|
Foizlarni hisoblash tartibiBog'liq Qulay onlayn ofertasi3. Foizlarni hisoblash tartibi
3.1
Omonat bo‘yicha foizlar 2004-yil 30-yanvardagi 1306-son “Tijorat banklarida foizlarni
hisoblash to‘g‘risidagi Nizom”ga muvofiq har kuni hisoblab chiqiladi. Shu bilan birga, 365 kun
bir yildagi taxminiy kunlar soni sifatida qabul qilinadi.
3.2
Omonat summasi bo'yicha foizlar bank tomonidan kelib tushgan kundan keyingi kundan
boshlab, uni Omonatchiga qaytarish yoki boshqa sabablarga ko'ra Omonatchining hisobvarag'idan
yechib olishdan oldingi kungacha hisoblanadi. Agar omonatchi omonatni ish kuni yopilganidan
keyin yoki ishlamaydigan kunda ochgan bo‘lsa, bank tizimi ochilish operatsiyasini keyingi bank
ish kunida qayd etadi, bunda Omonat summasi bo‘yicha foizlar aks ettirilgan kundan keyingi
kundan boshlab hisoblanadi.
3.3
O‘zbekiston Respublikasi soliq qonunchiligining (30, 366 va 382-moddalar) talablariga
muvofiq, soliq rezidenti maqomiga ega bo‘lmagan O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari –
Bank omonatchilardan to'lovlar manbai bo`yicha soliq to’lovlarini depozit bo'yicha to'langan
foizlar (daromadlar) summasidan keyinchalik byudjetga o'tkazish yo’li bilan amalga oshiradi.
3.4
Asosiy qarz qisman muddatidan oldin yechib olingan taqdirda, qisman yechib olingan
kundan boshlab, Omonat bo‘yicha foiz stavkasi o‘zgarmagan holda, omonatning haqiqiy
qoldig‘idan foizlar undiriladi.
3.5
Depozitlar bo'yicha amalga oshirilgan operatsiyalar bankning ochiq ish kuni bilan bir
kunda Bank balansida aks ettiriladi. Bankning ish kuni yopilgandan keyin amalga oshirilgan
operatsiyalar keyingi ish kunida yoki ishlamaydigan/dam olish kunlarida bank balansida aks
ettiriladi, ishlanmaydigan kundan keyingi birinchi ish bank kunida bank balansida aks ettiriladi.
Bunda Bank tomonidan Omonat qabul qilingan sana yoki Omonatdan mablag‘lar o‘tkazilgan kun
MBX tizimida amaldagi operatsiya sanasi hisoblanadi.
3.6
Omonat muddatidan oldin to`liq qaytarilgan taqdirda, Omonatchiga Omonatning haqiqiy
summasi va Omonatning amaldagi muddati uchun hisoblangan foizlar to'lanadi.
|
| |