Konsepsiya doirasida belgilangan vazifalarni bajarish orqali O‘zbekiston




Download 26,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/593
Sana27.05.2024
Hajmi26,13 Mb.
#254636
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   593
Bog'liq
01 YANGI O‘ZBEKISTON

Konsepsiya doirasida belgilangan vazifalarni bajarish orqali O‘zbekiston 
Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirishda quyidagi 
natijalarga erishish nazarda tutilmoqda: 
oliy ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish, hududlarda davlat 
va nodavlat oliy ta’lim muassasasalari, shu jumladan nufuzli xorijiy oliy ta’lim 
muassasalari filiallari faoliyatini tashkil etish asosida oliy ta’lim bilan qamrov 
darajasining 50 foizdan yuqori bo‘lishi ta’minlanadi, sohada raqobat muhiti 
yaratiladi; 
O‘zbekiston Milliy universiteti va Samarqand davlat universitetini 
mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalarining flagmaniga aylantiriladi; 
respublikadagi kamida 10 ta oliy ta’lim muassasasi xalqaro e’tirof etilgan 
tashkilotlar (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Higher 
Education yoki Academic Ranking of World Universities) reytingining birinchi 1 
000 ta o‘rindagi oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatiga, shu jumladan O‘zbekiston 
Milliy universiteti va Samarqand davlat universitetining birinchi 500 ta o‘rindagi 
oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatiga kirishiga erishiladi; 
oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayoni bosqichma-bosqich kredit-modul 
tizimiga o‘tkaziladi; 
xalqaro tajribalardan kelib chiqib, oliy ta’limning ilg‘or standartlari joriy 
etiladi, jumladan o‘quv dasturlarida nazariy bilim olishga yo‘naltirilgan ta’limdan 


amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim tizimiga bosqichma-
bosqich o‘tiladi; 
oliy ta’lim mazmuni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tariladi, ijtimoiy soha va 
iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror rivojlanishiga munosib hissa qo‘shadigan, 
mehnat bozorida o‘z o‘rnini topa oladigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimi 
yo‘lga qo‘yiladi; 
oliy ta’lim muassasalarining akademik mustaqilligi ta’minlanadi; 
oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlar 
natijalarini tijoratlashtirish faoliyatining uzviy bog‘liqligini nazarda tutuvchi 
“Universitet 3.0” konsepsiyasi bosqichma-bosqich joriy etiladi; 
xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish, pullik xizmatlar ko‘lamini kengaytirish 
va boshqa budjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga oliy ta’lim muassasalarida 
texnopark, forsayt, texnologiyalar transferi, startap, akselerator markazlari tashkil 
etiladi hamda ular tegishli tarmoq, soha va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanishini tadqiq etuvchi va prognozlashtiruvchi ilmiy-amaliy muassasalar 
darajasiga olib chiqiladi; 
oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, ilmiy izlanuvchilari, 
doktorantlari, bakalavriat va magistratura talabalarining yuqori impakt-faktorga ega 
nufuzli xalqaro ilmiy jurnallarda maqolalar chop etishi, maqolalarga iqtiboslik 
ko‘rsatkichlari oshishi, shuningdek respublika ilmiy jurnallari xalqaro ilmiy-texnik 
ma’lumotlar bazasiga bosqichma-bosqich kiritilishi ta’minlanadi; 
O‘zbekiston oliy ta’lim tizimi Markaziy Osiyoda xalqaro ta’lim dasturlarini 
amalga oshiruvchi “xab”ga aylantiriladi; 
oliy ta’limning investitsiyaviy jozibadorligi oshiriladi, xorijiy ta’lim va ilm-fan 
texnologiyalari jalb etiladi; 
talaba-yoshlar ta’lim-tarbiyasi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratishga 
qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan beshta tashabbus asosida 
rivojlantiriladi;
oliy ta’lim muassasalari infratuzilmasi va moddiy-texnik bazasi, shu jumladan 
xalqaro moliya institutlarining imtiyozli mablag‘larini keng jalb qilish hisobiga 
yaxshilanadi, ularni bosqichma-bosqich o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga 
o‘tkaziladi va moliyaviy barqarorligi ta’minlanadi; 
ta’limning ishlab chiqarish korxonalari va ilmiy-tadqiqot institutlari bilan 
o‘zaro manfaatli hamkorligi yo‘lga qo‘yiladi; 
aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, shu jumladan imkoniyati 
cheklangan shaxslarning oliy ta’lim bilan qamrov darajasi oshiriladi, ular uchun 
infratuzilmaga oid sharoitlar yaxshilanadi. 

Download 26,13 Mb.
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   593




Download 26,13 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Konsepsiya doirasida belgilangan vazifalarni bajarish orqali O‘zbekiston

Download 26,13 Mb.
Pdf ko'rish