4.3.6. hisobvaraqlarga noto‘g‘ri kiritilgan va/yoki hisobvaraqlardan chiqim qilingan mablag‘lar
aniqlangan
taqdirda, bu haqda darhol bankka xabar berish va hisobvaraqlardan tadbirkorlik
faoliyati bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshirish uchun foydalanmaslik.
4.3.7. hisobvaraq harakati bo‘yicha bank operatsiyalari bilan bog‘liq
amaliyotlar uchun bank
tariflarida nazarda tutilgan komissiyalarni to‘lash;
4.3.8. Omonat pul mablag'larini MBX tizimi orqali to'g'ridan-to'g'ri Omonatchi tomonidan tasarruf
etish huquqini beruvchi ma'lumotlarning (login, parol, PIN kodlar) maxfiyligini ta'minlash va
ularni uchinchi shaxslarga bermaslik;
4.3.9. o‘z login va paroliga ruxsatsiz kirish va/yoki xavfsizlik buzilishi holatlari to‘g‘risida
Bankning Kontakt markazi/filialiga yoki MBX tizimini qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat
qilib,
darhol Bankni xabardor qilish;
4.3.10. o‘z manzili, familiyasi, ismi yoki otasining ismi o‘zgarganligi, shaxsini tasdiqlovchi hujjat
va telefon raqami, shu jumladan mobil telefoni almashtirilganligi to‘g‘risida
yozma ravishda
Bankni xabardor qilishi.
4.4. Omonatchi huquqlari:
4.4.1. pul mablag'larini Omonatga kiritilganidan so'ng, belgilangan tartibda Bank tasdig`ini olish;
4.4.2. SMS-xabarlar va/yoki masofaviy bank tizimi (Bankning mobil ilovasi,
shuningdek,
Bankning rasmiy veb-sayti – www.tengebank.uz)da joylashtirilgan shaxsiy kabinet orqali Depozit
operatsiyalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish;
4.4.3. depozit hisobvarag‘i bo‘yicha ko‘chirmalarni belgilangan tartibda olish;
4.4.4. Omonatni shaxsan tasarruf etish yoki O‘zbekiston Respublikasi
qonunchiligiga muvofiq
uchinchi shaxslarga omonatni tasarruf etish huquqini berish..3. depozit hisobvarag‘i bo‘yicha
ko‘chirmalarni belgilangan tartibda olish;
4.4.5. Omonatchining O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga
muvofiq boshqa
huquqlaridan foydalanish.
4.4.6. Omonat summasi va to'langan foizlarni erkin tasarruf etish;
4.4.7. Omonat summasini uning muddati tugagandan so‘ng, shuningdek,
ushbu Ofertada
belgilangan tartibda muddatidan oldin talab qilish.