Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy-metodik markazi




Download 26,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/593
Sana27.05.2024
Hajmi26,13 Mb.
#254636
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   593
Bog'liq
01 YANGI O‘ZBEKISTON

O‘quv dasturlari. 
o‘quv fani 
— ta’lim jarayonida muayyan ta’lim yo‘nalishi va mutaxassisliklar 
bo‘yicha o‘zlashtirilishi zarur bo‘lgan tegishli ilmiy, ishlab chiqarish, iqtisodiy, 
ijtimoiy sohalardan saralab olingan bilim va ko‘nikmalar tizimi. 
o‘quv dasturi 
— ta’lim mazmunini belgilovchi o‘quv fanining asosiy 
mavzulari, mazmuni, o‘zlashtirilishining eng maqbul usullari, axborot manbalari 
ko‘rsatilgan hujjat 
O‘quv dasturlarini ishlab chiqish va tatbiq etish tartibi. 
O‘quv dasturlarining asosiy maqsadi va vazifasi: 
O‘quv dasturining asosiy maqsadi — davlat ta’lim standartlari va malaka talablarida 
bakalavr va magistrning bilimi, uquvi, ko‘nikma va kompetensiyalariga qo‘yilgan 
talablarga muvofiq o‘quv rejaga kiritilgan muayyan fan tomonidan raqobatbardosh 
mutaxassislarni sifatli tayyorlash uchun shakllantirilishi zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va 
kompetensiyalar majmuini belgilash, fan mazmuni va tarkibiy qismlarini tartibga 
solishdir; 
O‘quv dasturining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi: 
o‘quv faniga oid ilm-fan, texnika, texnologiyalarning so‘nggi yutuqlarini, ilg‘or xorijiy 
tajribalarni hisobga olgan holda o‘quv mashg‘ulotlar mavzularini shakllantirish, ta’lim 
shakli va o‘quv fanga ajratilgan vaqtga muvofiq o‘quv materiallarni mavzular va o‘quv 
mashg‘ulotlar turlari bo‘yicha taqsimlash, maqbul holatga keltirish va optimallashtirish, 
ularning mantiqiy ketma-ketligini hamda boshqa fanlar bilan integratsiyasini ta’minlash; 
uzluksiz ta’lim tizimining ta’lim turlari o‘rtasidagi uzviylik va uzluksizligini, shuningdek, 
fanning mazmun va mavzulari boshqa ta’lim turlaridagi hamda turdosh yo‘nalishlardagi 
fanlarning mazmun va mavzulari bilan takrorlanmasligini ta’minlash; 
fanni o‘zlashtirish, ta’lim oluvchilarda fanga oid kompetensiyalarni, kasbiy bilim va 
ko‘nikmalarni shakllantirish uchun zarur o‘quv-uslubiy shartlar, o‘quv adabiyotlar, 
didaktik materiallarni hamda baholash vositalari va usullari yordamida ta’lim oluvchilar 
bilimini nazorat qilish shakllarini belgilash. 
O‘quv dasturda o‘quv materiallar ma’ruza, seminar, kollokvium, amaliy va 
laboratoriya mashg‘ulotlari, o‘quv va ishlab chiqarish (klinik, ijodiy va boshqa) 


