• REFARATI Fan oqituvchisi: Aminova M Globallashuvning dunyo iqtisodiy tizimiga tasiri Reja Kirish 1.Globallashuv haqida
  • Kirish. 1.Globallashuv haqida Globallashuv
  • Qo’qon davlat pedagogika instituti tarix fakulteti milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo’nalishi 301-guruh talabasi nurullayev nurmuhammadning




    Download 28.61 Kb.
    bet1/4
    Sana04.04.2024
    Hajmi28.61 Kb.
    #187563
      1   2   3   4
    Bog'liq
    Globallashuvning dunyo iqtisodiy tizimiga ta\'siri
    Tavsifnoma xulqi og\'ishgan, 5 mavzu. Jamiyat yaxlit tizim sifatida Reja-fayllar.org, 1

    QO’QON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI TARIX FAKULTETI MILLIY G’OYA, MA’NAVIYAT ASOSLARI VA HUQUQ TA’LIMI YO’NALISHI 301-GURUH TALABASI NURULLAYEV NURMUHAMMADNING GLOBALLASHUV ASOSLARI FANIDAN "GLOBALLASHUVNING DUNYO IQTISODIY TIZIMIGA TA’SIRI" MAVZUSIDA TAYYORLAGAN
    REFARATI
    Fan o'qituvchisi: Aminova M
    Globallashuvning dunyo iqtisodiy tizimiga ta'siri
    Reja
    Kirish
    1.Globallashuv haqida
    2. Globallashuvning dunyo iqtisodiy tizimiga ta'siri

