Eksternat tartibidagi ta’lim
olish o‘quv dasturlarini mustaqil ravishda
o‘zlashtirishni o‘z ichiga olib, uning yakunlari bo‘yicha ta’lim oluvchilardan davlat
ta’lim muassasalarida yakuniy va davlat attestatsiyalaridan o‘tishni talab etadi.
Yuridik kuchi bo‘yicha
oliy yuridik kuchga ega bo‘lgan
qonun hujjatlari
hamda – qonunlarga asoslangan va ularga zid kelmaydigan hujjatlar – qonunosti
hujjatlari alohida ajratib ko‘rsatiladi. Qonunlardan tashqari, mutlaq barcha
normativ
hujjatlar qonunosti hujjatlari hisoblanadi.
Yakuniy davlat attestatsiyasi
- bakalavr
yoki magistr darajasiga
qo‘yiladigan malaka talablariga muvofiq holda, ma’lum
talab va tartibotlar
vositasida bitiruvchi tomonidan oliy ta’lim o‘quv reja va dasturlarining bajarilishi
sifatini baholash.