5.3.2. Omonatchining mobil telefoni uchinchi shaxslarga o‘tib ketgan hollarda boshqa shaxslar
tomonidan masofaviy bank tizimi orqali amalga oshirilgan ruxsatsiz operatsiyalar.
5.3.3. Omonatchi tomonidan MBX tizimiga kirish uchun login va parolni boshqa shaxslarga
oshkor qilish (tarqatish);
5.3.4. MBX tizimidagi omonatchi shaxsiy kabinetiga ruxsatsiz kirish natijasida yetkazilgan
moliyaviy va/yoki har
qanday zarar;
5.3.5. Omonatchining beparvoligi, extiyotsizlig, harakatlari yoki
harakatsizligi natijasida
omonatchining har qanday moliyaviy yo'qotishlariga olib kelgan/yetkazib beradigan uchinchi
shaxslar tomonidan amalga oshirilgan operatsiyalarda;
5.3.6. Omonatchi MBX tizimining login/parolini
oshkor qilish, omonatchining mobil telefon
raqamidan, boshqa shaxslardan foydalanish va MBX tizimiga ruxsatsiz kirishning barcha holatlari
haqida yozma ariza topshirgunga qadar omonat bo'yicha ruxsatsiz operatsiyalar
5.4. Tegishli munosabatlarni tartibga soluvchi qonun yoki boshqa hujjatning amal qilishini
to‘xtatib turish munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi
Hukumatining qarori asosida
majburiyatlarning bajarilishi kechiktirilganligi (moratoriy) sabab tomonlar, agar fors-major
holatlari, ya'ni tabiiy sharoitlar tufayli favqulodda va muqarrar holatlar
tufayli tegishli tarzda
bajarish imkonsiz bo'lib qolsa, ushbu Oferta bo'yicha majburiyatlarni to'liq yoki qisman
bajarmaganlik uchun javobgarlikdan ozod qilinadi.