• . 1.Ximoya qatlam 2. 3-Qatlamli ruberoid 3.Issiqlik izolyatsiyasi minvata 4.Bug‘ izolyatsiyasi 5. t/b plita
  • Eshik bloklari
  • Zina to`sig`i
  • Tashqi pardoz
  • Sanitar gegiyinik kabinalar
  • Ora yopmaning asosiy qismi




    Download 290,1 Kb.
    bet5/6
    Sana16.01.2024
    Hajmi290,1 Kb.
    #138772
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    6 QAVAT BLOK UCHUN IZOXNOMA 11111

    Ora yopmaning asosiy qismi yig‘ma temir-beton plitalardan iborat bo‘lib seriyasi 1.141.1 -vыpusk 1, markasi PK71 12-4,5 ATU, S8 bo‘lib plitaning uzinligi L=6 m; L=3 m; eni V=1,20; 1,00 m qalinligi 220 mm ni tashkil etadi va devorga tayanish masofasi 150 mm.
    Yopmalar binolarning yuqorigi gorizontal to‘siq konstruksiyasidir. U ham ichki muhitni tashqi muhitdan ajratib turadi. 1.Ximoya qatlam 2. 3-Qatlamli ruberoid 3.Issiqlik izolyatsiyasi minvata 4.Bug‘ izolyatsiyasi
    5. t/b plita
    Yopmalar konstruksiyalari otsek chegarasida gorizontal va vertikal tekislik-lar bo‘yicha bikr mustahkam. Vertikal elementlarga bog‘langan. Bu bog‘lanish gori-zontal kuchlarni vertikal elementlarga uzatishi zilzila jarayonida konstruksiyalarning birgalikda ishlashini ta’minlaydi.
    Derazalar: - kesaki va tavaqalardan iborat oynavand konstruktiv element bo`lib xonalarni tabiiy yoritishda xizmat qiladi. Loyihalanayotgan binoda respublikamizda ishlab chiqarilayotgan zamonaviy romlardan foydalanish nazarda tutilgan. Ularning o’lchamlari balandligi h=1,5-1,2 m; eni B=1,5-1.2 m; ni tashkil etadi.
    Eshik bloklari: - kesaki va tabaqalardan tashkil topgan xonalarni o`zaro bog`lash uchun xizmat qiladigan konstruksiya xisoblanadi. Loyihalanayotgan binoda respublikamizda ishlab chiqarilayotgan zamonaviy eshiklar qo’llash mo’ljallangan, ularning o`lchamlari h=2.1-2.2 m, eni B=0.7-0.9-1 m ni tashkil etadi. Deraza va eshiklarnning o’lchamlari loyihaning grafika qismida jadval shaklida keltirilgan.
    Zina: - bu konstruksiya marsh va pog`onalardan tashkil topgan bo’lib bir qavat orasida joylashgan marshlar soniga qarab zinalar 1, 2 yoki 3 marshli bo`ladi. Zina marshlari betondan qilingan bo’lib, umumiy uzunligi L=3000 mm ni; eni B=1200 mm; ni tashkil etadi. Zina pog’onalari ostki qovurg’aga mahkamlangan.



    Zina to`sig`i: - Zina to’sig’i temirdan qilingan bo’lib, balandligi 900 mm ni tashkil etadi. U panjalari to`siq ko`rinishida keltirilgan


    Ichki pardoz: - binoning hamma ichki tomoni hajmiy og`irligi γ=1600 kg/m3 bo’lgan sement-qum qorishmasi asosida shuvalagan. Vannaxona, xojatxona va oshxona devorlari 2.00 m balandlikda sement qum qorishmasi asosida keramik plitka bilan pardozlanadi. Shiftlar osma bo`lib metal karkaslarga gipsokarton qotiriligan. Devor va shiftlar emulsiya asosida 3 marta ranglangan.
    Tashqi pardoz: - bino tashqi devori hajmiy og`irligi γ=1800 kg/m3 bo’lgan sement qum qorishmasi asosida δ=20 mm qalinlikda shuvoq qilinadi. Biroz muddatdan keyin vodaemulsiya asosida 3 marta ranglanadi.
    Otmostka: - Bino atrofida sement-qum qorishmasidan stiyashka qatlam qilingan: - bu qatlam atmosfera suvining bino atrofidan qochirish uchun xizmat qiladi. Binoning perimetri bo`ylab 1.5 m enlilikda beton to`shama δ=80 mm qalinlikda to`shaladi, tagidan δ=80 mm qalinlikda sheben to`shama to`shalib tekislanadi.
    Sanitar gegiyinik kabinalar: - Loyihalanayotgan binoyimizda 1 xonali kvartera uchun bir ishikli 2080x1760 blokli, 2-3-4 xonali kvarteralar uchun ikki eshikli ya`ni, xojatxonasi hamda vannaxonasi alohida bo`lgan 2730x1600 o`lchamli blok qo`llangan bo`lib, xojatxona qismi 1000x1200 ni tashkil qiladi. Xojatxona qismida ham alohida rakvina mavjud.




    Download 290,1 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 290,1 Kb.