Qoʻlyozma manbalar: matn tarixi. Matn tarixi tushunchasi. Reja




Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
Sana15.06.2023
Hajmi0.55 Mb.
#73097
Bog'liq
1-maruza (1)
Korxona MT4, 2 Elektron didaktik materiallardan foydalanib Informatika va axborot, Matematik fizika tenglamalari (M.Salohiddinov) (2), 16. INFORMATIKANI GUMANITAR FANLAR VA SAN\'ATGA YO\'NALTIRIB O\'QITISH, 1123885, Mavzu 1, Mavzu 10, Lagranj va Nyuton ko‘phadlarini differensiallash-fayllar.org, Id.uz saytidan ruyxatdan utish(Sardor-13), file, 9-sinf-informatika-testlar-2, 1 amaliy, кереккккккк, Elektronika asoslari fanidan MUSTAQIL TALIM


Qoʻlyozma manbalar: matn tarixi. Matn tarixi tushunchasi. 
Reja: 
1. Matn tarixi tushunchasi.
2. Matn tarixini tiklashning xalqimiz ma’naviy hayoti tarixini o‘rganishdagi urni. 
To‘liq, nuqsonli, tuzatilgan (taxrir qilingan) va tugatilmagan matnlar.
3.Matn tarixi tadqiqida bevosita va bilvosita belgilarning o‘rni.
Har qanday atamaning yasalishida so‘zning lug‘aviy ma’nolari negiz vazifasini 
o‘taydi. Shu negiz atrofida muayyan tushuncha barqarorlashadi va yangi nom bilan 
atala boshlaydi. Fikr, qarash, yondashuvlarning o‘zaro kelishuvi, shartlashuvi ostida 
sodir bo‘ladigan bu jarayon ixtiyoriy tarzda kechadi. Misol uchun manba va matn 
so‘zlarining istilohga aylanguncha davom etgan tadrijini kuzataylik. Arabcha “oqib 
chiqmoq”, “boshlanmoq”, “otilib chiqmoq”, “kelib chiqmoq” ma’nolarini 
anglatuvchi naba’a ( ََ
َ
َب َع ) ن феълидан “oқиб чиқиш жoйи”, “бoшланиш 
нуқтаси” “булoқ”маънoсидаги манба ( َْ
ب َع ) م so‘zi yasalgan. Har qanday 
harakat, voqea-hodisaning boshlang‘ich nuqtasi, avvali, boshiga nisbatan 
qo‘llangan bu so‘z ma’lum soha kishilarining ixtiyoriga binoan ijod mahsuli 
tushunchasida qarorlashdi va “manba” deyilganida muayyan asar (kitob) tushunila 
boshladi.
Mutolaa qilingan kitob o‘z o‘quvchilarida turli xil o‘xshash va farqli fikrlarni 
uyg‘otadi. Fikrlarning o‘xshashligi qarashlarni, farqliligi yondashuvlarni yuzaga 
keltiradi. Bu jarayon bamisoli kitobdan kitoblar otilib chiqayotgan, asardan asarlar 
tarmoqlanib, toshib oqayotgan oqimga o‘xshaydi. Endi matn so‘zi xususida 
to‘xtaladigan bo‘lsak, arabcha izohli lug‘atlarda bu so‘z “narsaning ustki, yuza 
qismi” deb ta’riflangan. Masalan, yerning ustki qattiq қисми ( م

َ
ن ضرلاا), йўлнинг 
ўртаси ( م

ن َقيرطلا), китoб саҳифасидаги ёзувларнинг ҳoшия ва шарҳлардан 
хoли асoсий қисми39 ( ) م

ن َ
كلا

با
матн сўзи билан ифoдаланган. Shunindek, bu 
so‘zning “mustahkam; pishiq” kabi sifat ma’nosida kelgan turi ham mavjud. 
Tilimizga o‘zlashgan matonat, metin so‘zlari ham matn bilan o‘zakdoshdir.
“Adabiyotshunoslik terminlari lug‘ati”da tekst so‘zi “avtorning asl so‘zi, asarning 
qo‘lyozmasi yoki nashr etilgan nusxasi”40, “Slovarь-spravochnik lingvisticheskix 
terminov» kitobida “yozuv yoki nashrda aks ettirilgan nutqiy asar (bayon qilish”)41, 
“Hozirgi o‘zbek tili faol so‘zlarining izohli lug‘ati”da “matn – mazmunan va mantiqan 
o‘zaro aloqador bo‘lgan gaplar yoki alohida olingan gap”, “Tilshunoslik 
terminlarining izohli lug‘ati”da “matn – yonma-yon harflar, yozuv orqali aks 
ettirilgan nutq, umuman, nutq parchasi; tekst” tarzida turlicha ifodalangan. Matn 
bilan teng ma’noda qo‘llanadigan tekst so‘zi lotincha textus so‘zidan olingan bo‘lib, 


“to‘qima mato; to‘qish; o‘rish; chirmash; qo‘shish” kabi ma’nolarni anglatadi. Bu 
so‘zning nisbatan kengroq va qamrovli izohini 2010 yil “Akademnashr” nashriyotida 
chop etilgan “Adabiyotshunoslik lug‘ati”da ko‘rish mumkin: 1)“Tekst – yozuvda 
qayd etib qo‘yilgan nutq. Termin bu ma’nosida og‘zaki nutqqa qarshi qo‘yiladi; 2) 
nutqiy asar, jumladan, adabiy asarning yozma (harflar) yoki og‘zaki (tovushlar) 
belgilar vositasida qayd etilgan konkret-hissiy (ko‘rish yo eshitish) qabul qilinadigan 
tomoni. Bu ma’nodagi tekst matnshunoslikning ob’yekti sanaladi; 3) nutqiy 
kommunikatsiyaning nisbiy butunlik, yaxlitlik kasb etgan va nisbiy avtonomlik, 
alohidalik xususiyatiga ega eng kichik birligi, ya’ni adabiy-badiiy asar. Bu ma’nodagi 
tekstning mazmuni uni tashkil qilayotgan nutq birliklari, ularning o‘zaro aloqalari 
bilangina cheklanib qolmaydi. Butun sifatida u muallif tomonidan muayyan nutqiy 
situatsiyada tug‘ilgan, uning butun sifatidagi mazmun-mohiyati o‘zidan 
tashqaridagi reallik bilan bog‘liq holda voqe bo‘ladi”. E’tibor berilsa, matn so‘zining 
lug‘aviy ma’nolari qaysidir darajada o‘zak tushunchada qarorlashgan: “narsaning 
ustki, yuza qismi”, “aks ettirilgan nutq”, “yozuv orqali aks ettirilgan nutq”, “yozuvda 
qayd etib qo‘yilgan nutq”. Bu ma’nolar asarning yozma yoki og‘zaki belgilar 
vositasida qayd etilgan tashqi, ya’ni konkret-hissiy qabul qilinadigan tomonini aks 
ettirsa, tekst so‘zining “pishiqlik, mustahkamlik, butunlik”ka dalolat qiluvchi 
lug‘aviy ma’nolari esa matn tushunchasining ichki xususiyatlarini anglatadi. Atama 
tushunchasini izohlashda gapni manba va matn so‘zlari misolida boshlashimizga 
sabab, avvalo, mavzumiz adabiy manbashunoslik va matnshunoslik muammolarini 
o‘rganishga bag‘ishlangan. Qolaversa, butunni anglash uchun uning tarkibiy 
qismlari haqida to‘laroq tasavvurga ega bo‘lish anglash jarayonini faollashtiradi. 
Hodisa anglangani sayin maqsad oydinlasha boradi, muammo yechimiga yo‘l 
ochiladi. Ma’lum adabiy asar bo‘yicha tadqiqot olib borayotgan manbashunos o‘zi 
o‘rganayotgan ob’yektning yaxlit butunlik sifatida yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan 
ta’sirlar zanjirini tiklaydi, tadqiq etilayotgan asarning bu silsiladagi o‘rnini belgilaydi, 
xalqalar orasidagi munosabatlarning umumiy qonuniyatlarini aniqlaydi. 
Manbashunoslik tadqiqi mana shu uzluksiz jarayon ichida kechadi. Yuqorida 
matnning tashqi, ya’ni yozuvda ifodalanishi haqida so‘z borib, asarning bu 
jabhadagi tadqiqi matnshunoslik ob’yektida kechishi aytilgan edi. Shu jihatdan 
matnshunoslik ilmida o‘rganiladigan matn tilshunoslikdagi matn tushunchasidan 
farqlanadi. Matnshunoslikda har qanday yozuv matn sanaladi. Muayyan matnning 
paydo bo‘lishidan to oxirigi holatigacha davom etgan jarayon matn tarixini tashkil 
qiladi. Aksar matnlar ma’lum vaqt mobaynida sub’yektiv (muallif, kotib, nashrga 
tayyorlovchi, muharrir) va ob’yektiv (ijtimoiy) omillar ta’sirida o‘zgarishga uchraydi. 
Matnshunosning vazifasi mana shu o‘zgarishlarni aniqlash, ularni tarixiy, ilmiy 
dalillar bilan asoslash va shu yo‘l bilan asl matnni tiklashdir. O‘zbek matnshunosligi 
tarixiga nazar solinsa, ilmiy-tanqidiy matn tuzishning barcha manbaga barobar 


