|
Qayta tiklanuvchan energiya manbalaridan foydalanishBog'liq QAYTA TIKLANUVCHAN ENERGIYA MANBALARIDAN FOYDALANISH TAHLIL T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
http://tadqiqotlar.uz/
30-son_3-to’plam_Yanvar-2024
5
mashinasi, chang yutkichlar, EHM, sok tayyorlovchi qurilmalarni ishlatish va
boshqalarni amalga oshirish mumkin.
Qayta tiklashuvchan energiya manbalarini keng qo‘llash qishloq aholisining
sotsial yashash sharoitini yaxshilash eng asosiy sabablardan biridir, uning iqtisodiy
samarasini xisoblash imkoni yo‘q.
O‘zbekistonda ko‘pgina tumanlarda sotsial sharoitni hisobga olgan holda qayta
tiklashuvchan energiya manbalarini rivojlantirishning maqsadli yo‘nalishlarini
belgilash mumkin.
Ularga quyidagilar kiradi:
1. Elektr energiya ta’minotiga ega bo‘lmagan aholi zichligi past (0,1...0,25
kW/km2), maydonlar Orol dengizi zonasi, ustyurt teritoriyasi Buxoro, Navoiy va
Qashqadaryo viloyatlari;
2. Alohida yashovchilarni energiya bilan ta’minlash muammosi bor zonalar,
fermer xo‘jaliklari, mavsumiy ishlangan joylari, dexqonlar, bog‘dorchilik-tomorqa
uchastkalari va x.k.
3. Sanatoriya – dam olish maskanlari, jamoa dam oladigan va aholi
davolanadigan og‘ir ekologik sharoitdagilar chiqarib yuborilish oqibatida va x.k.
Elektr energiyasining qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida rolining ortishi elektr
ta’minoti uzluksiz va sifatli bo‘lishini xar qanday talabni unga ulangan iste’molchilar
uchun bajarishga tayyor turishligini ko‘rsatadi.
Elektr ta’minotidagi uzilishlar shahar va rayonlar, qishloq joylari xayotini izdan
chiqaradi, katta zarar olib kelishi mumkin.
Ekspertlar baholashicha qishloq xo‘jaligidagi o‘tacha ko‘p yillik elektr energiya
isroflari, qayta tayyorlash sanoati ishlab chiqarishdagi jarayonlarda energiya
uzilishidagi zarar miqdori narxidan oshadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitini alohida
energiya ishlab chiqaruvchilar energiya ta’minotini uzluksiz ravishda amalga oshirish
va elektr tarmog‘ida yo‘qotishlarni kamaytirish zarur. Ayniqsa 6-10 kV EUL uzun
hollarda elektr quvvati ishlab chiqarishni amalga oshirish muhim masala hisoblanadi.
Bunday EULlarida ko‘pgina iste’molchilar ulangan va ular ko‘p xollarda buzilish
natijasida energiyasiz qoladi.
Elektr ta’minotidan uzilish muqobil energiya manbalarining bir turi shamol
energiyasidan foydalangan xolda kichik quvvatli korxonalarni elektr energiya bilan
ta’minlash uchun kichik shamol stansiyasini qurish unchalik katta xarajat talab
etilmaydi. Misol uchun qora mol yetishtiriladigan fermer xo‘jaligi va ulardan
olinadigan sut va sut maxsulotlarini qadoqlash sexini elektr ta’minotini ko‘rib
chiqishimiz mumkin (1.1-rasm).
|
| |