|
Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy-metodik markazi Pdf ko'rish
|
bet | 84/593 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 26,13 Mb. | | #254636 |
Bog'liq 01 YANGI O‘ZBEKISTONPrezident hujjatlari.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga binoan,
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Konstitutsiyaga va qonunlarga asoslanib
hamda ularni ijro etish yuzasidan respublikaning butun hududida majburiy kuchga
ega bo‘lgan farmonlar va qarorlar chiqaradi. Konstitutsiya Prezidentdan «qonunlarga
asoslanib hamda ularni ijro etish yuzasidan» farmonlar chiqarishni talab qilmaydi.
Aslida Prezidentga o‘z farmonlari bilan qonun darajasidagi normalarni o‘rnatish
huquqi beriladi. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan Oliy ta’lim tizimini
yanada takomillashtirish uchun bir qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi.
2023 yil 30 aprelda o‘tkazilgan referendumda umumxalq ovoz berish orqali
O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi qabul qilinganligi
Yangi O‘zbekistonni barpo etishning konstitutsiyaviy asoslarini mustahkamlashga
xizmat qildi.
Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiq o‘tkazilgan prezidentlik saylovi
yana bir bor jamiyatimizning siyosiy yetukligi, Yangi O‘zbekistonni barpo etish
yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlarni xalqimiz to‘liq qo‘llab-quvvatlaganidan
dalolat bermoqda.
Shu bilan birga, yangilangan konstitutsiyaviy-huquqiy sharoitlarda
mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlarini takomillashtirish va amalga
oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish talab
etilmoqda.
Xalqimizning erkin va farovon, qudratli Yangi O‘zbekistonni barpo etish
bo‘yicha xohish-irodasini ro‘yobga chiqarish, har bir fuqaroga o‘z salohiyatini
rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlarni yaratish, sog‘lom, bilimli va ma’naviy
barkamol avlodni tarbiyalash, global ishlab chiqarishning muhim bo‘g‘iniga
aylangan kuchli iqtisodiyotni shakllantirish, adolat, qonun ustuvorligi, xavfsizlik va
barqarorlikni kafolatli ta’minlash maqsadida, Yangi O‘zbekiston taraqqiyot
strategiyasini amalga oshirish jarayonida orttirilgan tajriba va jamoatchilik
muhokamasi natijalari asosida ishlab chiqilgan «O‘zbekiston — 2030»
strategiyasi tasdiqlandi(O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston –
2030” strategiyasi to‘g‘risidagi 2023 yil 11 sentabrdagi Farmoni).
|
| |