ustuvor  yo‘nalishlarini belgilash, zamonaviy bilim va yuksak ma’naviy-axloqiy




Download 26,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/593
Sana27.05.2024
Hajmi26,13 Mb.
#254636
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   593
Bog'liq
01 YANGI O‘ZBEKISTON

ustuvor 
yo‘nalishlarini belgilash, zamonaviy bilim va yuksak ma’naviy-axloqiy 
fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash 
jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, oliy ta’limni 
modernizatsiya qilish, ilg‘or ta’lim texnologiyalariga asoslangan 
holda ijtimoiy 
soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 08.10.2019 y. PF-5847-son “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim 
tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoni 
qabul qilingan. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish 
konsepsiyasi oliy ta’lim tizimini ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlari 
ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, fan, ta’lim va ishlab chiqarishning mustahkam 
integratsiyasini ta’minlash asosida ta’lim sifatini yaxshilash, raqobatbardosh kadrlar 
tayyorlash, ilmiy va innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish, xalqaro 
hamkorlikni rivojlantirish maqsadida, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2019 yil 11 iyuldagi PQ-4391-son “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim 
tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 
qarori ijrosi yuzasidan ishlab chiqilgan. 


Konsepsiya O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’limni rivojlantirishning 
strategik maqsadlari, ustuvor yo‘nalishlari, vazifalari, o‘rta va uzoq muddatli 
istiqboldagi bosqichlarini belgilaydi hamda sohaga oid dasturlar va kompleks chora-
tadbirlarni ishlab chiqish uchun asos bo‘ladi. 
Unda quyidagilar nazarda tutilgan(qisqacha): 
oliy ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish, hududlarda davlat 
va nodavlat oliy ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish asosida oliy ta’lim bilan 
qamrov darajasini 50 foizdan oshirish, sohada sog‘lom raqobat muhitini yaratish; 
O‘zbekiston Milliy universiteti va Samarqand davlat universitetini 
mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalarining flagmaniga aylantirish; 
respublikadagi kamida 10 ta oliy ta’lim muassasasini xalqaro e’tirof etilgan 
tashkilotlar (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Higher 
Education yoki Academic Ranking of World Universities) reytingining birinchi 1 
000 ta o‘rindagi oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatiga, shu jumladan, O‘zbekiston 
Milliy universiteti va Samarqand davlat universitetini birinchi 500 ta o‘rindagi oliy 
ta’lim muassasalari ro‘yxatiga kiritish; 
oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini bosqichma-bosqich kredit-modul 
tizimiga o‘tkazish; 
xalqaro tajribalardan kelib chiqib, oliy ta’limning ilg‘or standartlarini joriy 
etish, jumladan, o‘quv dasturlarida nazariy bilim olishga yo‘naltirilgan ta’limdan 
amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim tizimiga bosqichma-
bosqich o‘tish; 
oliy ta’lim mazmunini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, ijtimoiy soha 
va iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror rivojlanishiga munosib hissa qo‘shadigan, 
mehnat bozorida o‘z o‘rnini topa oladigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash 
tizimini yo‘lga qo‘yish; 
oliy ta’lim muassasalarining akademik mustaqilligini ta’minlash; 
oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy-tadqiqotlar 
natijalarini tijoratlashtirish faoliyatining uzviy bog‘liqligini nazarda tutuvchi 
“Universitet 3.0” konsepsiyasini bosqichma-bosqich joriy etish(“Uchinchi avlod 
universiteti”, yoki “Universitet 3.0”, esa fan-ta’lim bilan bir qatorda innovatsiya va 
ilmiy-tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish faoliyati bilan ham shug‘ullanadi); 
xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish, pullik xizmatlar ko‘lamini kengaytirish 
va boshqa budjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga oliy ta’lim muassasalarida 
texnopark, forsayt, texnologiyalar transferi, startap, akselerator markazlarini tashkil 
etish hamda ularni tegishli tarmoq, soha va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanishini tadqiq qiluvchi va prognozlashtiruvchi ilmiy-amaliy muassasalar 
darajasiga olib chiqish; 
oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, ilmiy izlanuvchilari, 
doktorantlari, bakalavriat va magistratura talabalarining yuqori impakt-faktorga ega 
nufuzli xalqaro ilmiy jurnallarda maqolalar chop etishi, maqolalarga iqtiboslik 
ko‘rsatkichlari oshishi, shuningdek, respublika ilmiy jurnallarini xalqaro ilmiy-
texnik ma’lumotlar bazasiga bosqichma-bosqich kiritilishini ta’minlash; 
O‘zbekiston oliy ta’lim tizimini Markaziy Osiyoda xalqaro ta’lim dasturlarini 
amalga oshiruvchi “xab”ga aylantirish; 