yagona qonun-qoidasi mavjud emasligi ayon bo‘ladi. Agar buning sababi faqat 
matnshunoslikning nazariyadan ko‘ra ko‘proq amaliyotga yaqin soha ekaniga 
bog‘lab qo‘yilsa, javob bir tomonlama bo‘lib qoladi. Ishonchli matnni tiklash 
jarayoni – matnning umumiy va xususiy detallarini ko‘z bilan ko‘rish, muayyan 
shaklni xotirda saqlab qolish, nusxalarni o‘zaro solishtirib, ma’lum matnni tanlash 
kabi jismoniy harakatlardangina iborat emas. Aslida, ayni paytda bu hatti-
harakatlar tafakkur maydonida kechayotgan “inkor” va “tasdiq”lar suronining 
izmida bo‘ladi. Tafakkur esa qarashlarni tizimga soladigan nazariyaning bosh 
omilidir. Matnshunoslik ilmi adabiy manba va “matn tasarrufi”ning mezon va 
tamoyillarini o‘rganar ekan, matnshunosda bunday mezon va tamoyillar asosida 
manbaga munosabat bildira olish tafakkuri shakllangandagina tasarrufning nazariy 
masalalarini amalga oshirish mumkin. Bundan kelib chiqadiki, adabiy 
manbashunoslik va matnshunoslik ilmining rivoji ko‘proq soha bo‘yicha nazariy 
asoslarning mustahkamlanishiga, bir so‘z bilan aytganda, ilmiy-tanqidiy matn 
nazariyasining yaratilishiga bog‘liq. Dunyodagi har bir xalq o‘zining yozma tarixiga 
ega. Bu tarixni o‘rganishda hech bir manba yozma yodgorliklardek batafsillikka 
da’vo qilolmaydi. Ajdodlarimiz hayotini butun tafsilotlarigacha bag‘riga joylagan 
qo‘lyozma manbalar o‘tmish bilan bugunni bog‘lovchi ko‘prik. Insoniy tamaddun 
tarixida qadimiy qo‘lyozmalarning ahamiyati shu darajada ekan, bu bebaho 
ma’naviy merosga chinakam voris bo‘lish uchun ularni chuqur o‘rganish, 
o‘rganilganda hosil bo‘lgan bilimni ommalashtirish talab qilinadi. Ajdodlardan 
qolgan ma’naviy mulkni o‘zlashtirish, ya’ni “o‘ziniki qilib olish” ayni jarayondan – 
bilimning ommalashuvidan boshlanadi. Shu ma’noda, matbaa ixtirosi nafaqat 
kitobat tarixida, balki insoniy fikr, insoniy madaniyat tarixida ham yangi asrni 
boshlab berdi. Matbaa sohasi sanoatlashgach, ilgari bitta yoki bir necha 
nusxadagina ko‘chirish mumkin bo‘lgan kitob uchun yuzlab, minglab nusxada 
ko‘paytirish imkoni tug‘ildi, keng xalq orasida qo‘lyozma kitoblar asrida bo‘lmagan 
fikrlar ommalashuvi yuzaga keldi. Tabiiyki, matbaachilik faoliyati bilan bog‘liq bu 
holat qo‘lyozma manbalarni nashr qilish qonun-qoidalarini ishlab chiqishni kun 
tartibiga qo‘ydi. Vazifaning og‘irligi shunda ediki, matnshunoslik ishi dastavval, har 
xil ijtimoiysiyosiy sabablarga ko‘ra, dunyoning turli kutubxonalariga tarqalib ketgan 
muayyan qo‘lyozma nusxalarini aniqlash, aniqlagandan so‘ng keyingi tadqiqot 
uchun ularni jamlashni taqozo qiladi. Matnshunos o‘zi o‘rganayotgan qo‘lyozma 
asarning turli nusxalarini qo‘lga kiritar ekan, endi uning oldida “qaysi nusxa nashr 
qilishga haqliroq” degan prinsipial savol tug‘iladi. Qadimiyrog‘imi yo 
zamonaviyrog‘i? To‘lig‘imi yoki noqisi? Xushxatimi yo badxatrog‘i? Ishonchlisimi 
yoki ishonchsizrog‘i? Bu savollarga javob topish nazariy jihatdan oson ko‘rinsa-da, 
ularning amaliy tatbiqi yengil kechmaydi. Har doim ham qadimiyroq nusxa 
zamonaviyrog‘idan yoki to‘lig‘i noqisidan yetakchi bo‘lolmaydi, balki buning aksi 


ham bo‘lishi mumkin. Nashr uchun muvofiq nusxa tanlandi ham deylik, eng 
serzahmat jarayon shundan so‘ng boshlanadi, bu – matn tahqiqi masalasidir. 
Tahqiq jarayoni matndagi har bir so‘z, har bir jumlaning muallif matniga 
muvofiqligini ilmiy dalillar bilan har tomonlama asoslashdan iborat. Bu faoliyat 
bilan shug‘ullanuvchi olim sharqda “muhaqqiq” atamasi bilan nomlangan. 
Manbashunos olim Abdussator Abdulhaq Halujiy va Bashshor Avvod Ma’rufning 
xabar berishicha, qo‘lyozma asarlar tahqiqi bo‘yicha soha olimlarining fikri xilma-
xil. Ba’zilarining aytishicha, qo‘lyozmani nashrga tayyorlayotgan muhaqqiq uchun 
muhimi, bir nechta nusxani o‘rganish bilan chegaralanish, ular ichidan bitta nusxani 
tanlab, o‘rtadagi farqlarni ko‘rsatib nashr qilish. Boshqalarining fikricha, 
muhaqqiqning vazifasi tahqiqda muqobil nusxalar bilan chegaralanib qolish emas, 
balki qaysi nusxa matni qaysisidan kelib chiqqanini aniqlash va shu yo‘l bilan 
asliyatni tiklashdir. Yana bir guruh olimlar tahqiq jarayoniga imkon qadar ko‘proq 
nusxalarni jalb qilish lozimligini uqtiradilar. “Matn aniqligi”(طبض ْ
بملا)ni shart qilib 
qo‘ygan bu olimlarning bildirishicha, matnning g‘oyat darajada aniqligiga erishish 
uchun, zarurat bo‘lsa, matnni isloh qilish, izohlovchi qo‘shimchalar bilan mazmunni 
ochish, har bir holatga ta’rif berish kerak. Bu qarash jarayonda yangi savollar 
tug‘ilishiga sabab bo‘lgan. Tuzatishlar, qo‘shimchalar, izohlar kattarib, hajmi kitob 
matnidan ham oshib ketsa, matnga aloqador fikrlar hoshiyada (matn ostida) zikr 
qilingani yaxshimi yoki asl matndan ajratilib, alohida, mustaqil qism sifatida 
berilganimi? Shuningdek, matnning nuqson va xatolarini tuzatib taqdim etgan 
yaxshimi yo matnni qanday bo‘lsa, shundayligicha berib, xato yoxud to‘g‘ri 
variantlarni hoshiyada ko‘rsatgan afzalmi? Bu savollarga javobni o‘zbek 
matnshunosligi tarixidan izlab ko‘raylik. Matnshunosligimizda olib borilgan 
ishlarning aksar qismida Navoiy asarlari tadqiqot ob’yektiga aylangan. Aytish 
mumkinki, o‘zbek matnshunosligi Navoiy asarlarini nashrga tayyorlash jarayonida 
shakllandi. yil Izzat Sultonov “Navoiyning “Mezonul–avzoni” va uning kritik teksti” 
mavzuida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Dissertatsiya ikki qismdan 
iborat bo‘lib, avvalgi qismda“Mezonul avzon”ning ilmiy-tanqidiy matnini tayyorlash 
prinsiplari haqida so‘z borgan. “Qo‘lyozmaning tasviri”, “Farqlarning tiplari”, 
“Ishoralar, “Tayanch qo‘lyozmaga tuzatish kiritish prinsiplari” kabi mavzular 
tamoyil sifatida sanalib, ular misollar yordamida dalillangan. Ikkinchi qismda 
tayanch nusxaning fotokopiyasi ilmiy tanqidiy matn sifatida keltirilgan. Nusxalar aro 
uchrovchi farqli jihatlar tayanch nusxa matnidagi o‘sha so‘z ustiga raqam qo‘yilib, 
havolada izohlangan. 1956 yil “Hamsa”ning to‘rtinchi dostoni “Sab’ai sayyor”ning 
ilmiy-tanqidiy matni nashrdan chiqqan. Kitob avvalida ilmiy-tanqidiy matnni 
tayyorlash prinsiplari haqida Porso Shamsiyevning so‘zboshi maqolasi berilgan. 
Maqolada ilmiy-tanqidiy matn uchun bitta tayanch va ikkita yordamchi nusxa 
tanlangani, shulardan ikkitasi Navoiy hayot chog‘ida ko‘chirilgani aytilgan. Nashrga 


