Qayta tiklanuvchan energiya manbalaridan foydalanish




Download 1,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/8
Sana27.05.2024
Hajmi1,05 Mb.
#254813
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
QAYTA TIKLANUVCHAN ENERGIYA MANBALARIDAN FOYDALANISH TAHLIL

T A D Q I Q O T L A R
 
jahon ilmiy – metodik jurnali
 
 

http://tadqiqotlar.uz/ 

30-son_3-to’plam_Yanvar-2024 
 

3-rasm
.
Shamol generator yordamida elektr energiya taminoti
 
Yuqoridagilarni hisobga olib, birinchi navbatda QTEMdan foydalanish ekologik 
iflos regionlarda, atrof-muxitga zararli chiqindilar tashlaydigan sohalarda, sotsial-
iqtisodiy qishloq xo‘jaligi sektorida, qishloq joylarni xisobga olgan xolda issiqlik va 
elektr ta’minotiga zaruriyati bor aholi punktlarida, sog‘liqni saqlash va sotsial sektoriga 
mansub obektlarda, tarqoq xoldagi obektlar elektr ta’minotida, ayniqsa Orol dengizi 
xududida, kam o‘zlashtirilgan mineral xom ashyoga boy maydonlarda (katta 
miqdordagi xom-ashyo resursi bor Navoiy, Buxoro, Qashqadaryo, Surxandaryo 
viloyatlarida va b.) foydalanish katta samara beradi. 
 
Blok stansiya – elektr energiya ishlab chiqaruvchi boshqa tashkilotlar. Hozirgi 
kunda O‘zbekistonda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish bo‘yicha 
juda ko‘p ilmiy-tadqiqot, loyiha hamda qurib ishga tushirish ishlari xalqaro grantlar va 
loyihalar asosida bajarilmoqda. Shamol energiyasidan insoniyat suv energiyasi hamda 
bug‘ generatorlaridan ancha oldin, foydalanib kelgan. Angliya, Germaniya, Fransiya, 
Daniya, Gollandiya, AQSH va boshqa mamlakatlarda, shamol energiyasi juda katta 
mashtabda, sanoat va qishloq xo‘jaligida qo‘llanib kelingan [3]. 
Shamol energiyasidan foydalanish bo‘yicha olib borilayotgan xozirgi ishlar
alohida katta quvvatli shamol generatorlarini yaratish va ularning energiyasini ishlab 
turgan energiya tarmoqlariga ulash va asosiy tarmoq sifatida foydalanishdan iboratdir.
Shamol - bu quyosh nurining intensivligi hisobiga, bosimning o‘zgarib turishi 
natijasida havo massasining harakatidir. Iqtisodiy jihatdan joydagi shamolning tezligi 
5 m/s dan kam bo‘lmasa shamol generatorlaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Shamol elektr generatorlari an’anaviy generatorlardan 2 - 4 barobar qimmatdir. 
Ammo shamol energiyasi doimiy bo‘lgan ba’zi bir joylarda u muhim energiya 
manbalaridan hisoblanadi. Odatda shamol energiyasi shamolga perpendikulyar 
joylashgan ma’lum maydon ta’siri orqali aniqlanadi [4].



Download 1,05 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 1,05 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qayta tiklanuvchan energiya manbalaridan foydalanish

Download 1,05 Mb.
Pdf ko'rish