Oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari tayyorgarligiga nisbatan




Download 26,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/593
Sana27.05.2024
Hajmi26,13 Mb.
#254636
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   593
Bog'liq
01 YANGI O‘ZBEKISTON

Oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari tayyorgarligiga nisbatan 
qo‘yiladigan talablar 
bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura 
mutaxassisliklarining malaka talablarida bayon etiladi. 
Bakalavrning tayyorgarligiga nisbatan qo‘yiladigan malaka talablari ta’lim 
yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumotli shaxslar egallashi lozim bo‘lgan lavozimlarda 
mustaqil samarali mehnat faoliyatini yuritishini ta’minlashi hamda tegishli 
mutaxassislik bo‘yicha magistraturada oliy ta’limni davom ettirish imkonini berishi 
lozim. 
Magistrning tayyorgarligiga nisbatan qo‘yiladigan malaka talablari 
mutaxassislik bo‘yicha magistr akademik darajali shaxslar egallashi lozim bo‘lgan 
lavozimlarda mustaqil ilmiy-tadqiqot, ilmiy-pedagogik va kasbga doir boshqaruv 
faoliyati bilan samarali shug‘ullanishini ta’minlashi, tegishli mutaxassislik bo‘yicha 
oliy ta’limdan keyingi ta’limda (tayanch doktorantura, mustaqil izlanuvchi) tahsil 
olish imkonini berishi lozim. 
Bakalavr va magistrlarni tayyorlash oliy ta’limning davlat ta’lim standartlari, 
malaka talablari, o‘quv reja va o‘quv dasturi asosida kunduzgi, kechki (smenali), 
sirtqi (maxsus sirtqi) va zarur hollarda masofaviy ta’lim shakllarida amalga 
oshiriladi. Ta’lim jarayoni kredit-modul tizimi asosida amalga oshiriladi. Ayrim 
(zarur) hollarda ta’lim jarayoni reyting (baholash) tizimi asosida amalga oshirilishi 
mumkin. 
O‘quv dasturlarining nazariy va amaliy mashg‘ulotlarini to‘liq o‘zlashtirgan, 
yakuniy davlat attestatsiyasidan muvaffaqiyatli o‘tgan bakalavriat ta’lim 
oluvchilariga 
“bakalavr” 
akademik 
darajasi, 
magistrlik 
dissertatsiyasini 
muvaffaqiyatli himoya qilgan, yakuniy davlat attestatsiyasidan muvaffaqiyatli o‘tgan 
magistratura ta’lim oluvchilariga “magistr” akademik darajasi hamda oliy ma’lumot 
to‘g‘risidagi davlat namunasidagi rasmiy hujjatlar beriladi. 
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha 
qo‘shma ta’lim dasturlar (“Double degree”) asosida ham amalga oshiriladi. Bunda 
ta’lim jarayoni davlat ta’lim standartlariga tayangan holda mahalliy yoki mahalliy va 
xorijiy oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida tuzilgan kelishuv (shartnoma)da 
belgilangan talablar asosida tuziladigan hamda belgilangan tartibda tasdiqlangan 
o‘quv reja va o‘quv dasturlariga muvofiq amalga oshiriladi. 
Bakalavriat 
ta’lim 
yo‘nalishlari 
va 
magistratura 
mutaxassisligi 
bitiruvchilarining ta’limni davom ettirish imkoniyatlari: 
bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining bitiruvchilari magistratura mutaxassisligi 
bo‘yicha o‘qishni davom ettirish huquqiga ega. Muayyan bakalavriat yo‘nalishlari 


uchun o‘qishni davom ettirish bo‘yicha magistratura mutaxassisliklarining ro‘yxatini 
oliy ta’limni boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organi belgilaydi; 
magistratura mutaxassisliklarining bitiruvchilari tayanch doktorantura, 
doktorantura yoki mustaqil izlanuvchilik institutlarida ilmiy-tadqiqot faoliyatini 
belgilangan tartibda amalga oshirishi mumkin. 

Download 26,13 Mb.
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   593




Download 26,13 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari tayyorgarligiga nisbatan

Download 26,13 Mb.
Pdf ko'rish