tayyorlovchining fikricha, mazkur uchta nusxadan boshqa “turli asrlarda xilma-xil 
o‘zgarishlarga uchragan nusxalarga murojaat qilish ishni murakkablashtirib 
yuboradi, farqlar soni ko‘payib, tekstdan foydalanish qiyinlashadi. Bunga esa 
ehtiyoj yo‘q. Chunki kritik tekst tuzishdan ko‘zda tutilgan maqsad faqat ma’lum 
asarning har qanday shubha va nuqsonlardan xoli bo‘lgan mustahkam va ishonchli 
nusxasiga ega bo‘lish, bu bilan shu asardan bemalol foydalanishga yo‘l ochishdir”. 
Maqolada har uchala qo‘lyozmadagi yozuv bilan bog‘liq holatlar, o‘zaro farqlar va 
ularning ilmiy-tanqidiy matndagi shartli belgilari izohlangan. Ilmiy-tanqidiy matn 
arab bosma yozuvida terilgan. Har bir bo‘lim o‘n bayt-o‘n baytdan ajratilib, 
raqamlab chiqilgan. Nusxalardagi farqlar matn ostida berib borilgan, matn ichida 
ularga ishora qiluvchi belgi mavjud emas. 1963 yil Porso Shamsiyev tayyorlagan 
ilmiy-tanqidiy matn asosida “Hamsa”ning yana bir dostoni “Farhod va Shirin” chop 
qilindi. Bu kitobda ham oldingi nashrdagi tartib takrorlanganini kuzatish mumkin. 
Farqi, muqoyasa uchun tanlangan nusxalarning soni ortgan, natijada, ularning 
nomlanishi biroz o‘zgarishga uchragan: asosiy tayanch nusxa; asosiy yordamchi 
nusxalar; yordamchi nusxalar. Shuningdek, “ish jarayonida ayrim so‘zlarning 
o‘qilishini aniqlashda boshqa qo‘lyozmalarga, hatto toshbosma nusxalarga ham” 
murojaat qilingan. 1970 yilda chop etilgan “Hayratul abror” dostonining 
ilmiytanqidiy matnini tuzishda asos nusxalar soni oltiga yetib, shulardan uchtasi 
toshbosma nusxalar ekani aytilgan.45 O‘tgan asrning 60-yillarida “Hamsa” matni 
tadqiqi bilan parallel ravishda, IV jilddan iborat “Xazoyinul maoniy” devonlari ham 
ilmiy-tanqidiy matn asosida nashrga tayyorlangan. Nashr ommaviy bo‘lgani uchun 
hech bir jildda devonlarning asliyat yozuvidagi ilmiy-tanqidiy matni berilmagan. 
Ammo “Favoidul kibar” devoniga ilova qilingan to‘rtta rangli jadvaldagi ma’lumot 
va umumlashmalar devonlarning ilmiytanqidiy matnini tayyorlash jarayoni
naqadar serzahmat bo‘lganidan xabar beradi. “Navoiy o‘zbekcha qo‘lyozma 
devonlarining redaksion klassifikatsiyasi” deb nomlangan birinchi jadvalda 
“Xazoyinul ma’oniy” devonlari, shuningdek, ilk devon, “Bado‘yeul bidoya”, 
“Navodirun nihoya” va terma devonlardan iborat 20 ta mo‘tabar nusxalarning har 
birida 16 ta janr bo‘yicha kelgan asarlar hajmi tasnif qilingan. Ikkinchi jadvalda 
“Xazoyinul ma’oniy”dagi g‘azal, ruboiy va muammolarning alifbo bo‘yicha kelish 
tartibi 9 ta nusxa misolida ko‘rsatilgan. Uchinchi jadvalda “Xazoyinul ma’oniy” 
devonlarining XV asr nodir qo‘lyozmalari asosida haqiqiy xronologiyasi aniqlangan. 
To‘rtinchi jadvalda “Xazoyinul ma’oniy”ning to‘rt devonga shartli taqsimlanishi 
natijasida kelib chiqqan nisbiy xronologiyasi aks etgan.
Fathiddin Is’hoqovning “Zarbulmasal” asari bo‘yicha olib borgan tadqiqoti o‘zbek 
matnshunosligi, xususan, ilmiy-tanqidiy matn tayyorlash tarixida muhim qadam 


bo‘ldi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Mazkur tadqiqotda manbaga kompleks 
yondashuv yo‘lidan borilib, matnshunoslikning an’anaviy tekshirish usullari yangi 
tajribalar bilan boyitilgan. F.Is’hoqov “Zarbulmasal”ning turli qo‘lyozma nusxalarini 
qiyosiy o‘rganish natijasida, avvalo, asarning tarkibini, uning umumiy syujet yo‘lini 
aniqlab olishni zarur bilgan. Shundan keyingina “ichki tafovut”larni tekshirgan va 
matn tuzish prinsiplarini belgilagan. Tekshirishlar davomida nusxalar orasidagi 
o‘zaro o‘xshash va yaqinlikni ko‘rsatuvchi belgilarga alohida e’tibor qaratilgan. 
Nusxalar bir umumiy manbadan ko‘chirilgan emas, lekin hajmi, tarkibiy qismlarning 
tartibi, hikoyatlarning boshlanishi va oxiri kabi jihatlarga qaralsa, bu qo‘lyozmalar 
turli kotiblar tomonidan ko‘chirilgan uch manba(arxetip)ga aloqador, degan 
xulosaga kelingan. Har bir arxetipdan tarmoqlangan qo‘lyozmalar shartli guruhga 
ajratilib: “I gruppa qo‘lyozmalari”, “II gruppa qo‘lyozmalari”, “III gruppa 
qo‘lyozmalari” deb nomlangan. “Zarbulmasal”ning ilmiy-tanqidiy matnini tuzishda 
“faol tanqidiy tanlab olish prinsipi”ga amal qilingan. Nusxalarning qiyosiy manzarasi 
va ilmiy-mantiqiy tahlili tanqidiy tanlab olishning muayyan asosini belgilagan. 
F.Is’hoqov ilmiy-tanqidiy matnning tuzilishi haqida gapirib, tadqiqotning xarakterli 
jihatini shunday bayon qiladi: “Nusxalar orasidagi tafovutlar haddan tashqari ko‘p 
va xilma-xil. 2300 ga yaqin o‘rinda faqat ma’noga – so‘z qo‘llashga, jumla tuzilishi, 
ayrim maqol yoki qismlarning qay tarzda ishlatilishiga oid 3500 dan ziyodroq farq 
bor. Ilmiy apparatda ularning hammasini qayd eta borish, aniqki, tekstning 
o‘qilishini qiyinlashtirib qo‘yishi mumkin. Biroq biz bu farqlarni ilmiy apparatga 
qisqartirib olish yo‘lini tutmadik. Asarning qo‘lyozmalari tarixini, demakki, “Zarbul 
masal”ning kotiblar qo‘lidagi “evolyutsiyasi”ni namoyon qilish maqsadida va asar 
ustida o‘tkaziladigan kelgusi tadqiqotlarga nafi tegsin ma’nosida nusxalar orasidagi 
hamma va har qanday farqlarni ilmiy apparatda to‘liq ko‘rsatib borishni lozim 
topdik va bunda apparatning ortiqcha murakkab tus olishidan cho‘chimadik.”46 
O‘zbek matnshunosligida kuzatilgan ushbu holatlardan ayon bo‘ladiki, ilmiy-
tanqidiy matnga aloqador tuzatish, qo‘shimchalarning muxtasar bayoni matn 
ostida, batafsil izohi mustaqil qism sifatida matnning avvalida keltirilgan. Bu holni 
“Lisonut tayr” dostoni va “Nasoyimul muhabbat” asariga tuzilgan ilmiy-tanqidiy 
matnlarda ham ko‘rish mumkin. “Matnning nuqson va xatolarini tuzatib taqdim 
etgan yaxshimi yo matnni qanday bo‘lsa, shundayligicha berib, xato yoxud to‘g‘ri 
variantlarni hoshiyada ko‘rsatgan afzalmi? – degan savolga kelsak, yuqorida 
bildirilgan fikrlarga ko‘ra, ilmiy-tanqidiy matn tayanch qo‘lyozmaning izmiga imkon 
qadar bo‘ysundiriladi. O‘rni kelganda tayanch nusxaga ham tanqidiy nazar bilan 
yondashiladi. Bunday holatda mazmun taqozo etgan boshqa nusxalar tayanch 
nusxadan afzal sanaladi. Soha mutaxassislari uchun mo‘ljallangan ilmiy nashrlarda 
muallif hayotligida ko‘chirilgan qadimiy nusxaning ishonchliligi asoslansa, matnni 
qanday bo‘lsa, shundayligicha berib, xato yoxud to‘g‘riligi taxmin qilinayotgan 