oliy ta’limning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, xorijiy ta’lim va ilm-fan 
texnologiyalarini jalb etish; 
talaba-yoshlar ta’lim-tarbiyasi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratishga 
qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan beshta tashabbusni 
amaliyotga tatbiq etish; 
oliy ta’lim muassasalarining infratuzilmasi va moddiy-texnik bazasini, shu 
jumladan, xalqaro moliya institutlarining imtiyozli mablag‘larini keng jalb qilish 
hisobiga yaxshilash, ularni bosqichma-bosqich o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga 
o‘tkazish va moliyaviy barqarorligini ta’minlash; 
ta’limning ishlab chiqarish korxonalari va ilmiy-tadqiqot institutlari bilan 
o‘zaro manfaatli hamkorligini yo‘lga qo‘yish; 
aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, shu jumladan, imkoniyati 
cheklangan shaxslarning oliy ta’lim bilan qamrov darajasini oshirish, ular uchun 
infratuzilmaga oid sharoitlarni yaxshilash. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktabrdagi PF-5847-son 
Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 
yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida belgilangan vazifalar ijrosini izchil ta’minlash, 
shuningdek, oliy ta’lim muassasalarining mustaqilligini kengaytirish, ular faoliyatida 
davlat ma’muriy boshqaruvini keskin kamaytirish hamda shu orqali o‘zgaruvchan 
mehnat bozori talablariga javob bera oladigan yuqori malakali kadrlar tayyorlovchi 
davlat oliy ta’lim muassasalarini shakllantirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 24.12.2021 y. PQ-60-son “Davlat oliy ta’lim muassasalarining 
akademik va tashkiliy-boshqaruv mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha 
chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan. 
2022/2023 o‘quv yilidan boshlab moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy 
ta’lim muassasalariga quyidagi qo‘shimcha vakolatlar berilsin: 
a) akademik mustaqillik sohasida: 
o‘quv rejalari, o‘quv dasturlari, malaka talablarini kasbiy standartlar asosida 
tasdiqlash, ta’lim tilini hamda ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari 
xususiyatlarini inobatga olgan holda ta’lim olish shaklini belgilash; 
bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari uchun o‘qish 
davomiyligi muddatlarini belgilash; 
doktoranturada to‘lov-kontrakt asosida o‘qish qiymatini belgilash, budjetdan 
tashqari mablag‘lar hisobidan grant ajratish orqali doktoranturaga tanlov asosida 
kvotaga qo‘shimcha ravishda qabul qilish; 
doktorant va mustaqil izlanuvchilarga ilmiy rahbarlik qilish tartibini tasdiqlash; 
magistratura bosqichida ta’limning sirtqi, masofaviy va kechki shakllarini joriy 
etish, ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar bo‘yicha qo‘sh malakalar, shu 
jumladan amaliy malakalar berish tizimini joriy qilish; 
o‘zaro kelishuvlar asosida oliy ta’lim muassasalari bilan akademik mobillikni 
amalga oshirish; 
oliy ta’lim muassasasi va uning tuzilmasidagi ta’lim muassasalari uchun o‘z grifi 
asosida darsliklar hamda boshqa o‘quv va ilmiy adabiyotlarni yaratish va nashr etish; 
ta’lim sifatini ichki nazorat qilish mexanizmlarini belgilash va joriy etish; 
b) tashkiliy-boshqaruvdagi mustaqillik sohasida: 


