korxona, tashkilot va muassasalarning talab va ehtiyojlariga muvofiq ishlab
chiqiladi.
Malaka talablari quyidagi bo‘limlardan iborat bo‘ladi:
zarvaraqda (titul varag‘i) O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus
ta’lim vazirligining nomi, o‘rta qismida ta’lim yo‘nalishi yoki mutaxassislik nomi
ko‘rsatiladi;
zarvaraq sirtida malaka talablari kim tomonidan ishlab chiqilgani va
kiritilganligi, tasdiqlangani va joriy etilgani hamda hujjat maqomi ko‘rsatiladi.
Mundarijada malaka talablarining asosiy boblari ko‘rsatiladi.
Ta’lim yo‘nalishi yoki mutaxassisligining umumiy tavsifi bobida malaka
talabining qo‘llanish sohasi, asosiy foydalanuvchilari, kasbiy faoliyatlarining tavsifi,
bakalavr yoki magistr kasbiy faoliyatining sohalari, obyektlari, turlari hamda kasbiy
vazifalari keltiriladi;
Ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavrning yoki mutaxassisligi bo‘yicha
magistrning kasbiy kompetensiyalariga qo‘yiladigan talablar bobida bakalavriat yoki
magistratura bitiruvchisi ega bo‘lishi zarur bo‘lgan umumiy kompetensiyalar hamda
kasbiy kompetensiyalar aniq ko‘rsatiladi.
Bibliografik ma’lumotlar belgilangan tartibda keltiriladi.
Kelishuv varag‘ida malaka talabini ishlab chiqqan tayanch oliy ta’lim
muassasasi rektori imzosi hamda uni kelishuv jarayonidan o‘tkazgan oliy ta’lim
muassasalari va tashkilotlar rahbarlarining imzolari qo‘yiladi.