T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
http://tadqiqotlar.uz/
30-son_3-to’plam_Yanvar-2024
3
QAYTA TIKLANUVCHAN ENERGIYA MANBALARIDAN FOYDALANISH
TAHLILI
Sotiboldiyev Abduraxmon Yuldashevich
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali
‘’Elektrotexnika va elektromexanika‘’ kafedrasi assistenti
abduraxmon.sotiboldiyev@mail.ru
Yo’ldoshev Jasur Shuhrat o’g’li
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali
“Energetika va mashinasozlik” fakulteti “Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va
elektr texnologiyalari” yo’nalishi 2-kurs talabasi
Yoldoshev Ozodbek Nodirovich
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali
‘’Elektrotexnika va elektromexanika‘’ kafedrasi ‘’ Elektr energetikasi‘’(sanoat
korxonalari elektr ta’minoti) yo’nalishi 15-23 guruhi 1-bosqich talabasi.
Bekmurodov Elmurod Dilmurod o’g’li
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali
“Energetika va mashinasozlik” fakulteti “Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va
elektr texnologiyalari” yo’nalishi 2-kurs talabasi
Annotatsiya
: Qayta tiklanuvchan energiya manbalaridan foydalanish tahlili
«mikro gidro elektro stansiya (GES), QES», «QES-SHEQ», «Bio GEQ-mikro GES»,
«QES-Bio GEQ» bo’yicha ma’lumotlar berilgan.
Kalit so’zlar:
elektr iste’moli,
elektr energiyasi,qayta tiklanuvchan energiya
manlari, gidroenergetika, yoqilg‘i resurslari ,quyosh, shamol, geotermik, biomassa .
Oldingi davrlarda asosiy energiya iste’molchisi
sanoat hisoblanib, uning
umumiy elektroenergetik balansidagi o‘rni 35% gacha bo‘lgan bo‘lsa, xozirgi vaqtda
asosiy energiya talabgorlari qatoriga alohida (komunal – xo‘jalik, tadbirkorlar va x.k.)
iste’molchisi sifatida qishloq joylarida yashash, usulining sotsial qayta tuzilishi, agrar
tarmoqda yangi xo‘jalik yuritish shaklining rivojlanishi printsip jihatdan yangi sotsial
yo‘naltirilgan elektr iste’moli obyektlarini paydo qilmoqda. Kichik fermer xo‘jaliklari,
mahalliy xom-ashyoni qayta ishlaydigan zavodlar, shaxsiy sektoridagi qulay yashash
sharoitlari
yaratilishi, yanada kommunal-xo‘jalik elektr asbob-uskunalarini qo‘llash,
turar joylarda mikro iqlim yaratish qurilmalari va boshqalar kiradi [1].
O‘zbekistonda bir qishloq joylarda yashovchining yillik elektr energiyasi
ist’emoli 580 kW.s tashkil qiladi, rivojlangan mamlakatlarda esa bu ko‘rsatkich 3000
kW.s ga tenglashmoqda. Bunday farq O‘zbekiston aholisini uchun yuqori darajali
qulaylik tug‘dirish zarurligini ko‘rsatmoqda. Bu esa qayta
tiklashuvchan energiya