Bakalavrlar tayyorlashda malaka amaliyotlari




Download 26,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/593
Sana27.05.2024
Hajmi26,13 Mb.
#254636
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   593
Bog'liq
01 YANGI O‘ZBEKISTON

Bakalavrlar tayyorlashda malaka amaliyotlari: 


o‘quv (tanishuv) amaliyoti — iqtisodiyot tarmoqlari, tegishli tashkilot, 
muassasa va korxonalar bilan tanishtirish, tabiiy-ilmiy va umumkasbiy fanlar 
bo‘yicha nazariy bilimlarini mustahkamlashga qaratiladi; 
ishlab chiqarish amaliyoti — umumkasbiy va ixtisoslik fanlaridan nazariy 
bilimlarni mustahkamlash va amaliy (ishlab chiqarish) jarayonlari bilan 
uyg‘unlashtirish, tegishli amaliy ko‘nikmalar, kompetensiyalar va malakalarni 
shakllantirishga qaratiladi; 
bitiruv oldi amaliyoti — ishlab chiqarishda (tegishli soha korxona, tashkilot 
va muassasalarida) kasbiy ko‘nikmalarni yanada mustahkamlash, kasbiy faoliyatga 
moslashish, bitiruv malakaviy ishni tayyorlash uchun ma’lumot to‘plash va 
tizimlashtirishga qaratiladi; 
pedagogik amaliyot — kasb ta’limi yo‘nalishlari uchun qo‘llaniladi va 
pedagogik mahoratini oshirishga qaratiladi. 
Ta’lim yo‘nalishlarining o‘ziga xos xususiyatlariga muvofiq malaka 
amaliyotlarining boshqa turlari ham qo‘llanilishi mumkin. 
Har bir amaliyot turi o‘quv reja va o‘quv dasturiga muvofiq iqtisodiyot 
tarmoqlari va real sektorning tegishli ilg‘or korxona, tashkilot va muassasalari, 
xorijiy va qo‘shma korxonalar, ilmiy tashkilotlar, ta’lim, tibbiyot, madaniyat va 
boshqa muassasalarida, dala sharoitlarida, maxsus tajriba (poligon) obyektlarida va 
boshqalarda o‘tkaziladi. 
Amaliyotlarni tashkil qilish, o‘tkazish va talabalarni baholash mezonlarini 
belgilash oliy ta’lim muassasalari tomonidan amalga oshiriladi. 
Magistratura mutaxassisliklarining o‘quv rejalari va o‘quv dasturlari 
mazmuni oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlashning birlamchi va 
boshlang‘ich bosqichi sifatida mutaxassislik bo‘yicha chuqur fundamental va amaliy 
bilimlar berishni nazarda tutgan holda shakllantiriladi. 
Oliy ta’lim magistratura mutaxassisliklarining o‘quv rejalari va o‘quv 
dasturlari bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining o‘quv rejalari va o‘quv dasturlari bilan 
uzviylik va uzluksizligini ta’minlagan holda oliy ta’limning davlat ta’lim 
standartlari, magistratura mutaxassisliklarining malaka talablari asosida ishlab 
chiqiladi. O‘quv rejalar tarkibiga o‘zlashtirilishi majburiy bo‘lgan fanlar (majburiy 
fanlar) bloki, tanlab o‘zlashtiriladigan fanlar (tanlov fanlari) bloki va ilmiy faoliyat 
bloki kiradi. 
Ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari hamda tegishli sohalarning o‘ziga 
xos xususiyatlariga muvofiq o‘quv rejalaridagi bloklar tarkibi o‘zgartirilishi 
mumkin. 
Magistratura mutaxassisliklarining o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini 
o‘zlashtirishda ta’lim oluvchilar auditoriya mashg‘ulotlari bilan bir qatorda o‘quv 
fanlari bo‘yicha mustaqil mashg‘ulotlarni bajarishi va mustaqil bilim olishi nazarda 
tutilishi lozim. 
Magistratura mutaxassisliklarining o‘quv jarayoni o‘quv rejalariga muvofiq 
yakuniy davlat attestatsiyasi (magistrlik dissertatsiyasining himoyasi) bilan 
tugallanadi. 
O‘quv rejaning o‘quv fanlari bloklari mazmuniga qo‘yiladigan minimal 
talablar: 


