Qishloq xo‘jalik mashinasozligi




Download 19.17 Kb.
Sana30.09.2023
Hajmi19.17 Kb.
#85809
Bog'liq
QISHLOQ XO
quyamakorlik fani Mustaqil ish cho\'yan suyuqlantirish

QISHLOQ XO‘JALIK MASHINASOZLIGI
O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun an’anaviy ixtisosli sohalar hisoblangan paxta, pilla, kanop yetishtirish va ularni qayta ishlash qo‘l mehnatini ko‘p talab qiladi. Shu sababli qishloq xo‘jaligining ixtisoslashgan sohalarini mexanizatsiyalashni ta’minlovchi, ya’ni yer haydash, ekin ekish va ishlov berish, hosilni yig‘ib olish hamda tayyor xomashyoni qayta ishlashda qo‘llanadigan mashina va asboblar ishlab chiqaradigan mashinasozlik tarmoqlari vujudga keldi.
Toshkentdagi «Toshqishloqmash», «O‘zbekqishloqmash» va Chir- chiqdagi «Chirchiqqishloqmash» kabi zavodlar qishloq xo‘jaligi mashinasozligining asosiy korxonalaridir.
Bu zavodlar paxtachilik uchun traktor seyalkalari, kultivatorlar, g‘o‘zapoya yuladigan, ko‘rak teradigan va chuviydigan, o‘g‘it aralashtiradigan, qishloq xo‘jaligi zararkunandalarini yo‘qotishda zaharli moddalarni purkaydigan mashinalar ishlab chiqaradi. 1994-yilda O‘zbek–Isroil qo‘shma korxonasida paxta teradigan mashinaning yangi modeli yaratildi. Suv omborlari, kanallar qurilishi va ularni loyqadan tozalashda, suvni yuqoriga ko‘tarishda, umuman, irrigatsiyada qo‘llaniladigan mashinalar ishlab chiqaruvchi irrigatsiya mashinasozligi ham agrosanoat majmuasi ehtiyojiga ko‘ra vujudga keldi. Irrigatsiya mashinasozligining markazi Andijon viloyati hisoblanadi.
Paxtachilik rivojlangani sayin traktorlarga, paxta tashiydigan mashi- na va mexanizmlarga ehtiyoj orta bordi. Shuning uchun Toshkent traktor zavodi – TTZda universal trak-
torlar, paxtani qop-qanorsiz ta-
shishga mo‘ljallangan ag‘darma
tirkamalar ishlab chiqarila bosh-landi.
Toshkent, Andijon, Samar- qand va Kattaqo‘rg‘onda paxta tozalash hamda yog‘ sanoati uchun mashina va uskunalar ishlab chiqaruvchi mashinasoz- lik zavodlari joylashgan. Milliy iqtisodiyotda, ayniqsa, qishloq. xo‘jaligida mashina va mexanizmlar ko‘plab qo‘llanilayotganidan ularga ehti- yot qismlar yetkazib beradigan hamda sozlaydigan korxonalar deyarli barcha viloyatlarda barpo etilgan. Samarqanddagi «Paxtamash» zavodi ehtiyot qismlar ishlab chiqaradigan korxonalarning eng yirigidir.
Bog‘dorchilik, uzumchilik va polizchilikda qo‘llaniladigan mashina va moslamalar «O‘rta Osiyoqishloqmash» birlashmasida ishlab chiqarilmoqda. Mashinasozlik majmuasining yuksalishiga hamohang korxonalar tobora alohida detallarni ishlab chiqarishga ixtisoslashmoqda. Ayni vaqtda tayyor mahsulot qiymatida xomashyo hissasi qisqarib malakali mehnat hissasi, ahamiyati ortmoqda. Bunday jarayonni mashinasozlik korxonalari qoshida kasb-hunar kollejlari, ilmiy tajriba-konstruktorlik byurolari singari ilmiy muassasalar faoliyat ko‘rsatayotganida ham kuzatish mumkin.
Poytaxtimiz Toshkentdagi aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasini o‘shan- day korxonalarning namunasi deyish mumkin. Bu korxonani shahar ichidagi shahar desa bo‘ladi. Unda o‘n minglab ishchi, muhandis, ixtirochilar ishlay- di. Jahonda eng ulkan «Antey» rusumli transport samolyoti shu korxonada bunyod etilgan. 1993-yilda birlashma IL–114 rusumli 64 nafar yo‘lovchiga mo‘ljallangan yangi samolyot ishlab chiqardi. U AN–24 va YAK–40 singari eskirgan samolyotlarga qaraganda yoqilg‘ini 2 barobar kam sarflaydi.
