kredit-modul tizimi asosida ta’lim jarayoni amalga oshirilayotganda 22 — 32
akademik soat oraligida;
reyting (baholash) tizimi asosida ta’lim jarayoni amalga oshirilayotganda 22
— 36 akademik soat oraligida belgilanadi.
Ishlab chiqarishdan ajralmagan holda (kechki) o‘qish
shakli uchun bir
haftada
odatda besh kun, auditoriya mashg‘ulotlarining
eng yuqori hajmi haftasiga
20 soat qilib belgilanadi.
Ishlab chiqarishdan ajralmagan holda (sirtqi, maxsus sirtqi) o‘qish
shakli
uchun auditoriya mashg‘ulotlarining hajmi ishlab
chiqarishdan ajralgan holda
(kunduzgi) o‘qish shaklining kamida 30% etib belgilanadi.
Ishlab chiqarishdan ajralgan holda (kunduzgi) o‘qish shakli uchun o‘qishning
meyoriy muddati quyidagicha taqsimlanadi:
O‘qish muddati*
Haftalar soni
Kreditlar miqdori
Akademik soatlar
miqdori
3 йил
152
180
5 400
4 йил
204
240
7 200
5 йил
256
300
9 000
6 йил
308
360
10 800
Ishlab chiqarishdan ajralmagan holda (kechki, sirtqi, maxsus sirtqi) o‘qish shakli
uchun kreditlar miqdori kunduzgi o‘qish shakli kreditlariga mos qilib olinadi.