faoliyatining asosiy yo‘nalishi ta’lim, ilm-fan, uning natijalarini joriy etish hamda 
tijoratlashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan, davlat budjeti mablag‘lari hisobidan 
moliyalashtirilmaydigan tarkibiy tuzilmalar, tijorat va notijorat tashkilotlarni tashkil 
etish; 
oliy ta’lim muassasalari uchun belgilangan normativlardan qat’i nazar 
muassasaning tuzilmasini tasdiqlash va shtat birliklari sonini belgilash; 
mehnat bozoridagi ehtiyojdan kelib chiqib, yangi ta’lim yo‘nalishlari va 
mutaxassisliklarni ochish, amaldagi ta’lim yo‘nalishlari hamda mutaxassisliklarni 
tugatish; 
pedagog va boshqa xodimlarni ishga qabul qilish, ishdan ozod etish va ichki 
rotatsiyasiga oid tartibni belgilash; 
xorijiy davlat fuqarolarini to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish va 
masofaviy ta’lim olish shaklida o‘qitishni tashkil etish. 
Nazarda tutilgan vakolatlar oliy ta’lim muassasalari tomonidan qonunchilik 
hujjatlari talablariga muvofiq mustaqil ravishda amalga oshiriladi. 
“Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining “Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar 
tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 
2012 yil 24 iyuldagi PF-4456-son Farmoniga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimida magistratura 
faoliyatini yanada takomillashtirish, uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida” 2007 yil 10 sentabrdagi 190-son qaroriga muvofiq hamda oliy ta’lim 
muassasalarida 
magistrlar 
tayyorlash 
samaradorligini 
oshirish 
maqsadida 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 02.03.2015 y. 36-son 
“Magistratura to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Qarori qabul qilingan. 
Magistratura faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish, 
kadrlar tayyorlash sifati va ularning raqobatbardoshligini kuchaytirish maqsadida 
ishlab chiqilgan hamda oliy ta’lim muassasalarida magistrlar tayyorlashning asosiy 
qoidalari va tartibini, umumqabul qilingan xalqaro standartlarga binoan magistrlik 
dissertatsiyasi mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan mezonlar va talablarni belgilaydi.
Magistratura to‘g‘risidagi nizomning amal qilishi: 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, 
O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, O‘zbekiston 
Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Bank-
moliya akademiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va 
kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy 
maktabiga; 
O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘z faoliyatini yuritayotgan, o‘rnatilgan 
tartibda faoliyati xususiyatlari inobatga olinib, magistrlar tayyorlashni amalga 
oshirayotgan xalqaro va xorijiy oliy ta’lim muassasalariga tatbiq etilmaydi. 
Toshkent davlat yuridik universitetining magistraturasiga qabul qilish va o‘qitish 
tartibi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda Toshkent 
davlat yuridik universiteti tomonidan belgilanadi 
“Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan vazifalar 
hamda ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarga muvofiq oliy ta’lim 
muassasalariga o‘qishga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va 