majburiy fanlar bloki ilmiy tadqiqot metodologiyasi, ilmiy izlanish va tahlil, 
empirik va nazariy tadqiqot usullari, maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi, pedagogik 
texnologiyalar, ta’limning zamonaviy usullari, mutaxassislikka doir dolzarb va 
chuqur ilmiy, metodologik, ilmiy-texnik, texnologik bilim, uquv, ko‘nikma va 
kompetensiyalarni ta’lim oluvchilarda shakllantirishi hamda muayyan doktorantura 
mutaxassisligi bo‘yicha kelgusida ta’limni davom ettirishga zamin yaratishi lozim. 
tanlov fanlari bloki mutaxassislik bo‘yicha ta’lim oluvchilar qo‘shimcha 
chuqur nazariy va amaliy bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishini, innovatsion usullar 
va sohaning hududiy omillarini hisobga olgan holda ilmiy, pedagogik va kasbiy 
kompetensiyalarini kengayishini ta’minlashi, ta’lim trayektoriyalariga muvofiq 
magistr darajasidagi kasbiy bilim va malakalarni o‘zlashtirishga imkon yaratishi 
lozim. 
ilmiy 
faoliyat 
bloki 
ilmiy-tadqiqotlar 
nazariyasi 
va 
amaliyoti 
o‘zlashtirilishini, ta’lim oluvchilar tomonidan ixtisoslashgan ilmiy va ta’lim 
muassasalarida muayyan ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagogik ishlar bajarilishini 
nazarda tutishi lozim. 
Bunda: 
ilmiy-tadqiqot 
amaliyoti ta’lim oluvchilar mustaqil tadqiqotchilik 
faoliyatining amaliy ko‘nikmalarini hosil qilishi, ilmiy-tadqiqotlar o‘tkazish, 
ularning natijalarini tahlil qilish va aks ettirish, zamonaviy axborot bazalarini 
qo‘llash, ilmiy maqolalar va magistrlik dissertatsiyasini tayyorlashga doir bilim, 
uquv va ko‘nikmalarni shakllantirishi lozim; 
ilmiy-pedagogik 
amaliyoti 
zamonaviy 
pedagogik 
va 
axborot 
texnologiyalaridan, o‘quv-tarbiya ishlarining interaktiv usullaridan foydalangan 
holda pedagogik faoliyat mahorati va ko‘nikmalarini shakllantirishi, o‘quv 
jarayonini ilmiy-uslubiy jihatdan ta’minlashni tashkil etishga doir kompetensiya va 
ko‘nikmalarni hosil qilishi lozim. 
Ilmiy-tadqiqot amaliyoti taqozo etganda yakka tartibda ilmiy izlanish va 
tajriba-sinovlarni o‘tkazish maqsadida tajriba orttirish jarayoni tashkil etiladi. Bunda 
tajriba orttirish jarayoniga yo‘llangan ta’lim oluvchi o‘quv jarayoni jadvalini yakka 
tartibdagi ish rejasi asosida bajarishi ko‘zda tutiladi. 
tajriba orttirish ta’lim oluvchilarning ilmiy-tadqiqot olib borishi, nazariy va 
amaliy bilimlarini chuqurlashtirish, muayyan soha va tarmoqdagi zamonaviy texnika 
va 
texnologiyalar 
bilan 
tanishishi, 
amaliy 
kasbiy 
va 
ilmiy-tadqiqot 
kompetensiyalarini shakllanishi, kasbga samarali moslashuvini ta’minlashi lozim. 
Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha o‘quv rejalar ta’lim 
davrining to‘liq meyoriy muddati uchun (birinchi kursdan yakuniy kursgacha) ishlab 
chiqiladi va bu davrda ularga o‘zgartirish kiritish, ularni bekor qilish, o‘rniga boshqa 
o‘quv reja ishlab chiqib tatbiq etishga yo‘l qo‘yilmaydi. 

Download 26,13 Mb.
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   593




Download 26,13 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bakalavrlar tayyorlashda malaka amaliyotlari

Download 26,13 Mb.
Pdf ko'rish