-kadrlar tayyorlash sifatiga, ta’lim mazmuniga qo‘yiladigan umumiy
talablarni;
-ta’lim oluvchilar tayyorgarligining zarur va yetarli bilim darajasi hamda oliy
ta’lim muassasalari bitiruvchilariga qo‘yiladigan umumiy malakaviy talablarni;
-o‘quv yuklamasining hajmini;
-ta’lim muassasalari faoliyati va kadrlar tayyorlash sifatini baholash
tartibotlari hamda mexanizmini belgilaydi.
Davlat ta’lim standartlari o‘quv jarayonini, ta’lim muassasalari faoliyatini,
kadrlar, darslik va o‘quv qo‘llanmalari tayyorlash sifatini baholashni tartibga
soluvchi tegishli hujjatlarni (bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura
mutaxassisliklari uchun malaka talablari, o‘quv rejalari, o‘quv dasturlari va
boshqalar) ishlab chiqish uchun asos hisoblanadi.
Davlat ta’lim standartlari oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlashda idoraviy
bo‘ysunuv va mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar, O‘zbekiston Respublikasining
davlat ta’lim standartlari asosida kadrlar tayyorlovchi barcha oliy ta’lim muassasalari
uchun majburiydir.
Nodavlat ta’lim tashkilotlari mustaqil ishlab chiqilgan va litsenziyada
ko‘rsatilgan o‘quv dasturlari asosida ta’lim faoliyatini amalga oshirishlari mumkin.