variantlarni hoshiyada ko‘rsatgan afzal. Ommaviy nashrlarni esa tuzatilgan matn 
asosida, matnga turli ilmiy ko‘rsatkichlarni qorishtirmasdan, agar lug‘at va izohlarga 
hojat bo‘lsa, ularni kitob oxiriga ilova qilish yo‘li bilan chop qilish maqsadga 
muvofiq.
Ishonchli ilmiy-tanqidiy matn ommaviy nashr uchun ham, filologik tadqiqotlar 
uchun ham keng imkoniyatlar va boy ma’lumotlar beruvchi birlamchi manba 
hisoblanadi. Mumtoz matnlar bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar xoh ommaviy, xoh 
ilmiy yo‘nalishda bo‘lsin, birlamchi manbani chetlab o‘tar ekan, erishilgan natijalar 
muvaqqatlik xarakteriga ega bo‘ladi. Buning oldini olish uchun mumtoz adabiy 
manbalar yuzasidan olib boriladigan tadqiqotlar qat’iy fundament – ilmiy-tanqidiy 
matnga asoslanishi shart. O‘zbek matnshunosligi tarixidan keltirilgan misollardan 
ayon bo‘ldiki, ilmiy-tanqidiy matn tayyorlashning barcha manbalar uchun bir xil 
umumiy qonuniyatlari bilan birga, har bitta manba tadqiqida yuzaga chiqadigan 
spetsifik xususiyatlari mavjud. Umumiy qonuniyatlar ko‘p nusxali matnlarni o‘zaro 
qiyoslab saralash, saralangan nusxalarni o‘xshash va farqli jihatlariga ko‘ra 
guruhlash, guruhlardagi yetakchi qo‘lyozmalar asosida tayanch yoki asos nusxani 
tanlash bilan belgilansa, spetsifik xususiyatlar muayyan adabiy manba yo‘nalishi va 
tabiatidan kelib chiqib, uning ilmiy apparatini shakllantirish bilan bog‘liqdir.
Matnshunoslikda “ilmiy apparat” tushunchasi matn tarkibini detallashtirib, har bir 
qismni ilmiy ko‘rsatkichlar orqali izohlashni anglatadi. Ilmiy apparatning 
konstruksiyasi va uning ichki tarkibi jarayonning ilmiy ko‘lami haqida bir butun 
tasavvur uyg‘otadi, balki tadqiqotning yakuniy ko‘rgazmali maketi vazifasini o‘taydi.
O‘zbek matnshunosligi tarixida ko‘p nusxali matn tarixini tiklashning umumiy 
nazariy tamoyillari ishlanmagan bo‘lsa-da, bu masalada muayyan manbagagina xos 
tajribalar, yondashuvlar kuzatiladi.
Bugun jumhuriyatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan fondlarning deyarli barchasida 
mavjud qo‘lyozma va toshbosma manbalarning ichki katalogini tuzish ishi 
nihoyasiga yetgan, har bir manba haqidagi dastlabki ma’lumotlar elektron shaklda 
yig‘ilgan. Navbatdagi bosqichda mazkur manbalar bo‘yicha qilinayotgan turli 
sathdagi 
ilmiy 
tadqiqotlarni 
monografik 
planda 
chuqurlashtirish, 
matnshunosligimizning ilmiy-tanqidiy matn tuzish yo‘lida orttirilgan boy 
tajribalaridan foydalanib, o‘tgan avlod shiddat bilan boshlagan ishni himmat va 
shijoat bilan davom ettirishimiz lozim. Ana shundagina ota-bobolarimizdan meros 
qolgan bu bebaho ilm xazinasining haqiqiy vorisiga aylanamiz. Ba’zan mumtoz 
adabiyot matnlarining eski o‘zbek yozuvidan joriy alifboga tabdilida, mazkur 
matnlarning 
talqinida 
yoppasiga 
savodsizlikni 
kuzatamiz. 
“Yoppasiga” 
deyishimizdan maqsad, tabdil qilingan ayrim matnlardagi xatolar nafaqat shaklda, 
balki ma’noda ham, talqinda ham bir yo ikki o‘rinda emas, ketma-ket, qatorasiga 


sodir etiladi. Ayniqsa, arabiy so‘z, jumla, matnlarni o‘zbekchalashtirishda o‘ta 
e’tiborsiz va mas’uliyatsiz yondashuvlar, tarjimada o‘zbek tilini dominant sifatida 
bilmaslik va natijada o‘zbek tilining talaffuz tabiatini hisobga olmasdan boshqa 
tillarga sun’iy tarzda moslashtirishlar, maxsus tushuncha va istilohlarni izohsiz, 
bilib-bilmasdan qo‘llash tufayli qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘yilyapti. Masalan, yozma va 
og‘zaki nutqda joriy bo‘lgan, tilimizga allaqachon o‘zlashib ketgan “Olloyor” so‘zini 
yozuvda “Ollohyor”, “Allohyor” deb yozish va zo‘rma-zo‘raki talaffuz qilishga o‘zni 
majburlashning sababi nimada? Agar buni e’tiqodga daxldor masala deb 
qaralayotgan bo‘lsa, kamida kaltabinlik qilinayotgan bo‘ladi. Sog‘lom aqida 
ko‘rko‘rona taqlid bilan emas, xolis ilm bilan barpo bo‘ladi. Dunyodagi barcha 
xalqlar, qabila-elatlar o‘ziga xos tili bilan yaratilgan. Ona tili, uning tabiati, barcha 
qonun-qoidalari har bir xalqning belgilab qo‘yilgan daxlsiz huquqi. Bu haqqa tajovuz 
qilish haqiqatga qarshi borishdan boshqa narsa emas. Arabcha izofali birikmalar 
imlosida ham tilimizda xilma-xilliklar kuzatilyapti. Masalan, “Mahbubul qulub” 
birikmasini olib ko‘raylik: “Mahbub ul-qulub”, “Mahbub ul qulub”, “Mahbubul 
qulub”, “Mahbubu-l-qulub”. Xo‘sh, bu shakllarning qaysi biri o‘zbek tilining lisoniy 
qonun-qoidalariga nisbatan muvofiqroq? Savolga javob topish uchun avvalo, arab 
tilidagi izofa tushunchasining lisoniy sathda nimani anglatishini bilishimiz lozim. 
Izofa qaratqich- qaralmish munosabati vositasida tarkib topgan birikmadir. 
Yuqoridagi birikma misolida olib qaraladigan bo‘lsa, bosh kelishikdagi sifatdosh 
“mahbubun” )َ بوبحم –sevilgan,suyukli) va bosh kelishikdagi ot “qulubun” )َ -
بولق qalblar) shakllari aniqlik artikli al vositasida birikkan. Natijada har ikkala 
so‘zdagi bosh kelishiklik belgisi un (َ
) o‘zgarishga uchragan: mahbubun so‘zidagi 
oxirgi n tushib qolgan va qulubun so‘zidagi un “i”(qaratqich qo‘shimchasiga)ga 
aylangan. Natijada “suyukli” va “qalblar” so‘zlaridan qaratqich-qaralmish 
munosabatidagi “Qalblarning suyuklisi” ( َ ولقلا
ب
ََ
) بوبحم birikmasi yasalgan. Bir 
guruh olimlar bu masalada “izofali birikmalarning arab tilidagi yasalish holati imkon 
qadar o‘zbek tilida ham aks etishi mantiqqa yaqinroq” degan qarashni ilgari 
suryaptilar va amalda quyidagi shaklni qo‘llayaptilar: “Mahbubu-l-qulub”. Bu 
muqobil bir necha jihatdan tilimiz tabiatiga muvofiq emas. Birinchidan, mazkur 
birikma orfografik jihatdan noqulay. Asliyat yozuvida tabiiy ravishda bitta 
tushunchani ifodalagan butun birikma ( َ بولقلا َ ) بوبحم o‘zbek tilining kirill 
yozuviga muvofiqlashtirilgan alifbosida ajratuvchi ikkita kichik chiziqcha vositasida 
uch mustaqil bo‘lakka bo‘lib tashlangan: (mahbubu); (l); (qulub). Ikkinchidan, 
tavsiya qilinayotgan bu shakl fonetik jihatdan tilga og‘ir. Asliyat talaffuzida ikki 
nafasda o‘qiladigan birikma tavsiya qilinayotgan mazkur shakl natijasida uch 
nafasda (uchta pauza bilan) o‘qilishi lozim bo‘lib qoldi. Bu esa o‘zbek tilining talaffuz 
tabiatini buzishga olib kelgan. Uchinchidan, o‘zlashayotgan so‘z o‘z qatlam 
leksikasiga moslashish uchun mezbon tiл qonuniyatlarini to‘la qabul qilishi, balki 


