konferensiyalar va seminarlar sonini ko‘paytirish, xalqaro ilmiy va ta’lim
loyihalarini amalga oshirish;
rivojlangan xorijiy davlatlar oliy ta’lim muassasalari hamda ilmiy-tadqiqot
markazlari bilan hamkorlikda xalqaro qo‘shma ilmiy jurnallar, shuningdek ta’lim
forumlari, rektorlar konferensiyalari va boshqa anjumanlar tashkil etish;
oliy ta’lim muassasalari rasmiy veb-saytlarini Webometrics tashkiloti reyting
tizimida egallagan o‘rinlarini yaxshilab borish, shu jumladan oliy ta’lim muassasalari
tomonidan yetakchi tashkilotlar va korxonalarda bitiruvchilarning ishga joylashishi
haqidagi ma’lumotlar, ta’lim yo‘nalishlari, magistratura mutaxassisliklari, ilmiy-
texnik salohiyati, professor-o‘qituvchilar, infratuzilmasi, erishgan yutuqlari kabi
asosiy ma’lumotlarni veb-saytlarda muntazam ravishda e’lon qilib borish;
xorijiy mamlakatlarda mahalliy oliy ta’lim muassasalari filiallarini tashkil etish,
qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirish;
O‘zbekiston Respublikasida ta’lim olish uchun xorijiy fuqarolarni jalb etish
bo‘yicha mahalliy va xorijiy agentliklar tomonidan konsalting xizmatlari
ko‘rsatilishining meyoriy-huquqiy asoslarini takomillashtirish;
respublika oliy ta’lim tizimining xalqaro imijini yaratishda O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy
kommunikatsiyalar agentligi, xorijiy mamlakatlardagi elchixonalar va xalqaro
tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish, zamonaviy PR-loyihalarni amalga
oshirish;
oliy ta’lim sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida xalqaro
moliya institutlari, yetakchi xalqaro tashkilotlar bilan aloqalarni mustahkamlash, bu
borada mamlakat ta’lim tizimi manfaatlariga mos keluvchi innovatsion
tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash.