|
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDAGI KORXONALAR TO‘G‘RISIDA
|
bet | 6/7 | Sana | 13.12.2023 | Hajmi | 2,72 Mb. | | #117706 |
Bog'liq MirkamolO‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDAGI KORXONALAR TO‘G‘RISIDA - Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 15-dekabrdagi 175-II-sonli “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrimlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
- LexUZ sharhi
- O‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 30-sentabr 364-XII-son “O‘zbekiston SSR Konstitutsiyasi (Asosiy Qonuni)ga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq mazkur Qonunning nomidagi “O‘zbekiston SSR” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi” degan so‘zlar bilan almashtirilgan.
- Ushbu Qonun mulkchilikning barcha shakliga mansub korxonalarni barpo etishning, ular faoliyatining, ularni qayta tashkil etish va tugatishning umumiy huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy asoslarini belgilab beradi.
- Qonun foyda (daromad) olishni ko‘zlab ish olib boradigan korxonalarning mustaqilligini ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, ularning huquqlari va mas’uliyatini belgilaydi, boshqa korxonalar va tashkilotlar, davlat hokimiyati va boshqaruv idoralari bilan munosabatlarini tartibga solib turadi.
- (muqaddima O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 862-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 246-modda)
- BO‘LIM. UMUMIY QOIDALAR
- 1-modda. Korxona va uning asosiy vazifalari
- 1. Huquqiy shaxs huquqiga ega bo‘lgan, mulkchilik huquqi yoki xo‘jalikni to‘la yuritish huquqi bo‘yicha o‘ziga qarashli mol-mulkdan foydalanish asosida mahsulot ishlab chiqaradigan va sotadigan yoki mahsulotni ayirboshlaydigan, ishlarni bajaradigan, xizmat ko‘rsatadigan, bellashuv hamda mulkchilikning barcha shakllari teng huquqliligi sharoitida amaldagi qonunlarga muvofiq o‘z faoliyatini ro‘yobga chiqaradigan mustaqil xo‘jalik yurituvchi subyekt korxona hisoblanadi.
- 2. Korxonaning faoliyati maqsadlarini ro‘yobga chiqarishga o‘z mahsuloti, ishlari va xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojlarini qanoatlantirish hamda ana shu asosda mehnat jamoasi a’zolarining ijtimoiy va iqtisodiy manfaatlarini hamda korxona mol-mulki egasining manfaatlarini ta’minlash yo‘li bilan erishiladi.
- Oldingi tahrirga qarang.
- 3. Korxona xo‘jalik faoliyatining har qanday turlarini, agar ular O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida taqiqlab qo‘yilgan bo‘lmasa va korxona Ustavida ko‘zda tutilgan maqsadlar va vazifalariga muvofiq kelsa, amalga oshirish huquqiga ega.
- (1-moddaning 3-bandi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 862-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 246-modda)
|
| |