to‘la ravishda uning qoidalariga bo‘ysundirilishi shart. O‘zlashma so‘zning imlo va 
talaffuzi o‘z leksika tarkibida noqulayliklar tug‘diradigan murakkabliklardan xoli, 
imkon qadar sodda va ixcham bo‘lishi lozim. To‘g‘ri, balki tor doirada, muayyan 
ixtisoslikka oid ilmiy matnlarda nisbiy bir transkripsiyani ifodalash uchun bu shaklni 
qo‘llasa bo‘lar. Ammo ommaviy tartibda bunday shaklning joriy etilishi tilimizning 
talaffuz tabiatini buzadi, har tomonlama qiyinchilik tug‘diradi. Shuningdek, 
“Mahbub ul-qulub” va “Mahbub ul qulub” shakllarida ham ayni jihatdan 
noqulayliklar mavjud. Bizningcha, chetdan kirib kelayotgan so‘z imlosini qabul 
qilishda chet tilning grammatik xususiyatlari emas, balki o‘sha so‘zning o‘qilishi va 
uni o‘zbek tili talaffuziga moslashtirish e’tiborga olinishi lozim. Aks holda, chet so‘z 
o‘zlashayotgan tilning emas, o‘zining lisoniy qonuniyatlariga qanchalik 
muvofiqlashtirilsa, uning muhojirligi shunchalik davom etadi. Bunday harakat 
tabiiy jarayonni sun’iy qiyinlashtirishdan boshqa narsa emas. Shu jihatlarni hisobga 
olganda, yuqoridagi birikmaning imlosi “Mahbubul qulub” shaklida bo‘lishi 
maqsadga muvofiq. Ko‘pincha oyat va hadislarning joriy imlodagi ifodasida hatto 
ularning tarjimalarida shunday jiddiy xatolar ko‘zga tashlanadi. Avvalo, Qur’ondan 
keltirilayotgan iqtibos mutaxassis nazaridan o‘tishi kerak. Qolaversa, oyatlarni kirill 
harfida yoki originaldan boshqa harfda ifodalash shu paytgacha yaxshi natija 
bermagan. Shuning uchun ilmiy nashrlarda Qur’on oyatlarining asliy imlodagi 
shaklini, so‘ngra tarjimasini, ommaviy nashrlarda esa faqat tarjimaning o‘zini 
bergan ma’qul, aslida shu bilan maqsad hosil bo‘ladi. Matn tabiatidan uzoqlashish 
bilan bog‘liq xatolarni ommaviy nashrlarning aksariyatida uchratish mumkin. 
Alisher Navoiyning “Nazmul javohir”(Alisher Navoiy, mukammal asarlar to‘plami, 
15-tom, T., “Fan”, 1999, 136-bet) asarida shunday ruboiy bor: Iymoni aningki 
kufrig‘a sotir erur, Chin nukta demakka ul kishi qodir erur, Har kimsaki iymon 
ishida mohir erur, Iymonini bilki, otidinzohir erur. Ruboiyning to‘rtinchi misrasidagi 
“otidin” so‘zi “ontidin” bo‘lishi kerak edi. Shunda ma’no hadisga muvofiq bo‘ladi. 
Aslida bunga asos ruboiyning sarlavha qismida berilgan arabiy hikmatda aks etgan: َ 
يا
م
ا
َ
ن
لا
م
ياب
َ
فرعي َءر
م
هنا
Arabiy matndagi “aymon” ( ) 
يا
م
ا
ن
so‘zi “yamin” ya’ni qasam 
so‘zining ko‘plik shakli. Alisher Navoiy ruboiyda arabcha “qasam” so‘zining 
turkiydagi sinonimi “ont” shaklini qo‘llagan. Sarlavhadagi matnga diqqat qilmaslik 
yoki til va insho qoidalaridan oddiy bexabarlik oqibatida ruboiyning asl ma’nosi 
buzilgan. So‘fi Olloyorning “Sabotul ojizin” asari matni tabdilida ham ko‘plab 
noaniqliklarni kuzatish mumkin. Bunga dalil sifatida “Sabotul ojizin”ning 1991 
yilning yanvar oyida “Cho‘lpon” va shu yili mart oyida “Mehnat”nashriyotlarida 
chop etilgan matnlardan ayrim misollar keltiramiz. “Cho‘lpon” nashrida 
“Muhabbatsiz kishidan qochmoq bayoni” bo‘limida shunday bayt keltiriladi: Na kim 
tuzganiga tushsa bo‘lur tuz Ki andin o‘tsa necha kecha-kunduz. Baytni izohlab 
ko‘raylik: nimaiki, tuzgan yo‘liga tushib olsa, oradan qancha muddat o‘tsa ham, 


to‘g‘ri bo‘ladi. Mazmun o‘ta jo‘n. Mayli, tuzgan yo‘lga birikmasini tuzuk yo‘lga deb 
ham ko‘raylik. Baribir, ma’no ravshan emas. Sababi, birinchi misradagi tuzganiga 
so‘zi noto‘g‘ri o‘qilgan va xato nashrda aynan aks etgan. Aslida bu so‘z tuz koniga 
deb o‘qilishi kerak edi. Shunda ma’no quyidagicha bo‘ladi: nimaiki tuz koniga 
tushsa, bir necha muddat o‘tib tuzga aylanadi. Endi mazmun oydinlashdi va u 
oldingi baytda keltirilgan “yaxshilarga ergashish, yaxshilar suhbatida bo‘lish, albatta 
o‘z ta’sirini o‘tkazadi” degan ma’noning mantiqiy davomi bo‘lib ulandi. Tabiiyki, 
mazkur so‘zlarning eski o‘zbek yozuvida bir xil shaklda ifodalanishi nashrga 
tayyorlovchini chalg‘itgan. Ammo matnshunos uchun bu holat uzr sanalmaydi. 
“Mehnat” nashrida “Nafsi shum bayoni” bo‘limida keltirilgan ushbu bayt undan 
ham o‘tib tushadi: Riyozat bandig‘a berkit oyog‘in, Ko‘tarma boshidin taqvo 
tuyog‘in. Taqvo tushunchasi o‘zining asos e’tibori bilan yuksak maqomni ifodalaydi. 
Bu maqomni topgan inson qadriyati shu qadar ko‘tariladiki, oyog‘i zamindan 
uzilmasdan, nazari samolarga yetadi, yerda turib, Haqqa bog‘lanadi. Shuning uchun 
ham Qur’oni karimning avvalgi suralari, avvalgi oyatlaridanoq taqvo haqida so‘z 
boradi, bu ulug‘ Kitobning faqat taqvo egalarini to‘g‘ri yo‘lga boshlashi eslatiladi. 
Tabiiyki, taqvo tushunchasi zamiridagi bu oliy mazmun mumtoz matnlarda butun 
badiiyati bilan baland pardalarda vasf etilgan. Nahotki, bu oliy mazmunni 
hayotining dasturiga aylantirgan, umrini shu e’tiqodda kechirgan So‘fi Olloyordek 
shaxs taqvoni hayvonga o‘xshatsa, uni tuyoqli qilib tasvirlasa?! Bu na e’tiqodga, na 
badiiyat qonuniga to‘g‘ri keladi? Demak, bu yerda yo matnni ko‘chirgan kotiblardan 
yoki nashrga tayyorlovchilardan xato o‘tgan. “Mehnat” nashriyoti chop etgan 
nashrga asos bo‘lgan matnni tekshirib, shunga amin bo‘ldikki, adashish kotibdan 
emas, nashrga tayyorlovchilardan sodir bo‘lgan. Bu o‘rinda ham ayrim so‘zlarning 
shaklan o‘xshab qolish hodisasi nashrga tayyorlovchilarni chalg‘itganini kuzatish 
mumkin. Arabiy imlodagi ْ
بغايتso‘zidagi ت(t) harfidan so‘nggi unli “a” emas, “u” 
qilib o‘qilgan. Natijada xunuk xato yuz bergan. Aslida “taqvo tayog‘i” deb o‘qilishi 
kerak edi. Shunda misradan misraga uzluksiz kuchayib borgan mazmun uyg‘unligi 
to‘la saqlanadi va badiiy mantiqqa rioya qilingan bo‘ladi. Arab alifbosidagi 
matnlarni, xususan, mumtoz adabiy matnlarni joriy imloga o‘girish har tomonlama 
bilim va hamisha hushyorlik talab qiladigan o‘ta mas’uliyatli ish. Bu mehnat 
qanchalik sermashaqqat bo‘lmasin, bir so‘z ustida soatlab zahmat chekayotgan 
matnshunosga kichik bir xato qilishga ham imtiyoz bermaydi. Chunki biz kichik deb 
e’tiborga olmayotgan xato tufayli butun bir matn ma’nosiga xalal yetadi, muallif 
haqqiga, tarixiy omonatga xiyonat sodir bo‘ladi. “Sabotul ojizin”ning riyo illati 
qoralangan “Mav’iza” deb nomlangan bo‘limidagi bir bayt “Cho‘lpon” nashrida 
shunday tabdil qilingan: Agar bog‘ingda bo‘lsa gul zebosi Qachon bo‘lg‘ay 
chirog‘ingning ziyosi. Ayni bayt “Mehnat” nashrida shunday keltiriladi: Agar 
bog‘ingda bo‘lsa gul riyosi, Qachon bo‘lg‘ay chirog‘ingning ziyosi. Keyingi keltirilgan 


