|
Qurilish fizikasi fanidan kurs loyihaga tushuntirish xati
|
bet | 4/6 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 290,1 Kb. | | #138772 |
Bog'liq 6 QAVAT BLOK UCHUN IZOXNOMA 11111Tashqi devorlar yirik blokdan bo‘lib GOST 22951-78 1BNU15.22.40s binodagi ichki sun’iy yaratilgan muhitni tashqi muhitdan ajratib turadi va bino fasadining asosiy kompozitsiya vazifasini hamda, ko‘pincha, yuk ko‘tarish vazifasini ham bajaradi.
Tashqi devor bloklari :
1BN - prostenka, qator,
2BN – deraza osti,
3BN - peremichka,
4BN - poyas,
5BN - parapet,
6BN - karniz,
7BN - tsokol;
Ichki devorlar yirik blokdan bo‘lib GOST 22951-78 1BVU15.22.40s binodagi ichki sun’iy yaratilgan muhitni ajratib turadi, ko‘pincha, yuk ko‘tarish vazifasini ham bajaradi.
Ichki devor bloklari:
BV - prostenka, qatorli va zina katagi bloki.
BVP – peremichka va poyas bloki.
Pardadevorlar binolarning qavatlarini xonalarga ajratish uchun qo‘llaniladigan yupqa, yuk ko‘tarmaydigan, vertikal ichki to‘siq konstruksiyasidir.
Binoning pardadevori yirik blokdan iborat bo‘lib, devor qalinligi 200 mm , ushbu binoning devori sement qum qorishmasi markasi M50 dan kam bo‘lmagan qorishma bilan teriladi..
Sokol devorning 1-qavat poli sathidan pastda joylashgan bino atrofidagi yer sathigacha bo‘lgan qismi bo‘lib, devorni atmosfera namligi va boshqa ta’sirlardan saqlaydi, hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri poydevor ustida yotadi.
Ushbu sath mramir plitalar bilan jihozlangan. Uning balandligi 0,6m.
Bino atrofidagi asfalt qoplama atmosfera suvlarini bino atrofidan qochirish uchun xizmat qiladi.
Binoning peremetri buyicha 2m enlilikda asfalt beton to‘shama 70 mm qalinlikda to‘shaladi. Asfalt beton to‘shama tagidan 68 mm qalinlikda щeben to‘shama to‘shalib tekislanadi.
Qavatlararo yopma binolarning ichki fazosini qavatlarga bo‘lib turuvchi gorizontal to‘siq konstruksiyadir.
Ora yopma konstruksiyalari otsek chegarasida gorizontal va vertikal tekisliklar bo‘yicha bikr mustahkam. Vertikal elementlarga bog‘langan. Bu bog‘lanish gorizontal kuchlarni vertikal elementlarga uzatishi zilzila jarayonida konstruksiyalarning birgalikda ishlashini ta’minlaydi.
|
| |