amaliyotlari shaklida mantiqiy ketma-ketlikda belgilanadi, shuningdek, o‘quv fanining 
maqsadi va vazifasiga muvofiq kurs loyihasi, kurs ishi, mustaqil ish, chizma-hisob, ijodiy, 
laboratoriya va boshqa ishlar ajratilgan vaqt meyorlariga muvofiq o‘quv dasturga 
kiritiladi. 
O‘quv dasturi quyidagi tarkibiy qismlardan iborat bo‘lishi lozim: 
muqovada oliy ta’limni boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organi nomi, oliy ta’lim 
muassasasi nomi, «Oliy ta’limning Davlat ta’lim standarti. Oliy ta’lim yo‘nalishlari va 
mutaxassisliklari klassifikatori»ga muvofiq tegishli bilim, ta’lim sohalari va ta’lim 
yo‘nalishi (mutaxassislik)larining kodi va nomlari, harakatdagi o‘quv rejasiga muvofiq 
fanning to‘liq nomi, tasdiqlangan sanalari va belgilari ko‘rsatiladi; 
O‘quv dasturining birinchi betida uning asosiy parametrlari (fan kodi, qaysi 
o‘quv yilidan joriy etilganligi, semestr, fanga ajratilgan kreditlar (soatlar), fan turi 
(majburiy, tanlov), ta’lim tili, haftadagi dars soatlari, fanning nomi, auditoriya va mustaqil 
mashg‘ulotlar hajmi, jami yuklama jadval shaklida belgilanadi; 
“Faning mazmuni” o‘quv fanining maqsadi va uning asosiy vazifalari tegishli 
yo‘nalish bo‘yicha mutaxassis tayyorlash vazifalariga bog‘langan holda bayon etiladi; 
“Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari)” o‘quv fanining mavzulari mantiqiy 
ketma-ketlikda keltiriladi, har bir mavzuning mohiyati asosiy tushunchalar va qisqa 
ifodalar orqali ta’lim oluvchilarga davlat ta’lim standarti va malaka talablari asosida 
yetkazilishi zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalar qamrab olingan holda ifodalab beriladi. 
Asosiy nazariy qism modullar shaklida berilishi mumkin; 
“Amaliy mashg‘ulotlar bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar” o‘quv fanining 
mohiyati va nazariy mavzulariga mos ravishda amaliy, seminar va laboratoriya 
mashg‘ulotlarining mavzulari, ushbu mashg‘ulotlarni o‘tkazish shakllari, unda qo‘llanishi 
tavsiya etiladigan texnologiyalar, usullar, vositalar zarur hollarda muhokama etiladigan 
mavzular, masalalar, laboratoriya ishlarining mazmuni, maqsadi hamda fan mohiyatidan 
kelib chiqadigan boshqa ma’lumotlar yoritiladi. Shuningdek, kurs loyihasi va kurs ishlari, 
ijodiy ishlar mohiyati, mazmuni, maqsadi, mavzulari ularni bajarish shakllari hamda fan 
mohiyatidan kelib chiqadigan boshqa ma’lumotlar yoritiladi. Shu bilan birga ushbu 
qismda o‘quv va ishlab chiqarish amaliyotlarining maqsadi, vazifasi, shakli, mazmuni, 
amaliyot jarayonida ta’lim oluvchilar tomonidan tayyorlanishi zarur bo‘lgan yakuniy 
ishlar shakli yuzasidan qisqa uslubiy ko‘rsatmalar beriladi; 
“Mustaqil ta’lim va mustaqil mashg‘ulotlar” qismida mustaqil ta’limning 
shakli va mazmuni, mustaqil ishga mo‘ljallangan mavzular va topshiriqlar, mustaqil 
mashg‘ulotlar jarayonida ta’lim oluvchilar tomonidan tayyorlanishi zarur bo‘lgan ishlar 
referat, esse, mustaqil (ijodiy) ish, muammoli ma’ruza va boshqalar keltiriladi; 
“Fanni o‘qitish natijalari va shakllanadigan kasbiy kompetensiyalar” qismda 
ta’lim yo‘nalishi (mutaxassislik)ga muvofiq muayyan fan bo‘yicha ta’lim oluvchi 
egallashi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va kompetensiyalar bayon qilinadi; 
“Talabalar kreditlarni olish tartibi” kredit-modul tizimida fan bo‘yicha 
talabalar bilimini nazorat qilish (baholash) va kreditlarni olishga oid talablar o‘rnatilgan 
tartibda belgilanadi; 


