professorlar, ilmiy, pedagogik va ijodiy unvonlarga (darajalarga) ega bo‘lgan yuqori
malakali mutaxassis va amaliyotchilar jalb etilishi lozim.
Kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish.
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha
kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish quyidagilardan iborat:
ichki nazorat oliy ta’lim muassasasi tomonidan amalga oshiriladi. Ichki
nazorat oliy ta’limni boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat boshqaruvi organi
tomonidan tegishli ravishda belgilangan reyting (baholash) tizimi hamda kredit-
modul tizimi mezonlarga muvofiq o‘rnatilgan tartibda o‘tkaziladi;
bitiruvchilarning yakuniy nazorati oliy ta’lim yo‘nalishlari va
mutaxassisliklarining o‘quv rejalariga muvofiq bakalavriatda o‘quv fanlari bo‘yicha
yakuniy davlat attestatsiyasi va (yoki) bitiruv malakaviy ishi himoyasi, shuningdek
magistraturada magistrlik dissertatsiyasining himoyasi shaklida amalga oshiriladi;
davlat-jamoatchilik nazorati oliy ta’limni boshqarish bo‘yicha vakolatli
davlat boshqaruv organi, jamoat tashkilotlari va kadrlar buyurtmachilari tomonidan
belgilangan tartibda amalga oshiriladi;
tashqi nazorat belgilangan tartibda oliy ta’limni boshqarish bo‘yicha vakolatli
davlat boshqaruvi organi tomonidan amalga oshiriladi.