baytda oldingi nashrdagi xato isloh qilingan: zebo so‘zi riyoga o‘zgartirilgan. Garchi 
matn kotiblar tomonidan buzilib, zebo so‘zi riyoga aylantirilgan bo‘lsa-da, nashrga 
tayyorlovchi shakl ketidan quvmay, ma’noga e’tibor qaratishi kerak edi. Har holda 
bu xato keyingi nashrda tuzatilgan. Ammo baribir misralar aro bog‘lanish 
kuzatilmayapti. Bog‘dagi gul riyosi bilan chiroq ziyosi o‘rtasida qanday munosabat 
bor? Balki mazmunni bir amallab, izohlarni boshqa ma’nolardan qarzga olib, bu so‘
z birikmalari o‘rtasida zo‘rlab munosabat topish mumkindir. Lekin nima 
bo‘lgandayam, baytning bu holatida badiiy mantiq buzilgan. “Sabotul ojizin”ning 
bir necha qo‘lyozma va toshbosma nusxalarini sinchiklab o‘rganish natijasida 
masala oydinlashdi. Birinchi misradagi “bog‘ingda” (هدكنيغاب) сўзи, аслида 
“ёғингда” (هدكنيغاي), “гул” ( ﮔ ل ) сўзи эса, аслида “гил” ( ﮔ ل ) экан. Эътибoр 
berilsa, arab imlosidagi har ikkala shakl deyarli muvofiq. Balki shu o‘xshashlik 
kotiblarni adashishga olib kelgan. Endi misralar aro bog‘lanish tiklandi: agar 
yog‘ingda gil, ya’ni chang riyosi bo‘lsa (ilm yo‘lidagi xolis niyatingga nopoklik 
aralashsa), ilming chirog‘ining ziyosi ravshan bo‘lurmi? O‘zbek matnshunosligi 
doirasidagi qizg‘in bahslar bugun mumtoz adabiyot namunalarining joriy imloga 
tabdilidagi xatolarga bag‘ishlanishi tabiiy hol. Negaki, shu kungacha tabdil qilingan 
asarlarning birortasi (hatto ularning ilmiy-tanqidiy matni ham) har tomonlama, 
to‘la va qayta jiddiy matnshunoslik tekshiruvidan o‘tmagan. Aslida, o‘zbek 
matnshunosligining nazariy asoslari mana shu jarayonning ichida shakllanadi. 
Muayyan asar tabdili matn tarixining davomidir. Matn tarixining zamonlararo 
o‘zgarish darajasi qanchalik aniqlashsa, tabdil variantining aslga muvofiqlik darajasi 
shunchalik yuqori bo‘ladi. Demak, mumtoz adabiy merosimiz namunalarining joriy 
imloga tabdilini tanqidiy o‘rganish matnshunoslikning fundamental masalasidir. 
Adabiy meros tadqiqi va targ‘ibi yo‘lida bilib-bilmasdan sodir etilayotgan 
nuqsonlarning sababini faqatgina yetarli saviyada saboq beruvchi ustozlarning 
kamligi, shuning uchun ularni jon qulog‘i bilan tinglovchi talabalarning undan-da 
kamligi bilan izohlasak, muhim jihatni e’tibordan soqit qilgan bo‘lamiz. Muhimi, 
qadimiy manbalarni o‘rganish va o‘rgatish ishiga munosabat o‘zgarishi kerak. 
Shundagina, olimlarimiz ta’kidlagan, matnshunoslikning sistemali yaxlit nazariyasi 
va ilmiy-metodologik mezonlarini ishlab chiqish, ta’lim standartlari, o‘quv rejalarida 
birinchi blok fanlar qatorida sanaladigan “Chet tillar” tarkibiga sharq tillarini ham 
kiritish, ilmiy-tanqidiy matn tayyorlashdek zahmatni har tomonlama moddiy va 
ma’naviy rag‘batlantirish, jumhuriyat miqyosida matnshunoslik hay’atini tuzish, 
matnlarni tayyorlaydigan va chop etadigan mutaxassis hamda nashriyotlarning 
vakolatlilik darajasini belgilash kabi masalalar ga qarash jiddiylashadi. Munosabat 
jiddiylashar ekan, sohaga bevosita va bilvosita aloqador kishilar endi yuqorida 
sanalgan masalalarning amaliy yechimini “ushalmas orzu” degan gumon bilan 
emas, balki ertaga aniq yuzaga chiqadigan real vaziyat taqozosi o‘laroq qabul qiladi.


Zero, avvalgi qadam o‘ziga, aytayotgan so‘ziga ishonchdan, demakki ishontirishdan 
boshlanadi. 
Ayni 
holatda 
bildirilayotgan 
fikr-mulohaza 
va 
takliflarni 
harakatlantiradigan birlamchi kuch ham ishonchdir. Matn tiklash jarayonidagi ba’zi 
qiyin holatlar va nuqsonlar ehtimolligi sabablari. Yozma yodgorliklar matnining 
tuzuvchisi, matn qo‘lyozmalardagi xato va kamchiliklarni bartaraf etish yulida kilgan 
xarakatlari bilan bir qatorda o‘zi ham xato va kamchiliklar o‘tkazib yuborishi xech 
gap emas. Ular o‘rtasida eng ko‘p uchraydigani matnni notug‘ri o‘qish xatoliklari 
hisoblanadi. Saykaliy. «Baxrom va Gulandom», Toshkent, O‘zSSR Fan nashriyoti. — 
1960, 11— 12-betlar. // Nashr uch qo‘lyozma asosida amalga oshirilgan. «Biz R. 
Aliyevning nashrini boshka qo‘lyozmalar bilan solishtirganimizda, -deb yozadi 
tankidchi, - ayrim epizodlarning tushirilib qoldirilganligini anikladik va ularni kayta 
tiklashga xarakat qildik. Ko‘pincha, nashrda o‘qilishi kiyin bo‘lgan ayrim so‘zlarni 
boshka so‘zlar bilan almashtirish xollari ham sodir bo‘lgan. Masalan, nashrning 145-
saxifasida: Dedi: — Shabrang bobom Bahromni ko‘rgan Uzotib shahr 
chinlarga yuborg‘on.— bayti mavjud. Nashrga tayyorlovchi «sari» so‘zini o‘qishga 
qiynalib, «chinlarga» deb yuborgan, o‘qiyolmagan so‘zning o‘rniga ko‘plik 
qo‘shimchasi «lar» ni qo‘shgan. Aslida: Dedi: — Shabrang Bobong Bahromni 
ko‘rgan Uzotib shahr Chin sari yuborgan, bo‘lishi kerak edi. Bu tipdagi xatolar 
nashrning 145, 146, 147, 168, 169,170, 171, 172, 173, 174 180, 181, 182 183, 184 
saxifalarida ham ko‘plab uchraydi». (Mu’tabar Abduvoxidiva. Sobir Saykaliy 
ijodining ommalashuvi va baxolanishi tarixidan // Adabiy meros 1986/4, 30-6. b/ 
Yana bir misol tarikasida «O‘zbek tili va adabiyoti», 3/1973 -jurnalida bosilgan 
«Luqma»ni olaylik: “Bizni ushbu maqolani yozishga undagan narsa yukorida 
keltirilgan juz’iy nuqsonlar emas, balki «Kutadg‘u bilig»ning Vena (Hirot) 
nusxasining xotima kismida mavjud bo‘lgan forsiy bir ruboiyning g‘alat o‘qilishi 
hamda xato tushunish asosida noto‘g‘ri xulosa chiqarilishi bo‘ldi. O‘sha ruboiy 
kuyidagicha: تسيناج ميکدوجو شناهج دب تسين تسيعمش هکمحر شيباﺘفا تسنگل نم هدنب صاخ 
رهظمو فطل مقح هصق هچ منک نم ميوا هلمج تسنم I. Muxlisov mazkur ruboiyni quyidagicha 
o‘qiydi (tushunarli bo‘lsin uchun biz ruboiyni gazetada kanday yozilgan bo‘lsa, 
ushanday xolda keltirdik): Janisat vujudum ki jahanesh bed nest, Sham’iyat rexim ki 
aftabesh lekenest, Men bendei xas ve muzhir lutf haqqim, Qissache kunem men 
oyum o jumle munist. Muallifning bu tarzda o‘qishi natijasida, birinchidan, klassik 
forsiy til buzilgan, ikkinchidan, sufiyona ruxda yozilgan va vaxdati vujud xakidagi 
sufiyona falsafiy mazmun ifodalangan ruboiyning mantiqi yuqqa chikkan. Ushbu 
ruboiyning to‘g‘ri o‘qilishi kuyidagicha: Joniist vo‘jo‘dam ke jahonash badanast, 
Sham’iist ruham ke oftobash laganast, Man bandaye xosso‘ mazhare lutfe haqqam, 
Qissa che kunam, man uyam, o‘ jo‘mle manast. Mazmuni: Vujudim bir jondirki, 
uning jahoni badandir, Yuzim bir shamdirki, oftob uning (tagidagi) lagandir, Men 
xos banda va haqq lutfining zuhr etgan yeriman, Ta’riflab nima qilaman, men u 