O‘tgan asrning o‘rtalaridan boshlab elektrotexnika sanoati alohida tarmoq tarzida shakllandi. O‘ndan ortiq elektrotexnika zavodlari ishladi. EHM ishlab chiqaradigan «Algoritm» zavodiga asos solindi. EHM uchun mikroelek- tronika elementlari, mikrosxemalar, masofadan turib boshqarish sistemalari va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaradigan «Zenit» zavodi ishga tushirildi. 1990-yilda konsern «O‘zeltexsanoat» uyushmasiga aylantirildi. Uyushma tarkibida 50 dan ortiq korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. Uyushma korxona- lari bilan Rossiya, Turkiya, Janubiy Koreya, AQSH, Singapur va boshqa
1. Vatanimizda ishlangan qishloq xo‘jalik mashinalaridan beshtasini nomini va qanday maqsadlarda foydalanilishini daftarga yozing.
2. O‘zbekistonda daf’atan qishloq xo‘jalik mashinasozligi vujudga kelganini qanday izohlasa bo‘ladi?
3. Irrigatsiya mashinasozligining markazi qayerda?
MASHINASOZLIK ISTIQBOLLARI
50mamlakatlar firmalari hamkorligida 20 dan ortiq qo‘shma korxonalar tashkil etildi.
Radioelektronika va elektrotexnika Respublika mashinasozlik majmuasi- ning jadal rivojlanuvchi, istiqbolli tarmog‘i Mamlakatimizda oltin, kumush, mis, rux, kremniy, volfram, kaolin, kvars qumi, uran xomashyosi kabi nodir ruda konlari hamda yetarlicha ishchi kuchi mavjudligi tarmoqning barqaror rivojlanishini ta’minlaydi.
Hozirgi vaqtda mashinasozlik tarmoqlarida 100 mingga yaqin kishi mehnat qilmoqda.
To‘qimachilik sanoatining yuksalishi xomashyogagina bog‘liq bo‘lmay uni zamonaviy to‘quv dastgohlar, asbob-uskunalar bilan ta’minlashga ham bog‘liqdir. Bunday jihozlarni «O‘zbekto‘qimachilikmash» birlashmasida ishlab chiqariladi. Birlashma korxonalari Toshkent, Qo‘qon, Jizzax shahar- larida joylashgan.
Kimyo va neft-kimyo mashinasozligi 1941-yilda tashkil topgan. Uning yirik korxonasi Chirchiq shahridagi «O‘zbekkimyomash» zavodi dastavval kimyo, mikrobiologiya, selluloza-qog‘oz sanoati korxonalari uchun uskuna- jihoz ishlab chiqarar edi. Hozirda kimyo uskunalari, turbokompressorlar, ventilatorlar, nasoslar ishlab chiqarmoqda. Toshkent «Kompressor» zavodida qo‘shma kompressor stansiyalar ishlab chiqariladi. Namanganda esa neft va gaz quduqlari uchun jihozlar ishlab chiqariladi.
Kommunal xo‘jaligi mashinasozligi tarmog‘ida Samarqand liftsozlik zavo- di ishlamoqda. Zavodda yo‘lovchi
va yuk liftlari, yog‘ochga ishlov
beradigan stanoklar ishlab chiqa-
riladi. Zavod negizida Rossiya va
O‘zbekiston qo‘shma korxonasi
«Sharqlift» tashkil etildi.
Mashinasozlik korxonalarining istiqboli va hududiy joylashuvini inson omili belgilaydi. Qishloq aholisini ish bilan ta’minlash maqsadida mashina qismlarini ishlashga ixtisoslashgan kichik korxonalar qishloqlarda barpo etilmoqda. O‘rmon sanoati yog‘och tayyorlash va yog‘ochni qayta ishlash tarmoq- lariga bo‘linadi. Yog‘ochni qayta ishlash hunarmandchilik turi sifatida qadimdan ma’lum. Hunarmandlar yog‘ochga ishlov berib undan arava, egar, panjara, sandiq, eshik, beshik, rom kabilarni yasashgan, uylar qurishgan. Yog‘ochsozlik yillar davomida takomillasha borib, undan yangi-yangi sano- at tarmoqlari vujudga keldi (40-rasm). Ayniqsa, yog‘ochni kimyoviy qayta ishlash tufayli yog‘ochsozlikda tub (inqilobiy) o‘zgarish yasaldi.
Mamlakatning yog‘och-taxta xomashyosiga bo‘lgan yillik ehtiyoji 10 mln kub metrdan ortmoqda. Ammo yog‘och xomashyosi bo‘ladigan tabiiy
O‘tgan asr o‘rtalarigacha O‘z- bekiston mashinasozligi faqatgina qishloq xo‘jaligi mashinalari ish- lab chiqargan va ularni ta’mirlash hamda paxtani qayta ishlovchi korxonalarga mashina va uskuna- lar yetkazib bergan edi. Endilikda esa mashinasozlik majmuyining yarmigina agrosanoat majmuasi bilan bog‘liq.
Keyingi davrlarda O‘zbekiston mashinasozligida an’anaviy tar- moqlarni rivojlantirish bilan bir qatorda oz metall va ko‘p mehnat
talab tarmoqlar jadal rivojlandi.
