• Ispring dasturi va uning imkoniyatlari.
  • Qo’qon davlat pedagogika instituti 503-guruh talabasi Umarova Malikaning Pegagogik dasturiy vosiyalar fanidan iSpring dasturida nazorat testlarini yaratish mavzusi bo’yicha tayorlagan taqdimoti




    Download 2,04 Mb.
    bet1/3
    Sana05.02.2024
    Hajmi2,04 Mb.
    #151398
      1   2   3
    Bog'liq
    503-guruh Umarova M PDV mustaqil ishi

    Qo’qon davlat pedagogika instituti 503-guruh talabasi Umarova Malikaning Pegagogik dasturiy vosiyalar fanidan iSpring dasturida nazorat testlarini yaratish mavzusi bo’yicha tayorlagan taqdimoti

    Mavzu: iSpring dasturida nazorat testlarini yaratish

    Reja

    • Ispring dasturi va uning imkoniyatlari.
    • iSpring dasturida nazorat testlarini yaratish

    Ispring dasturi va uning imkoniyatlari.

    Hozirgi vaqtda internet texnologiyalarining rivojlanishi va o‘z navbatida, masofali ta’lim turining paydo bo‘lishi natijasida taqdimot fayllarini internet brauzerining o‘zida onlayn ravishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rish uchun flash (swf) formatida yoki HTML 5 texnologiyasi asosida yaratilgan fayl bo‘lishi kerak. Hozirga kelib, PowerPoint dasturida tayyorlangan taqdimotdan flash-rolik shakllantirish imkoniyatini beruvchi dasturlar yaratilgan. Mahsulot iSpring deb nomlanadi va iSpring QuizMarker, iSpring PRO va iSpring Kinetics kabi variantlarga ega.

    Ispring dasturi va uning imkoniyatlari.

    Mustaqil ekspertlarning fikriga ko‘ra, bugungi kunda mazkur mahsulot tezligi, bir formatdan boshqa formatga konvertatsiyalash sifati va optsiyalar soniga ko‘ra eng yaxshilaridan biri hisoblanadi. iSpring nafaqat flash-taqdimotlarni yaratishga, balki ta’lim jarayonida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan roliklar tayyorlashda, xususan, ularga turli shakldagi so‘rovlar, elektron testlarni ham kiritgan holda o‘zaro interaktiv bog‘lanish imkoniyatini ham beradi. iSpring Suite – bu PowerPoint dasturida elektron o‘quv kurslarini yaratuvchi professional vosita hisoblanadi. iSpring dasturi yordamida foydalanuvchi bir nechta bosqichdagi o‘quv kurslarini yaratishi va nashr qildirishi mumkin: a) Power Point- taqdimotlar bazasida o‘quv kurslarini yaratish; b) Audio va video fayllarni birlashritish; c) Interaktiv testlar yaratish; d) Interaktiv bloklar yaratish; e) Masofaviy ta’lim tizimi uchun ma’lumotlar tayyorlash.

    iSpring dasturida nazorat testlarini yaratish

    • Kompyuter yordamida onlayn taqdimotlar va elektron o‘quv kurslarini yaratuvchi zamonaviy dasturlardan biri iSpring Suite dasturlar to‘plamidir. iSpring Suite dasturlar paketiga iSpring Pro, iSpring QuizMaker, iSpring Kinetics jamlangan. Ular yordamida audio, video, interaktiv elementlar va testlar bilan boyitilgan onlayn taqdimot materiallari va o‘quv kurslari, har xil so‘rovnomalar, anketalar, interaktiv testlar kabi bir qancha elektron nashrlar tashkil etish imkoniyati mavjud.
    • Bu dasturlardan iSpring QuizMaker dasturi audio, video fayllar, tasvir va formulalar yordamida interaktiv testlar va anketalar yaratadi. Interaktiv testlarni iSpring QuizMaker dasturi yordamida tuzish uchun kompyuterga iSpring Suite dasturi bilan Adobe Flash (operatsion tizim razryadiga ko‘ra 32 va 64 bitli) dasturi o‘rnatilishi talab etiladi. Dastur o‘rnatib bo‘lingach Pusk menyusidan “Все программы” bo‘limida iSpring Suite tanlanadi va natijada oyna paydo bo‘ladi.

    ISpring modulining ilk interfeysi dastur boshqa elektron testlar yaratish dasturlaridan quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi:
    dasturning ishchi fayli ixtiyoriy kompyuterga ko‘chirib qo‘yilishi va ishlashi mumkin;
    juda kam amallar ketma ketligi bajariladi;
    maxsus bilimlar talab etilmaydi;
    testlarning 11 xil turini yaratish mumkin;
    test savollari va javoblariga rasm, formula va video joylashtirish mumkin;
    test natijalari to‘g‘ridan to‘g‘ri elektron pochtaga jo’natiladi;
    dastur litsenziyaga ega va ochiq kalitli ekanligi.
    Kompyuterga Ispring Suite dasturlar paketi o‘rnatilgach, Ispring Quiz maker bloki yordamida elektron testlar tuzish imkoniyati mavjud.

    Download 2,04 Mb.
      1   2   3




    Download 2,04 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qo’qon davlat pedagogika instituti 503-guruh talabasi Umarova Malikaning Pegagogik dasturiy vosiyalar fanidan iSpring dasturida nazorat testlarini yaratish mavzusi bo’yicha tayorlagan taqdimoti

    Download 2,04 Mb.