular faoliyati
yo‘nalishlari va tartibini belgilovchi namunaviy nizom tasdiqlangan.
Muvofiqlashtiruvchi kengashlar oldiga 2023/2024 o‘quv yili boshlanguniga
qadar ta’lim jarayonining meyoriy-uslubiy hujjatlarini ishlab chiqish tizimini yanada
takomillashtirish, o‘quv mashg‘ulotlari talab etiladigan kasbiykompetensiyalar bilan
uzviy bog‘langan xolda har bir ta’lim yo‘nalishi va mutaxassisligi bo‘yicha yagona
mukammal o‘quv rejalar asosida joriy etilishi, talabalar tomonidan bilim, ko‘nikma
va malakalarni samarali o‘zlashtirilishi hamda akademik mobillikni yuqori darajada
ta’minlash maqsadida Nizom asosida faoliyat yuritish vazifasi yuklangan.