|
BINONING HAJMIY - PLAN YECHIMI
|
bet | 3/6 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 290,1 Kb. | | #138772 |
Bog'liq 6 QAVAT BLOK UCHUN IZOXNOMA 11111BINONING HAJMIY - PLAN YECHIMI
Loyihalanayotgan bino to`g`ri to`rtbutchak shaklida bo`lib, 1-7 o’qlar orasidagi uzunligi L=33,3 m, A-V o’qlar orasidagi masofa B=12 mni tashkil etadi. Binoning sokol qismi balandligi esa hts=0,9 m ni tashkil etadi. Binoning umumiy balandligi esa H=20,8m ni tashkil qiladi.
Xona binonig asosiy tarkibiy qismi xisoblanadi. Xona uchun asosiy narsa bu uning funksional vazifasidir, ya`ni kishilarning ishlab chiqarish, ijtimoiy va shaxsiy hayot faoliyatining ma`lum talablarini qondirishdir. Binodagi xonalar vazifasiga qarab asosiy (ishchi) va yordamchi xonalariga bo`linadi.
Asosiy xonalarga binoning funksional vazifasiga mos ravishda kishilarni doimiy yashashi va faoliyati uchun mo`ljallangan xonalar kiradi, ya`ni yashash xonalari.
Binodagi asosiy jarayonni amalga oshirish uchun asosiy xonalardan tashqari yordamchi xonalar ham kerak bo`ladi. Bu xonalar binoda amalga oshiriladigan jarayonlarning bajarilishini ta`minlash uchun zarur, lekin binoning vazifasini belgilamaydi. Yordamchi xonalarga oshxona, vannaxona, hojatxona, kladofka kabi xonalar kiradi.
Binolardagi asosiy va yordamchi funksional vazifani bajaruvchi barcha xonalar kommunikatsiya xonalari vositasida o`zaro bog`langan bo`ladilar. Ularning asosiy vazifasi – kishilarning harakatlanishiga qulaylik yaratishdir.
BINONING KONSTRUKTIV YECHIMI
Binoning konstruktiv yechimi- loyhalashtirishning konstruktiv va qurulish sistemalarini hamda konstruktiv sxemalarini tanlash bosqichlaridan iborat.
Konstruktiv sistema binoning mustahkamkigini, ustuvorligini ta`minlovchi, o`zaro bog`langan yuk ko`taruvchi konstruksiyalardir. Konstruktiv sistemani tanlash bilan binodagi har bir konstruksiyaning statik roli belgilanadi. Binodagi yuk ko`taruvchi konstruksiyalar gorizontal va vertikal elementlardan iborat. Gorizontal yuk ko`taruvchi konstruksiyalar (tom yopmalari, qavatlararo yopmalar) o`zlariga tushadigan barcha vertikal yuklarni qabul qilib, vertikal yuk ko`taruvchi konstruksiyalar (devorlarga) uzatadilar. Gorizontal yuk ko`taruvchi konstruksiyalar binodagi bikrlik diofragmasini ham bajaradilar, ya`ni gorizontal yuklar va shamol, zilzila va ta’sirlarni qabul qilib vertikal yuk ko`taruvchi konstruksiyalarga uzatadilar. Bu loyihada vertikal yuk ko`taruvchi konstruksiyalar devorlardir.
Loyihalanayotgan bino quyidagi konstruksiyalardan tashkil topgan.
Poydevor: - bu konstruksiya binodan tushadigan barcha yuklarni o`zigaqabul qilib asosga uzatuvchi konstrksiya xisoblanadi. Binoning uzoqqa chidamligi, mustahkamligi va ustivorligi ko`p jihatdan poydevorning sifatiga bog`liq. Binoning Lentasimon yig’ma beton bloklardan iborat bo`lib, uning tagligining eni δ=1200 mm, o’rnatilish chuqurligi polga nisbatan hf=-2,400 mm chuqurlikda joylashgan. Barcha asosiy devorlarning ostida yig’ma betondan yotqizilgan. Yig’ma beton bloklar tagliklarga yotqizilgan. Tagliklar quyma manalit betondan tayyorlangan
|
| |