Reyting (baholash) tizimi asosida ta’lim jarayonini amalga oshirayotgan oliy 
ta’lim muassasalari uchun — “Talabalar reytingini belgilash tartibi” reyting tizimida fan 
bo‘yicha talabalar bilimini nazorat qilish (baholash) tartibi belgilanadi; 
“Asosiy va qo‘shimcha o‘quv adabiyotlar hamda axborot manbalari” o‘quv 
faniga oid asosiy darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar va qo‘shimcha adabiyotlar, Internet jahon 
axborot tarmog‘i resurslari, dissertatsiya, monografiya hamda boshqa tavsiya etilgan 
o‘quv, ilmiy va uslubiy ma’lumotlar manbalari keltiriladi; 
O‘quv dasturning oxirgi betida uni ishlab chiqqan oliy ta’lim muassasasi nomi, 
tuzuvchilar ismi, familiyasi, lavozimi, ilmiy daraja va unvonlari, taqrizchilar ismi, 
familiyasi, ish joyi, lavozimi, ilmiy daraja va unvonlari, o‘quv dastur ko‘rib chiqilgan oliy 
ta’lim muassasasi kengashi bayonining raqami keltiriladi. 
O‘quv dasturlarni ishlab chiqish, tasdiqlash va ta’lim jarayoniga joriy etish 
quyidagi tartibda amalga oshiriladi: 
o‘quv dasturlar o‘quv rejalarda belgilangan har bir o‘quv fani bo‘yicha mazkur davlat 
standarti, “Oliy ta’limning Davlat ta’lim standarti. Oliy ta’lim yo‘nalishlari va 
mutaxassisliklari klassifikatori”, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura 
mutaxassisliklarining malaka talablari hamda o‘quv rejalariga muvofiq davlat oliy ta’lim 
muassasalari tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi; 
O‘quv dasturlar ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar maqsadi, vazifasi, 
mazmuni va mohiyatidan kelib chiqib, fan mavzulari va mazmunini belgilangan tartibda 
mantiqiy ketma-ketlikda, o‘quv faniga ajratilgan vaqt meyoriga amal qilgan holda 
shakllantiriladi. O‘quv dasturlar mazkur davlat standartida belgilangan talablarga javob 
bergan holda Sillabus shaklida ham ishlab chiqilishi mumkin; 
O‘quv dasturning matni A-4 formatli standart varaqlarda, “Times New 
Roman” shriftining 14-o‘lchamida, 1,15 intervalda, chap va o‘ng tomonidan — 20, 
pastidan — 25, yuqoridan — 20 mm o‘lchamida hoshiyalangan, betlarini raqamlanishi 
varaqning pastki qismining markazida joylashtirilgan holatda bostirib chiqariladi; 
o‘quv dasturlari tasdiqlanganidan so‘ng A-5 formatida broshura shaklida chiqariladi; 
Oliy ta’lim muassasalari tomonidan tayyorlangan o‘quv dasturlari oliy 
ta’limning davlat ta’lim standartlari, malaka talablari va o‘quv rejalarga muvofiqligi 
hamda sifati nuqtai nazaridan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim 
vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni 
tatbiq etish markazi tomonidan tanlab monitoring va tahlil qilinadi. Monitoring va tahlil 
natijalari O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Oliy, 
o‘rta maxsus va professional ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv-uslubiy birlashmalar 
faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kengash muhokamasiga olib chiqiladi va ularga baho 
beriladi; 
Tasdiqlangan o‘quv dasturlar belgilangan tartibda ikki nusxada 
rasmiylashtiriladi, ularning birinchi nusxasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta 
maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or 
texnologiyalarni tatbiq etish markazida, ikkinchi nusxasi tegishli oliy ta’lim muassasasida 
saqlanadi; 


Ishlab chiqilgan va tasdiqlangan o‘quv dasturlar (sillabuslar) ishlab 
chiqarishdan ajralgan holda (kunduzgi) ta’lim shaklining tayanch o‘quv dasturlari 
hisoblanadi. Bular asosida ishlab chiqarishdan ajralmagan holda (kechki (smenali), sirtqi 
(maxsus sirtqi), masofaviy) ta’lim shakllari uchun belgilangan tartibda ishchi o‘quv 
dasturlar ishlab chiqiladi va tegishli oliy ta’lim muassasalari tomonidan tasdiqlanadi. 



Download 26,13 Mb.
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   593




Download 26,13 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy-metodik markazi

Download 26,13 Mb.
Pdf ko'rish