• 2-rasm. Qishloq xojaligi 4.0 ni joriy qilishni talab qiladigan asosiy omillar
  • -rasm. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining rivojlanish davrlari




    Download 233,3 Kb.
    bet2/5
    Sana15.06.2024
    Hajmi233,3 Kb.
    #263897
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Исмоилов Алишер

    1-rasm. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining rivojlanish davrlari
    Qishloq xo'jaligi har doim insoniyat hayotida muhim rol o'ynagan. Fermer xo'jaligi modellariga ta'sir ko'rsatadigan yangi texnologiyalar uzoq rivojlanish tarixiga ega.
    Qishloq xo'jaligidagi o'zgarishlarning to'rt bosqichiga alohida to’xtaladigan bo’lsak. Qishloq xo'jaligi 1.0 ko'p mehnat talab qiladi va hayvonlar kuchlaridan foydalanish bilan bog'liq. Qishloq xo'jaligi 2.0 esa turli qishloq xo'jaligi texnikalari bilan bog'liq. Shuningdek ularga har xil kimyoviy moddalardan foydalanish ham kiritiladi. Biroq, bu kabi tendentsiyalar foydalanish hosildorlikni oshirish bilan birga atrof-muhitga jiddiy zarar yetkazishni boshlab berdi va katta miqdordagi resurslarni isrof bo’lishiga sabab bo’ldi.Kompyuter texnologiyalari XX asrda qishloq xo'jaligi 3.0 ning rivojlanishiga olib keldi. Kimyoviy moddalarni qo'llash qisqartirildi. Qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirish konsepsiyasi kiritildi. [2]
    Biroq, raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi bilan birga dunyo duch keladigan global muammolar yuzaga keldi.
    Qishloq xo'jaligi 4.0 esa ushbu global muammolarni yumshatish uchun paydo bo'ldi. U qishloq xo‘jaligi tizimining barqarorligiga qator global muammolar ta’sir ko‘rsatmoqda.
    Qishloq xo'jaligini raqamlashtirishning zaruriyati mohiyatida iqtisodiy resurslar tanqisligi yotadi. Zamonaviy qishloq xo'jaligining yangi modellarini joriy qilishning asosiy sabablaridan qilib aholi sonining o'sib borishi va ular tomonidan chiqarilayotgan katta miqdordagi oziq-ovqat chiqindilarini asos qilib ko’rsatamiz. Shuningdek, yer sharida havo haroratining ko’tarilishi va iqlim o'zgarishi qishloq xo’jaligiga raqamli texnologiyalarni joriy qilish zaruriyatini yanada oshirmoqda.

    2-rasm. Qishloq xo'jaligi 4.0 ni joriy qilishni talab qiladigan asosiy omillar

    Birlashgan Millatlar Tashkilotining Jahon aholi rivojlanishi prospekti


    2050-yilga kelib aholi soni 10 milliardga ko'payishini ko'rsatadi. Bu oziq-ovqatga bo'lgan talabning o'sishiga olib keladi. FAO maʼlumotlariga koʻra, qishloq xoʻjaligi 2050 yilga borib 70% koʻproq oziq-ovqat bilan taʼminlashi kerak. Bu tendentsiyalar hosildorlik va samaradorlikni oshirishni talab qiladi. Aksincha, ishlab chiqarilgan oziq-ovqatning 33% dan 50% gacha chiqindilarga aylanadi.
    Umuman olganda, qishloq xo’jaligi 4.0 - qishloq xo'jaligida qishloq xo'jaligi ishlab chiqarish zanjiriga jalb qilingan barcha ishtirokchilarning madaniy va xulq-atvorini o'zgartirishni, ularning mahsuldorligi va samaradorligini oshirishni va yanada barqaror qishloq xo'jaligini qo'llab-quvvatlashni talab qiladigan yangi texnologiyalar va innovatsion xizmatlarni joriy etish va strategik qarorlar qabul qilishga yordam beradigan bir ma'lumot bazasidir.
    Qishloq xo’jaligi 4.0 – qishloq xo’jaligiga raqamli texnologiyalarni joriy qilish asosida inson omilini yo’qotish va ishlab chiqarishda mustaqil qaror qabul qila oladigan sun’iy intellekt mahsulotlari to’plamidir.
    Bizning xulosalarimizga ko’ra qishloq xo'jaligi 4.0 atamasining global miqyosda qabul qilingan yagona ta'rifi mavjud emas va qishloq xo’jaligining rivojlanish kontseptsiyasi doimo o'zgarib turadi. Shuningdek, qishloq xo’jaligiga so’nggi yillardagi raqamli texnologiyalarning joriy qilinishi asosida qishloq xo’jaligi barqaror rivojlanishda davom etmoqda.
    Qishloq xo’jaligida eng ko’p qo’llaniladigan raqamli texnologiyalarga misol qilib quyidagilarni keltirishimiz mumkin (1-jadval).

    Download 233,3 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 233,3 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining rivojlanish davrlari

    Download 233,3 Kb.