Attestatsiya
6 — 15
8 — 15
Ta’til**
8 — 21
10 — 18
Malaka amaliyoti
6 — 25
6 — 20
Bitiruv malakaviy ishi***
2 — 7
2 — 5
* Ayrim yo‘nalishlarning o‘ziga xos xususiyatidan kelib chiqib, ta’lim
jarayoni zaruratiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim
vazirligi bilan kelishilgan holda ular uchun mazkur foizlarga o‘zgartirish kiritishga
yo‘l qo‘yiladi.
** Qishki ta’til ikki haftadan oshmasligi maqsadga muvofiq.
*** Bitiruv malakaviy ishi tarkibiga uni himoya qilish bo‘yicha Davlat
attestatsiyalari ham kiradi.
Barcha ta’lim sohalari uchun nazariy va amaliy ta’lim hajmining kamida 85
% umumkasbiy va ixtisoslik (maxsus) fanlaridan tashkil topgan majburiy va tanlov
fanlari bloklaridan iborat bo‘lishi lozim.
O‘quv rejalaridagi majburiy va tanlov fanlari bloklarining hajmini ta’lim
yo‘nalishining o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, o‘quv rejani ishlab
chiqaruvchi oliy ta’lim muassasasi belgilaydi.
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ta’lim oluvchilarining malaka amaliyotini
o‘tash tartibi va bitiruv malakaviy ishini bajarish tartibi oliy ta’limni boshqarish
bo‘yicha vakolatli davlat boshqaruv organi tomonidan belgilanadi.
Kredit tizimi xalqaro tamoyillariga asoslanib fanlar katalogini tizimlashtirish
va maqbullashtirish maqsadida o‘quv rejalarda kreditlar kurs va semestrlar bo‘yicha
taqsimotini quyidagicha belgilash tavsiya etiladi: