• Bakalavriat
  • Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy-metodik markazi




    Download 26,13 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet122/593
    Sana27.05.2024
    Hajmi26,13 Mb.
    #254636
    1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   593
    Bog'liq
    01 YANGI O‘ZBEKISTON

     Standartlar toifalari. 
    -Oliy ta’lim standartlari quyidagi toifalarga bo‘linadi: 
    -O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi 
    tomonidan tasdiqlanadigan oliy ta’lim standartlari: 
    -Oliy ta’limning davlat ta’lim standarti. Asosiy qoidalar; 
    -Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori. 
    -Oliy ta’lim bakalavriat yo‘nalishlarining o‘quv rejalari va o‘quv dasturlari 
    umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, professional ta’lim bilan uzviylik va uzluksizligi 
    ta’minlangan holda, oliy ta’limning davlat ta’lim standartlari, bakalavriat ta’lim 
    yo‘nalishlarining malaka talablari asosida ishlab chiqiladi. O‘quv rejalar tarkibiga 
    o‘zlashtirilishi majburiy bo‘lgan fanlar (majburiy fanlar) bloki va tanlab 
    o‘zlashtiriladigan fanlar (tanlov fanlari) bloki kiradi. 
    Ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari hamda tegishli sohalarning o‘ziga 
    xos xususiyatlariga muvofiq o‘quv rejalaridagi bloklar tarkibi o‘zgartirilishi 
    mumkin. 
    Bakalavriat 
    ta’lim yo‘nalishlari o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini 
    o‘zlashtirishda ta’lim oluvchilar auditoriya mashg‘ulotlari bilan bir qatorda o‘quv 
    fanlari bo‘yicha mustaqil mashg‘ulotlarni bajarishi va mustaqil bilim olishi nazarda 
    tutilishi lozim. 
    Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining ta’lim jarayoni o‘quv rejalariga muvofiq 
    yakuniy davlat attestatsiyasi bilan tugallanadi. 
    O‘quv rejalar va o‘quv dasturlar kredit-modul tizimi asosida ishlab chiqiladi. 
    Ayrim (zarur) hollarda o‘quv rejalar va o‘quv dasturlar reyting (baholash) tizimi 
    asosida ishlab chiqilishi mumkin. 
    O‘quv fanlari bloklari mazmuniga qo‘yiladigan umumiy talablar: 
    majburiy fanlar bloki fanlarni chuqur o‘zlashtirilishini taqozo etadi va ta’lim 
    oluvchilarning intellektual salohiyatini boyitish, ta’lim yo‘nalishi va sohaga oid zarur 
    fundamental bilimlar, kasbiy ko‘nikma, uquv va kompetensiyalarni shakllantirishi, 


    bitiruvchiga tanlangan yo‘nalish va mutaxassislik bo‘yicha kasbiy faoliyat bilan 
    shug‘ullanish hamda muayyan magistratura mutaxassisligi bo‘yicha kelgusida 
    ta’limni davom ettirishga zamin yaratishi lozim. 
    tanlov fanlari bloki bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim oluvchilar 
    qo‘shimcha chuqur nazariy va amaliy bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishini, 
    innovatsion usullar va sohaning hududiy omillarini hisobga olgan holda kasbiy 
    kompetensiyalari kengayishini ta’minlashi, ta’lim trayektoriyalariga muvofiq kasbiy 
    bilim va malakalarni o‘zlashtirishga imkon yaratishi lozim. 
    Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari malaka amaliyotlariga qo‘yiladigan umumiy 
    talablar. 
    Ta’lim oluvchilar kasbiy ko‘nikmalarni mukammal egallashi uchun o‘quv 
    rejalar va muayyan fanlarning o‘quv dasturlarida o‘quv (tanishuv), ishlab chiqarish 
    (klinik, ijodiy va boshqa) va bitiruv oldi malaka amaliyotlari nazarda tutilishi shart. 
    Amaliyotlar bakalavriat ta’lim jarayonining majburiy qismi bo‘lib, 
    talabalarning kasbiy tayyorgarligi, amaliy ko‘nikmalari va kompetensiyalarini 
    shakllantirishga yo‘naltiriladi. 

    Download 26,13 Mb.
    1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   593




    Download 26,13 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy-metodik markazi

    Download 26,13 Mb.
    Pdf ko'rish