    3. Globallashuvning O‘zbekiston iqtisodiyotiga ta'siri


    Xulosa
    Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati


    Kirish. 1.Globallashuv haqida
    Globallashuv – bu butun dunyo boʻylab iqtisodiy, siyosiy, madaniy va diniy integratsiya va birlashish jarayonidir[1].
    Globallashuv – bu xalqaro mehnat taqsimoti, iqtisodiy va siyosiy munosabatlar tizimi orqali bir-biri bilan bogʻlangan milliy iqtisodiyotlar majmui sifatida tushuniladigan, jahon iqtisodiyoti tarkibini oʻzgartirish jarayonlarining oʻziga xos xususiyatlaridan biridir. Transmilliylashtirish va mintaqaviylashtirish asosida iqtisodiyotning chambarchas bogʻliqligi hisoblanadi. Shu asosida yagona jahon tarmogʻi, bozor iqtisodiyoti, geoiqtisodiyot va uning infratuzilmalari shakllanmoqda, koʻp asrlar davomida xalqaro munosabatlarning asosiy xarakteri boʻlib kelgan davlat suvereniteti[2] taʼsirining pasayishi sodir boʻlmoqda. Globallashuv jarayoni bu davlat tomonidan shakllantirilgan bozor tizimlari evolyutsiyasining natijasidir[3].
    Buning asosiy natijasi – global mehnat taqsimoti, kapital, mehnat, ishlab chiqarish resurslarining dunyoviy miqyosdagi migratsiyasi (shuningdek, qoida tariqasida, kontsentratsiya), qonunchilikni, iqtisodiy va texnologik jarayonlarni standartlashtirish, shuningdek, turli mamlakatlar madaniyati bir-biriga yaqinlashishi hamda birlashishidir. Globallashuv tizimli xususiyatga ega, yaʼni jamiyat hayotining barcha sohalarini qamrab oluvchi obyektiv jarayondir. Globallashuv natijasida dunyo oʻzining barcha subyektlari bilan bogʻlanib, tobe boʻlib bormoqda. Bir guruh davlatlar uchun umumiy boʻlgan muammolar sonining koʻpayishi va birlashtiruvchi subyektlarning soni va turlarining kengayishi mavjud[4].
    Globallashuvning kelib chiqishi haqidagi qarashlar doimo munozarali boʻlib kelgan. Tarixchilar bu jarayonni kapitalizmning rivojlanish bosqichlaridan biri deb hisoblaydilar. Iqtisodchilar bu jarayonni moliya bozorlarining transmilliylashuvidan ekanligini taʼkidlab kelishmoqda. Siyosatshunoslar demokratik tashkilotlarning keng tarqalishiga urgʻu berishadi. Madaniyatshunoslar globallashuvning namoyon boʻlishini madaniyatning gʻarbiylashuvi, jumladan, Amerika iqtisodiy ekspansiyasi bilan bogʻlashadi. Globallashuv jarayonlarini tushuntirishda axborot texnologiyalari yondashuvlari mavjud. Siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy globallashuv bir-biridan farq qiladi. Mintaqaviylashtirish globallashuv subyekti boʻlib, texnologik va iqtisodiy rivojlanishning jahon qutblarini shakllantirishda kuchli kumulyativ samara beradi[5].
    Shu bilan birga, „globallashuv“ soʻzining kelib chiqishining oʻzi shuni koʻrsatadiki, bu jarayonda yetakchi rolni maʼlum tarixiy bosqichlarda sodir boʻlgan xalqaro savdoning jadal oʻsishi egallaydi. Birinchi marta „globallashuv“ soʻzini („jiddiy xalqaro savdo“ degan maʼnoni anglatadi) 1850-yillarning oxirida Fridrix Engelsga yozgan maktublaridan birida Karl Marks ishlatgan. deb yozgan edi: „Endi jahon bozori haqiqatan ham mavjud. Kaliforniya va Yaponiyaning jahon bozoriga chiqishi bilan globallashuv amalga oshdi“[6]. Globallashuv jarayonlarida xalqaro savdoning xuddi shunday yetakchi roli, Marks davrida boshlangan oldingi globallashuv 1930-yillarda, barcha rivojlangan davlatlar qattiq protektsionizm siyosatiga oʻtgandan soʻng yakunlanganidan dalolat beradi. xalqaro savdoning keskin qisqarishi
    Jahon iqtisodiyotida ro‘y berayotgan globallashuv va so‘nggi kuzatuvlar asosida shunday xulosaga kelish mumkinki, xalqaro savdo, moliya, kapital va kreditlar hamda axborot oqimi, shuningdek, integratsiyalashgan bozorlarning kengayishi va tobora chuqurlashi yuz bermoqda. So‘nggi vaqtlarda Jahon Savdo Tashkiloti (JST), YevroOsiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) haqida, unga mamlakatimizni qo‘shilish qo‘shilmaslik masalalari, umuman olganda xalqaro iqtisodiy integratsiyalarning foyda va zararlari xususida turlicha qarashlar paydo bo‘ldi. Ta’kidlash lozimki, jahon iqtisodiyotida ro‘y berayotgan globallashuv va so‘nggi kuzatuvlar asosida shunday xulosaga kelish mumkinki, xalqaro savdo, moliya, kapital va kreditlar hamda axborot oqimi, shuningdek, integratsiyalashgan bozorlarning kengayishi va tobora chuqurlashi yuz bermoqda. Iqtisodiy globallashuv – bu tarixiy jarayon bo‘lib, inson kashfiyotlari va texnologik taraqqiyotning natijasidir. U jahon iqtisodiyotida integratsiyalashuv jarayonlarining jadallik bilan o‘sib borishini (xususan, savdo va kapital oqimlari orqali) anglatadi. Bu tushuncha ba’zan insonlar (ishchi kuchi) va ilm-fanning (texnologiya) xalqaro hududlar bo‘ylab harakatini ifodalashda ham ishlatiladi. Bundan tashqari, globallashuv tushunchasi keng madaniy, siyosiy va iqtisodiy holat bilan bog‘liq o‘lchovlarni ham qamrab oladi. Bu tushunchaning ishlatilishi XX asrning 80- yillarida ommaviy tus olgan bo‘lib, u o‘zida xalqaro o‘tkazmalarni amalga oshirishni soddalashtiruvchi va tezlashtiruvchi texnologik imkoniyatlarni aks ettirgan. U inson iqtisodiy faoliyatining turli darajalarida asrlar davomida amal qilib kelgan o‘sha bozor kuchlarining[1] milliy chegaralarni e’tiborga olmay uzluksiz kengayishini anglatadi.
    Bozorlar raqobat va ishchi kuchining ixtisoslashuvi orqali samaradorlikni rag‘batlantiradi, ya’ni insoniyat imkon qadar samaradorlikka intiladi. Global bozorlar insoniyatga jahon bo‘ylab ko‘proq va kattaroq bozorlardan foydalanish borasida kengroq imkoniyatlarni taqdim etadi. Bu shuni anglatadiki, ular yanada ko‘proq kapital oqimi, texnologiya, arzon import va yirik eksport bozorlariga kirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Lekin bozorlar samaradorlikning oshishidan ko‘riladigan manfaatlarni barcha uchun teng taqsimlanishini kafolatlay olmaydi.
    Globallashuv kechagina sodir bo‘lgan voqelik emas. Ba’zi tahlilchilar jahon iqtisodiyoti 100 yillar oldin ham bugungi kundagidek globallashganligini e’tirof etadilar. XIX asr oxirlariga kelib, milliy daromad tarkibidagi tashqi savdo oqimining ulushi deyarli bugungi kundagidek edi, zero, kapital, transferlar nisbatan yirikroq, insonlarning ko‘chib o‘tishi darajasi immigratsiyaga to‘siqlarning mavjudligiga qaramay bugungi kunga nisbatan yuqoriroq bo‘lgan. Lekin shuni tan olishimiz kerakki, bugungi kunda tijorat va moliyaviy xizmatlar avvalgi davrdagiga nisbatan ancha taraqqiy etgan va chuqur integratsiyalashgan. Jahon iqtisodiyotidagi globallashuv jarayoni hozirgi bosqichining asosiy farqli xususiyati zamonaviy elektron kommunikatsiyalari tufayli moliya bozorlarining yanada integratsiyalashganligidir. Globallashuv XX asrning oxirgi o‘n yilligida hukmron kuchga aylandi va o‘ziga xos yangi xususiyatlar kasb etdi:
    Ayni paytda, kapital oqimi ustidan nazorat qilishga barham berilmoqda, xususan, Bretton Vuds qat’iy valyuta kursi tizimiga 1971 yillarda nuqta qo‘yilgach, yetakchi valyutalar erkin suzish rejimiga o‘tdi, Yaponiya, Daniya, Ispaniya kabi yetakchi davlatlarda kapitallarning harakati bo‘yicha mavjud cheklovlar to‘liq bekor qilindi.
    Umuman olganda, globallashuv xususiy sektorlar va hukumatlarni xalqaro raqobatga chorlovchi global iqtisodiy integratsiyalashuvni texnologik va siyosiy jihatdan harakatlantiruvchi jarayon hisoblanadi.

    Download 28.61 Kb.
      1   2   3   4




    Download 28.61 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qo’qon davlat pedagogika instituti tarix fakulteti milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo’nalishi 301-guruh talabasi nurullayev nurmuhammadning

    Download 28.61 Kb.