madaniyat va sog‘liqni saqlash va boshqa tarmoqlardagi zamonaviy texnika va
texnologiyalar bazasida ilmiy tadqiqot olib borishi.
Ta’lim sifatini nazorat qilish
- o‘qitish mazmuni va natijalarining davlat
ta’lim standartlari talablariga muvofiqligini tekshirish.
Ta’lim sifatini nazorat qilish
— o‘qitish mazmuni va natijalarining davlat
ta’lim standartlari talablariga muvofiqligini tekshirish.
Ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari
- ta’lim oluvchilar, voyaga
yetmagan ta’lim oluvchilarning ota-onalari yoki boshqa qonuniy vakillari, pedagog
xodimlar va ularning vakillari.
O‘qitish sifatini nazorat qilish
- talabaning bilim saviyasini tekshirish va
uning o‘quv dasturini o‘zlashtirish darajasini aniqlash.
O‘qitishning meyoriy muddati
- ta’lim oluvchilar tomonidan o‘quv rejalari
va fanlar dasturi o‘zlashtirilishi uchun belgilangan muddat.
O‘quv dasturi
— ta’lim mazmunini belgilovchi o‘quv fanining asosiy
mavzulari, mazmuni, o‘zlashtirilishining eng maqbul usullari, axborot manbalari
ko‘rsatilgan hujjat.
O‘quv yili
— oliy ta’lim muassasasida bir ta’lim kursini yakunlashga
mo‘ljallangan o‘quv faoliyati davri. O‘quv yili ikki kalendar yil bilan belgilanadi,
masalan, 2021/2022 o‘quv yili.
O‘quv reja
— oliy ta’limning muayyan bakalavriat ta’lim yo‘nalishi yoki
magistratura mutaxassisligi bo‘yicha o‘quv faoliyati turlari, o‘quv fanlari va
kurslarining tarkibi, ularni o‘rganishning izchilligi, soatlar va kreditlardagi hajmini
ta’lim davrining to‘liq muddati uchun belgilaydigan hujjat.
O‘quv semestri
— oliy ta’lim muassasasida o‘quv yilining yarmini tashkil
etuvchi o‘zaro bog‘langan fanlarning ma’lum majmuini o‘zlashtirishga
mo‘ljallangan va ular bo‘yicha yakuniy nazorat bilan tugallanadigan qismi. Ayrim
hollarda o‘quv semestri o‘quv yilining uchdan bir qismini tashkil etishi mumkin.
O‘quv fani
— ta’lim jarayonida muayyan ta’lim yo‘nalishi va
mutaxassisliklar bo‘yicha o‘zlashtirilishi zarur bo‘lgan tegishli ilmiy, ishlab
chiqarish, iqtisodiy, ijtimoiy sohalardan saralab olingan bilim va ko‘nikmalar
tizimi.