o‘qishdan chetlashtirish tartibi va qoidalarini takomillashtirish maqsadida 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.06.2017 y. 393-son “Oliy 
ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta 
tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash 
haqida”gi Qarori qabul qilingan.
Unga ko‘ra, Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni o‘qishga 
qabul qilish tartibi to‘g‘risida nizom; 
Oliy ta’lim muassasalarining magistraturasiga o‘qishga qabul qilish tartibi 
to‘g‘risida nizom; 
Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va 
o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risida nizomlar tasdiqlangan. 
Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni o‘qishga qabul qilish 
tartibi to‘g‘risida nizom oliy harbiy hamda harbiylashtirilgan ta’lim muassasalariga 
va O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan xorijiy oliy ta’lim muassasalari hamda 
ularning filiallariga tatbiq etilmaydi. 
Oliy ta’lim muassasalari qabulni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki 
Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan tasdiqlangan davlat grantlari va to‘lov-
kontrakt asosida qabul kvotalariga muvofiq amalga oshiradilar. 
Oliy ta’lim muassasalarining kunduzgi, sirtqi, maxsus sirtqi va kechki 
(smenali) ta’lim shakllariga talabalarni qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi ta’lim 
muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi (keyingi o‘rinlarda 
Davlat komissiyasi deb ataladi) tomonidan kirish imtihonlari (test sinovlari, kasbiy 
(ijodiy) imtihon, yozma imtihon) natijalariga ko‘ra to‘plangan ballarning reyting 
tizimi bo‘yicha amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Vazirlar Mahkamasining 
tegishli qarori bilan tasdiqlangan to‘lov-kontrakt asosida qabul kvotalari doirasida 
hamda qabul kvotalaridan tashqari abituriyentlarni o‘qishga qabul qilish Davlat 
komissiyasi tomonidan mazkur Nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 
Oliy ta’lim muassasalariga qabul barcha uchun (ham grantlar, ham to‘lov-
kontrakt bo‘yicha) teng huquqlilik, yagona qabul qoidalari va yagona tanlov asosida 
amalga oshirilib, test sinovlarida eng yuqori ball to‘plagan abituriyentlarning davlat 
grantlari bo‘yicha birinchi navbatda qabul qilinish huquqi ta’minlanadi. Qolgan 
abituriyentlar test ballari reytingi asosida belgilangan to‘lov-kontrakt kvotalari 
doirasida qabul qilinish huquqiga egadirlar. 
Tanlov har bir oliy ta’lim muassasasi bo‘yicha ta’lim yo‘nalishlari, o‘qitish 
tillari va shakllariga ko‘ra alohida o‘tkaziladi. Ayrim yo‘nalishlar bo‘yicha hududlar 
kesimida maqsadli qabul kvotalari tasdiqlangan taqdirda, tanlov har bir hudud 
bo‘yicha alohida o‘tkaziladi.
Abituriyentlarga oliy ta’lim muassasalarining uchtagacha bakalavriat ta’lim 
yo‘nalishida tanlovda ishtirok etish huquqi beriladi.
Nogironligi bo‘lgan shaxslar alohida ajratilgan kvotalar doirasida, tanlangan 
bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tanlovda ishtirok etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni 
o‘tab, harbiy qism qo‘mondonligining tavsiyanomalariga ega bo‘lgan abituriyentlar, 
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklar va 
idoralarning xizmatdagi ofitserlari, kontrakt bo‘yicha xizmat qilayotgan serjantlar va 