(xudo) dirman, u (xudo) borligicha mendir. Ruboiyning uchinchi misrasidagi 
«xos» so‘ziga asoslanib, maqola muallifi bu ruboiyni Yusuf Xos Xojib yozgan bulishi 
mumkin, «man bandai xos»ni «men Xos Xojib», deb anglash mumkin bo‘ladi, deydi. 
Misollardan ko‘rinib turibdiki, matnshunos, ko‘pincha, asl matnni noto‘g‘ri o‘qib 
ta’naga qolar ekan. Tilni yaxshi bilmasdan turib bunday ishlarga qo‘l o‘rish kishini 
shunday nokulay axvolga solib qo‘yadi. Bunday misollarni tadqiqot va taqrizlarda
ko‘plab uchratishimiz mumkin. Bizning vazifamiz shunday «dakki»larni ko‘prok 
topib o‘qib, tegishli xulosalar chikarib olishdir. “Firdavsul iqbol”da Allohqulixonning 
vafoti munosabati bilan Ogahiy tomonidan yozilgan quyidagi ta’rix ham berilgan:
مسج ناودع ز فوخ شرهق رب وشعر با تظا دما (7717, 117а-варақ) Ushbu ta’rix 
F.G‘anixo‘jayev tomonidan tuzilgan tanqidiy matnda 19 baytdan iborat bo‘lib, 
“Ta’rixi vafoti Allohqulixon va julusi Rahimqulixon” deb nomlanadi. U Jismi aduvon 
zi xavfi qahrash, Pur ra’shai iztirob omad47. Bayoniy va Komyob matnida esa 
quyidagicha: Jismi aduvon zi xavfi qahrash, Bar ra’shavu iztirob omad.
Ma’lumki, Sharq adabiyotida sifatlarning ketma-ket sinonimini qo‘llash orqali 
voqea yoki predmetning holatini bo‘rttirib ko‘rsatish ommaviylashgan holdir. Bu 
o‘rinda ham xuddi shu holat mavjud bo‘lib, Ogahiy xonning qahridan 
dushmanlarning titroqqa kelganini “Bar ra’shavu iztirob omad” so‘zlari orqali 
bergan. Tanqidiy matnda esa, “bar” so‘zi “pur” tarzida noto‘g‘ri talqin qilingan.
Shuningdek, Sharq kitobnavisligiga xos tarzda kotiblar tomonidan “va” bog‘lovchisi 
ko‘pgina hollarda tushirib qoldiriladi. Buni kotiblar yozishni tezlashtirish maqsadida 
amalga oshirganlar. F.G‘anixo‘jayev foydalangan matnida “ra’sha” va “iztirob” 
so‘zlari aslida “va” bog‘lovchisi orqali bog‘langan bo‘lsa ham, kotib tomonidan 
bog‘lovchi tushirib qoldirilgan. Tanqidiy matnda bu hol hisobga olinmay, ikki so‘z
izofiy bog‘lovchi orqali o‘qilgan va oqibatda misra mazmuni mavhumlashib qolgan.
Shunga o‘xshash yana bir misol: Ogahiy ba fikr buda yak shab, Kaz xotifash in xitob 
omad. 
Ta’rix bar in du voqe’a go‘y, Fikri tu base savob omad. Bayoniy matnida ushbu 
ko‘rinishda ko‘chirilgan: Ogahiy, ba fikr budam imshab, Az hotifam in xitob omad: 
“Ta’rix bar in du voqe’a go‘y, Fikri tu base savob omad”. Ikkala matn qiyoslansa, 
ular “yak shab” va “imshab” so‘zlari orqali farqlanishi ko‘rinadi. Bizningcha, Bayoniy 
matni to‘g‘riroq. Chunki, unda ta’rixning aynan Allohqulixonning vafot etgan va 
Rahmonqulixonning taxtga o‘tirgan kuni go‘yoki ilohiy xabardan ilhomlanib aynan 
o‘sha kuni bitilganligi “imshab” so‘zi orqali bildirilgan. Tanqidiy matnda esa, “yak 
shab” so‘zi orqali bu aniqliq yo‘qolgan. Bayoniy matnidan ta’rixning qaysi kuni 
bitilganligini ham bilib olish mumkin. Xuddi shunday matniy farqlarning e’tiborlisi 
ta’rix moddasi chiqariladigan so‘nggi baytda bo‘lib, tanqidiy matnda: Kift az sari 
osmon go‘zashta, Mah raftayu oftob omad. Komyobda: Guft az sari osmon 
guzashta, Mah raftavu oftob omad (7717, 117 a-varaq). Bayoniyda: Guftam zi 


sari adab guzatsha: “Mah raftavu oftob omad”48. Tanqidiy matn va Komyob 
keltirgan matnga ahamiyat berilsa, ikkalasi bir manbadan olinganligi seziladi. Lekin, 
tanqidiy matnda “guft” so‘zi “kift” tarzida o‘qilib, umuman tushunarsiz holatni 
yuzaga keltirgan. Ogahiy bu bayt orqali aytmoqchi bo‘layotgan fikrida saktalik 
mavjudligini oldingi baytlar bilan mantiqiy bog‘lanmayotganligini oddiy o‘quvchi 
ham anglay oladi. Bu saktalik Bayoniy matnida bartaraf qilingan va uni tanqidiy 
matn uchun asos qilib olish o‘rinli bo‘ladi.
Gloss, kon’yektura va interpolyatsiya. Insoniyat tarixi turli soha olimlarining 
tadqiqotlari, kashfiyotlaridagi ma’lumotlar asosida davrlashtirilgan. Har bir fan 
sohasi o‘zining muayyan xususiyatlaridan kelib chiqib, bu davrlarni har xil nomlar 
bilan atagan. Albatta, qo‘yilgan nomlar fanning muammolari bilan bog‘liklikda, 
inson aqlining mahsuli bo‘lgan mantiq asosida dalillangan. Gap, bu o‘rinda, 
davrlashtirishning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligida emas. Har bir fan sohasi, u ijtimoiy-
gumanitar, tabiiy, aniq fan bo‘ladimi, o‘zining mavjudligini insoniyat tamadduni 
tarixiga qandaydir shaklda konkret munosabati bilan namoyon qiladi. Muhimi, 
mana shu konkret munosabatning aniqlik chegarasi qay darajada ekanligida. Ilm 
tabiatan aniqlikni taqozo etadi. “Ilmiy haqiqat” deb taqdim etilayotgan xulosalar 
taxmindan qanchalik xoli bo‘lsa, ilmiylik sifati shunchalik yuqori bo‘ladi. Ya’ni, ilmiy 
haqiqat taxmin tugagan joydan boshlanadi. Shunday ekan, Sharh ilmi ildizini “antik 
davr mutafakkirlari” deb atalmish Suqrot, Aflotun, Arastu, Hiraqlid yoki Xitoy 
faylasuflari Konfutsiy, Lao Szilarga nisbat berilgan so‘zlar yoxud “Avesto”, Vedalar, 
Upanshidalar, shuningdek, Rim notiqlik san’ati namoyondalari Sitseron, Mark 
Avreliy, Tatsit, Tit Liviylarning faoliyati bilangina bog‘lab qo‘yilsa, yuqorida 
ta’kidlangan ilmiylik mezoni buziladi. Sharh ilmining fundamental asosi ilohiy kalom 
– Qur’oni karim nuzuli jarayonida shakllandi. Bu muqaddas Kitobning qanday nozil 
bo‘lgan bo‘lsa, shundayligicha bitta harfi ham o‘zgarmasdan saqlanib kelayotgani 
Payg‘ambar zamonidan to bugungacha uzluksiz silsila bilan bog‘langan tarixiy 
hujjatlarda to‘la aks etgan. Tarixiy hujjatlarning ishonchliligi rad qilib bo‘lmas ilmiy 
dalillar bilan isbotlangan. Har bir oyatning nozil bo‘lish o‘rni, vaqti, sababi insoniyat 
tarixida hayotining barcha jihatlari eng kichik nuqtalarigacha to‘la qayd etib 
borilgan yagona shaxs Muhammad alayhissalomning hadislari orqali o‘ta aniqlik va 
butun tafsilotlari bilan o‘rganilgan. Buyuk vatandoshimiz, muhaddislar imomi 
Muhammad ibn Ismoil Buxoriy 600 ming hadis to‘plagan. Hadislarni jamlashda 
to‘qson ming kishi huzurida bo‘lgan. Ushbu hadislar ichidan saralangan 7 mingdan 
ortiq sahih hadisni o‘n olti yilda yozib tugatgan mashhur عماجلا حيحصلا (“Sahih 
hadislar to‘plami”) kitobiga kiritgan. Savol tug‘iladi: nima uchun shuncha yillik 
mehnat bilan to‘plangan 600 ming hadis ichidan faqat 7 ming hadisgina kitobga 
kirdi? Sababi, qonuniy ravishda Qur’onning sharhi maqomida e’tirof etilgan manba 
– hadislar har qanday shubhadan, taxminlardan batamom xoli bo‘lsin. Zero, har bir 