1. Mashinasozlikning iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari bilan aloqadorligiga misollar keltiring.
2. Tumaningizda mashinasozlikning qanday korxonalari bor?
3. Mashinasozlik majmuasida tarmoqlar nisbati kelajakda qanday bo‘ladi? Yanada jadal rivojlanuvchi tarmoqlarni aytib bering.
52
o‘rmonlar bizda nihoyatda chek- langan. Shu bois har yili millionlab nihol ekiladi, «ko‘kalamzorlash- tirish oyligi» o‘tkaziladi. O‘r- monlar barpo etish va yog‘och boyliklaridan oqilona foydalanish bilan maxsus o‘rmon xo‘jaliklari shug‘ullanadi. Respublikamizda 100 ga yaqin o‘rmon xo‘jaligi korxonalari, qo‘riqxonalar va milliy bog‘lar bor.
O‘rmon sanoati mahsulot-
laridan mashinasozlik, kimyo
sanoati, yengil sanoat, transport
va qurilishda foydalaniladi. O‘z
navbatida o‘rmon sanoati ham boshqa tarmoqlardan laklar, bo‘yoqlar (mebel ishlab chiqarish uchun), soda, natriy, oqartiruvchi ximikatlar (qog‘oz tay- yorlash uchun), avtomashinalar, traktorlar, stanoklar (yog‘och tayyorlash va ishlov berish uchun) oladi. Boshqacha qilib aytganda, o‘rmon sanoati bilan boshqa tarmoqlar orasida keng tarmoqlararo aloqalar mavjuddir.
Mustaqillik yillarida Toshkent va Asakada duradgorlik buyumlari za- vodlari, Toshkentdagi quyoshdan himoya uskunalari zavodida esa plastmas- sadan deraza romlari ishlab chiqaradigan sex ishga tushirildi. Toshkentda O‘zbekiston–Gretsiya qo‘shma korxonasi «O‘z Ellas» gugurt zavodi mahsulot bera boshladi.
Yog‘och xomashyosi tanqisligi sanoatga jiddiy qiyinchilik tug‘dirmoqda. Yog‘ochlardan tejamkorlik bilan foydalanish maqsadida selluloza sanoati ham rivojlanmoqda.
Selluloza – maydalangan va kimyoviy yo‘l bilan ishlangan yog‘och massasi, u sun’iy tola va qog‘oz ishlash uchun xomashyo bo‘ladi.
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 8-fevraldagi «Sanoat terakchiligini rivojlantirish va boshqa tez o‘suvchi yog‘ochbop daraxtlarni barpo etishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi maxsus Qarori o‘rmon sanoatida keskin o‘zgarish yasadi. Qarorga muvofiq terakzorlar maydoni har yili 10 ming gek- targa kengaymoqda. Yaqin kelajakda har yili 5 mln m kub sanoatbop yog‘och tayyorlanadi. Yog‘och tayyorlash korxonalari taxta tilish zavodlariga g‘o‘la yog‘och yetkazib beradi. Tilingan yog‘och, ya’ni taxta mebel sanoati uchun xomashyodir. Yog‘och tayyorlash va yog‘ochsozlik chiqindilari (shox-shabba, qipiq, payraxa, po‘stloq)dan o‘rmon-kimyo sanoatida spirt, moylar, bo‘yoqlar ishlab chiqariladi. Shu sababli o‘rmon-kimyo kombinatlari qurish o‘ta sama- ralidir. Yog‘och xomashyosi taqchil O‘zbekistonda chiqindilarni to‘la qayta ishlaydigan yog‘ochsozlik kombinatlari ayniqsa o‘ta muhim hisoblanadi. Qurilish materiallari sanoati milliy iqtisodiyotning deyarli barcha tarmoq- lari bilan aloqadadir. Zavod va fabrikalar, uy-joylar, yo‘llar hamda irrigatsiya inshootlarining ko‘plab barpo etilishi bilan qurilishbop materiallarga talab ham ortib boraveradi.
Binokorlik uchun muhim bo‘lgan sement Quvasoy, Ohangaron, Angren, Navoiy va Bekobod shaharlarida ishlab chiqarilmoqda. Ohangaron va Navo- iy sement kombinatlari eng yirik kombinatlar hisoblanadi. Angren gilmoyasi negizida bezakbop oq
1. Atlasning «transport» xaritasidan viloyatingizga yog‘och qayerdan va qaysi transport turida keltirilishini aniqlang.
2. Yog‘och tanqisligini bartaraf qilish maqsadida tumaningizda qanday tadbirlar amalga oshirilmoqda.
3. Terak yog‘ochining sifati hamda ekologik ahamiyatiga ko‘ra qanday afzalliklarga ega ekanini botanika darslaridan eslang.
Download 19.17 Kb.




Download 19.17 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qishloq xo‘jalik mashinasozligi

Download 19.17 Kb.