oddiy askarlar tarkibidagi harbiy xizmatchilarining hamda Milliy gvardiyaning 
xizmatdagi xodimlarining farzandlari ular uchun alohida ajratilgan kvotalar doirasida 
tanlovda qatnashib, yetarli ball to‘plagan taqdirda tanlangan birinchi bakalavriat 
ta’lim yo‘nalishiga tavsiya etiladi.
Nogironligi bo‘lgan shaxslar, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari 
safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab, harbiy qism qo‘mondonligining 
tavsiyanomalariga ega bo‘lganlar va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari 
tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralarning xizmatdagi ofitserlari, kontrakt 
bo‘yicha serjantlar va oddiy askarlar tarkibidagi harbiy xizmatchilarining hamda 
Milliy gvardiyaning xizmatdagi xodimlarining farzandlari, maqsadli qabul bo‘yicha 
tanlovda ishtirok etish istagini bildirganlar ular uchun alohida ajratilgan kvotalar 
doirasida tanlovda qatnashib, o‘qishga tavsiya etilmagan taqdirda belgilangan 
tartibda ro‘yxatdan o‘tish jarayonida tanlangan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida 
umumiy tartibda to‘plagan ballari bilan tanlovda ishtirok etadi.
Test sinovlarini o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
huzuridagi Davlat test markazi (keyingi o‘rinlarda Davlat test markazi deb ataladi) 
tomonidan amalga oshiriladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent 
shahar hokimliklari hamda oliy ta’lim muassasalari rektorlari (filial direktorlari) 
joylarda kirish imtihonlarini (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon) 
o‘tkazish uchun zarur sharoitlarni ta’minlaydilar.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 10.02.2006 y. 20-son 
“Oliy ta’lim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish 
tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Qarori (O‘zbekiston Respublikasi 
QT, 2006 y., 2-son, 8-modda) bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalariga pedagog 
xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga 
o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi(Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 25 
avgustdagi 246-son qarori). Unga ko‘ra Kafedra mudiri lavozimini egallash uchun 
tanlovda fan doktori, fan nomzodi ilmiy darajasiga, professor yoki dotsent ilmiy 
unvoniga, shuningdek tegishli mutaxassislik bo‘yicha xorijiy mamlakatlarning 
falsafa doktori (Ph.D) ilmiy darajasiga yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy 
darajalariga ega bo‘lgan shaxs ishtirok etishi mumkin. 
Dotsent (fan nomzodi, tegishli mutaxassislik bo‘yicha xorijiy 
mamlakatlarning falsafa doktori (Ph.D) yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy 
darajalari) kafedra mudiri lavozimini egallashga bir besh yillik muddatga qo‘yiladi. 
Bir muddat tamom bo‘lgandan keyin kafedra mudiri lavozimini egallab 
turgan va fan doktori ilmiy darajasini olmagan dotsent (fan nomzodi, tegishli 
mutaxassislik bo‘yicha xorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (Ph.D) yoki unga 
tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalari) faqat istisno hollarda oliy ta’lim muassasasi 
rektorining taqdimnomasiga binoan va bo‘ysunishi bo‘yicha tegishli vazirlik yoki 
idoraning ruxsati bilan kafedra mudiri lavozimini egallash uchun tanlovda yana 
ishtirok etishi mumkin. 
Fan nomzodi, tegishli mutaxassislik bo‘yicha xorijiy mamlakatlarning falsafa 
doktori (Ph.D) yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki dotsent 
ilmiy unvoniga ega bo‘lgan aynan bir shaxsning kafedra mudiri lavozimiga tanlovda 
ketma-ket uchinchi muddatga ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 


Tillar, jismoniy tarbiya va sport, grafika va chizmachilik, madaniyat va 
san’at yo‘nalishlari kafedrasi mudiri lavozimini egallash uchun tanlovda ishtirok 
etishga dotsent ilmiy unvoniga (fan nomzodi, tegishli mutaxassislik bo‘yicha xorijiy 
mamlakatlarning falsafa doktori (Ph.D) yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy 
darajalariga) ega bo‘lmagan, biroq kamida 5 yil metodik, ilmiy-pedagogik, ijodiy va 
tashkiliy faoliyat tajribasiga ega bo‘lgan shaxs qo‘yilishi mumkin. 
Professor lavozimini egallash uchun tanlovda, qoidaga ko‘ra, professor ilmiy 
unvoniga yoki fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga, 
shuningdek tegishli mutaxassislik bo‘yicha xorijiy mamlakatlarning unga 
tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega bo‘lgan shaxs ishtirok etishi mumkin.
Professor lavozimini egallash uchun tanlovda fan nomzodi, falsafa doktori 
(PhD) ilmiy darajasiga yoki tegishli mutaxassislik bo‘yicha xorijiy mamlakatlarning 
unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki dotsent ilmiy unvoniga ega 
bo‘lgan shaxs kamida 5 yil ilmiy-pedagogik ish stajiga ega bo‘lish, ushbu 
kafedraning ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari muallifi 
bo‘lish sharti bilan bir muddatga ishtirok etishi mumkin. 

Download 26,13 Mb.
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   593




Download 26,13 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



ustuvor  yo‘nalishlarini belgilash, zamonaviy bilim va yuksak ma’naviy-axloqiy

Download 26,13 Mb.
Pdf ko'rish