fan sohasida qo‘yilgan bosh masalaning yechimlari Qur’onda va hadislarda bevosita 
yoki bilvosita mavjud ekan, tafsir, hadis, aqida, fiqh, usuli fiqh, siyrat ilmi bilan 
shug‘ullanuvchi olimlar o‘rganilayotgan mavzularga nihoyatda mas’uliyat bilan 
yondashishga majburdir. Olimlar bu majburiyatni muvaffaqiyat bilan uddalaganiga 
tarix guvoh. Jahon fani olamida erishilgan yutuqlarga nazar solib, 1400 yillik tarixga 
ega islomiy ilmlar ko‘plab cho‘qqilarni zabt etganini ko‘rish mumkin. Tibbiyot, 
falakiyot, matematika, geometriya, fizika, kimyo qator fan sohalarida Yevropa 
uchun inqilobiy taraqqiyot yo‘llarini Sharq tafakkuri ochib bergani bugun ayon 
haqiqat. Ammo filologiya sohasida ham yutuqlar uchun sharoit Sharqdan 
boshlangani tor doiradagi mutaxassislar uchun ham ma’lum emas. Sharqda 
ijtimoiy-gumanitar fanlarning kelib chiqishi Qur’on karim va uni o‘rganish bilan 
bog‘liq. Statistika sohasida qo‘yilgan birinchi qadamlar ham ulug‘ Kitob matnini 
yig‘ib, mus’haf holiga keltirish jarayonida amalga oshdi. Qur’on avval surama-sura, 
oyatma-oyat yig‘ib tartibga solingach, so‘zlar soni, hatto harflar miqdorigacha aniq 
hisobga olingan. Yig‘ilgan suralar matnlari va tartibini o‘rganish hozirgi kunda 
matnshunoslik deb atalmish ilmning mukammal tamoyilini, dastavval, islom kelgan 
davrdayoq yuzaga chiqargan edi. Shu jarayonning o‘zida bir guruh olimlar fonetika 
ilmiga asos solishdi. Sharqda bu ilm hanuzgacha ilmi tajvid nomi bilan atalmoqda. 
Ilmi tajvid olimlari Qur’oni karim matni asosida arab tili fonetikasini batafsil bayon 
qilib berganlar. Natijada, bu ilmni o‘zlashtirgan yevropalik olimlar uchun ilmi 
tajvidda mavjud fonetik hodisalarni tushuntiruvchi qonuniyatlarni o‘z tillariga 
tatbiq qilish va ularni o‘zlariga tushunarli atamalar bilan nomlashdan iborat 
vazifagina qolgan. Leksikografiya va leksikologiyaning Yevropadagi ravnaqi ham 
Qur’onni o‘rganishdan orttirilgan bilim va tajribalarni o‘zlashtirishdan boshlangan. 
Holbuki, lug‘atlarga hozirgi kun nuqtai nazaridan qo‘yiladigan talablar arab 
leksikografiyasida bundan ming yil ilgari ham bor edi. Ya’ni, Qur’on uchun tuzilgan 
lug‘atlar X asrdan boshlab izohli va ikki tilli lug‘atlar uchun zamin yaratish bilan 
birga, hozirgi kunda, deyarli barcha tillarning lug‘atlarini tuzish uchun zarur bo‘lgan 
leksikografik usullarga asos bo‘ldi. Bu dalillarni keltirishimizdan maqsad, Qur’oni 
karimni ko‘klarga ko‘tarish va shu yo‘l bilan uning qadrini oshirish emas. Zero, u 
insonning bunday yordamiga muhtoj ham emas. Balki aytmoqchimizki, barcha 
fanlar sohasidagi izlanishlar har qanday taxminu gipotezalardan mutloq xoli ekani 
ilm ahli tomonidan to‘la tan olingan mustahkam ilmiy asosga qurilsagina, tom 
ma’noda haq qaror topadi. Ilohiy Kalom shunday ishonchli manba bo‘lgani uchun 
ham uning haqiqatidan ilhomlangan olimlar natijalar ketidan natijalarga erishdilar. 
Olamga, odamga munosabatda paydo bo‘lgan sog‘lom ilmiy mezon tufayli to 
bugungacha ulkan kashfiyotlar davri davom etmoqda. Xullas, mana shu ilmiy 
mezonga ko‘ra sharh ilmining vujudga kelishi, shakllanishi, mustaqil ilm sifatida 
barqarorlashuvi hodisalarini Islomdan keyingi davr bazasida o‘rganish maqsad 


qilindi. Sh.Jabborov o‘zining “Germenevtika – tushuntirish ilmi”kitobida aytadi: 
“XVIIIXIX asrlarda nemis olimlari tomonidan fan sifatida tafakkur maydoniga 
tashlangan falsafiy germenevtika boshqa ko‘rinishda azaldan Sharqda ham mavjud 
bo‘lgan bilish, tushunish, sharhlash va izohlash bilan bog‘liq ta’limotdir. 
Germenevtika metodi bilan G‘arbda Injil matnlarini izohlaganlaridek, bizda ham 
Qur’oni karim oyatlarini tafsir va ta’vil qiladigan, hadisi sharif ma’nolarini 
izohlaydigan, mutafakkir ajdodlarimizning asarlarini sharhlaydigan mufassirlar, 
muhaddislar, faqihlar ilmi azaldan shakllanib, rivojlanib kelgan”. 
Qo‘lyozma hoshiyasining matnshunoslik tadqiqida muhim ahamiyatga ega ekaniga 
bir misol:1940 yili Sadriddin Ayniy “Hamsa”ning tanlanma nusxasini tuzib chiqadi. 
Sadriddin Ayniy bu kitobni tanlanma nusxa deb ataydi va nashr xususida shunday 
yozadi: “Alisher Navoiyning “Hamsa”sida 50 ming misradan ortiq she’r bor. Keng 
o‘quvchilar ommasi uchun uni bir butun holda tezda egallab olish ancha og‘ir 
bo‘ladi. Shuning uchun men bu qiyinchiliklarni nazarga olib, Navoiy yubiley 
komitetining topshirig‘i bilan qo‘lingizdagi bu tanlanma nusxani vujudga keltirdim. 
Bu nusxani tartibga solishda har bir doston va bo‘limlardan xarakterli bo‘lgan 
parcha va misralarni terib oldim. Ammo har bir doston va boblarning ayrim 
tashlangan parcha va misralarning mazmunini bayon qildim. San’atkorona 
ishlangan, lekin u san’at oddiy o‘quvchilarning ko‘ziga ilinmay qoladigan, tushunishi 
qiyinroq bo‘lgan misra va baytlarni va shuningdek, Navoiyning shaxsiy hayotiga, 
yoki zamondoshlariga oid bo‘lgan joylarni izohlab o‘tdim. Ba’zi parcha va 
hikoyalarni tuzilishlari va ulardagi qahramonlar to‘g‘risidagi o‘z fikrimni ham bet 
ostida bayon qildim”. A. Hayitmetov ta’kidlaganidek, S. Ayniy “Hamsa” dostonlari 
matnlarini izohlash, ularga lug‘atlar tuzish, ulardagi she’riy san’atlarni o‘rganish, 
tushunilishi qiyin bo‘lgan baytlarni soddalashtirib berish kabi masalalar ustida ko‘p 
ilmiy izlanishlarni olib bordi . Mazkur ish ilmiy qimmati, Navoiy adabiy merosini 
ko‘psonli she’riyat muxlislari o‘rtasida targ‘ib etish yo‘lidagi ahamiyati va 
matnshunoslik ishlari bajarilish saviyasi nuqtai nazaridan chinakamiga salmoqlidir.
S. Ayniy tomonidan tayyorlangan “Hamsa” asari tanlanma nusxasi xususida B. 
Valixo‘jayev va R. Vohidov quyidagi fikrlarni bildirishadi: “Sadriddin Ayniy bu katta 
va mas’uliyatli ish jarayonida “Hamsa” dostonlari mazmuni va asosiy syujet 
chizig‘ini saqlab qolishga harakat qilgan. Shuningdek, u obrazlar xarakterini 
gavdalantirib ko‘rsatuvchi, ularning orzu-intilishlarini aks ettirgan satrlarni aynan 
saqlab qoladi. Sadriddin Ayniy tomonidan qo‘llangan bu usul xalq og‘zaki ijodi 
dostonlarini xotirga keltiradi. Eslatilgan xususiyat birinchi galda “Hamsa” tarkibidagi 
dostonlarning nazmu nasr qorishmasida berilishida ko‘rinadi”.“Hamsa” 
hoshiyalarida Sadriddin Ayniy tomonidan berilgan va buyuk shoir badiiy mahoratini 
ochishga xizmat qiladigan izohlar chuqur ilmiyligi bilan ham diqqatga molikdir.



Download 0.55 Mb.




Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qoʻlyozma manbalar: matn tarixi. Matn tarixi tushunchasi. Reja

Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish