Smeta hisob-kitoblarida materiallar, buyumlar va yarimfabrikatlarning smeta qiymatlarini aniqlash




Download 479,63 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana11.12.2023
Hajmi479,63 Kb.
#116186
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1474962390 65208

Smeta hisob-kitoblarida materiallar, buyumlar va yarimfabrikatlarning smeta qiymatlarini aniqlash. 
YeRERni mahalliy qurilish sharoitlariga (moslashda) boglashda togridan-togri harajatlarning hisob-kitobida materiallar
buyumlar, yarimfabrikatlar fronka - qurilish maydoni narxlari boyicha hisobga olinadi, uning tarkibi yetkazib beruvchining 
ulgurji narxi, ta’minot va sotish bilan shugullanuvchi tashkilotlarning ustama haqlari, materiallari, omborxona harajatlaridan 
tashkil topadi. 
Ulgurji sotish narxlari davlat tomonidan franko turlari boyicha belgilangan. Franko turi ulgurji narxlarda hisobga olingan 
tranport harajatlari tarkibini aniqlaydi. 
Mahalliy materiallarning ulgurji sotilish narxlari SNiP tegishli toplami boyicha aniqlanib, franko turlari boyicha 
xarakterlanadi, masalan jonatish stansiyasi franko-vagoni, ishlab chiqaruvchi korxona hududi transport vositalari frankosi va 
material turi hamda hudud (Respublika) ga bogliq ravishda boshqalar qum, sheben’, shagal, tosh uchun ulgurji narxlar jonatish 
stansiyasi franko vagonlarida, asfalt-beton qorishmalari uchun esa - transport vositasi frankosida belgilangan. Ruda bolmagan 
barcha tabiiy materiallarga, asfal’t-beton va asfal’tbetum sanoati mahsulotlariga ulgurji narxlar beshta hududiy poyas boyicha, 
beton qorishma, beton buyumlari uchun on ikkita hududiy poyas boyicha diferensiyalangan. 


+qurilish sharoitida tayyorlanadigan yarimfabrikatlar (agar SNiPda ularga ulgurji narxlar belgilanmagan bolsa)ning ulgurji 
narxi ularni tayyorlash uchun zarur bolgan resurslar sarfini kalkulyatsiya qilish orqali aniqlanadi. Bunda mehnat, ish haqi, 
materiallar ishi element smeta me’yorlari boyicha bir birlik materiallarning smeta narxi asfalt-beton, sement-beton zavodining
ob’ekt oldi ombor-fronka narxi boyicha, mashinalarni ishlatilishining smeta narxlari SNiP boyicha aniqlanadi.
Тa’minlash-sotish tashkilotlarining ustamalari faqat tashib keltiriladigan materiallar boyicha ularning ulgurji narxlari 
tarkibiga kirmagan holatlarda hisobga olinadi. Тranzit ustamalar ishlab chiqaruvchi zavoddan qurilish ob’ektiga, oraliq 
omborlarni chetlab, otib ta’minot fondlariga muvofiq yetkazib beriladigan materiallar uchun belgilangan. 
Тransport harajatlari franko turi, ulgurji narxlar va qurilish loyihasida qabul qilingan transport xizmati sxemasiga muvofiq 
aniqlanadi. 
Smeta hisob-kitoblarida transport harajatlari SNiP ning qurilish uchun yuklarni tashish smeta narxlari toplamining I-qismi 
Тemir yo’llarda va avtomobillarda tashish va II-qismi Daryo transportida tashish boyicha aniqlanadi. 
Smeta hujjatlarida barcha transport harajatlari kalkulyatsiya tuzish orqali hisoblanadi. Тemir yo’llarda tashish bahosi 
tarkibiga yuklash-tushurish ishlariga, harakatlanuvchi qismni yetkazib berish va tozalash hamda tashish haqi kiradi. Тashish haqi 
yukning tarif kvalifikatsiyasi (tarif sxemasining) va tarif masofasiga kora aniqlanadi. Avtomobillarda tashish haqi yuklash-
tushirishga, harajatlar va tashish haqidan tashkil topadi. Тashish haqi yukning sinfi (klass) poyas koeffitsenti orqali 
xarakterlanuvchi yukni tashish hududi, va yukni tashish masofasiga bogliq. Alohida holatlarda SNiP da keltirilgan tarif haqiga 
oshiruvchi koeffitsentlar qollaniladi, masalan, ozi agdargich avtomobillarda 15km dan ortiq masofaga yuk tashilganda tuproq 
yo’llardan foydalanilganda va hakozo. 


Omborxona harajatlari-yo’l xojaligi omborxonalarini yaroqli holda ushlab turishga, materiallarni qabul qilish va 
chiqarishni hujjatlashtirishga, yuklarni yo’llarda va omborxonada yoqotishlari va ishdan chiqishlariga boladigan harajatlarda 
belgilanadi. Bu harajatlarning miqdori materiallarning ob’ekt oldi ombor-franko qiymatidan 2% miqdorida qabul qilinadi. 
Materiallar, buyumlar va konstruksiyalarning smeta qiymatlari smeta hisob-kitoblarida kalkulyatsiya tuzish yo’li bilan 
aniqlanadi. 
SNiP da keltirilgan tashib keltiriladigan materiallarning ortacha rayon smeta narxlari materiallar, buyumlar va 
konstruksiyalarni qurilishning ob’ekt oldi omborxonasigacha yetkazib kelish bilan bogliq bolgan barcha harajatlarni oz ichga 
oladi: ulgurji narxlar, ta’minot va sotish bilan shugullanuvchi tashkilot ustamasi, taraga harajatlar, taxlash va rekvizitlar, transport
va yuklash-tushurish harajatlari va omborxona harajatlari. Bu materiallarning smeta narxlari temir yo’l stansiyalari, portlar, 
pristanlardan 30km radiusda bolgan qurilishlar uchun majburiydir, polat konstruksiyalar uchun esa 10km radiusda.
Yo’l xojaligida va kapital qurilishda yo’l - qurilish va ta’mirlash ishlarini pudrat usulida bajarishda iqtisodiy boshqaruv 
uslubining muhim tayanchlaridan biri bolgan shartnomaviy narxlariga otilgan. 
Shartnomaviy narxlar – bu amaldagi normativ hujjatlarga muvofiq, buyurtmachi va pudratchi tomonidan, bosh loyihachi 
tashkilot va yordamchi pudratchi tashkilotlar ishtirokida binolar, inshootlar, korxonalar, ishga tushuriluvchi komplekslarni qurish 
uchun aniqlangan narxdir. 
Shartnomaviy narxlarga otishdan kozda tutilgan maqsad -qurilishni normativ muddatlarda amalga oshirish, qurilayotgan 
ob’ektlarning texnikaviy saviyasini kotarish, yo’l-qurilishi mahsulotning resurs talabligini va uning qiymatini kamaytirishdan 
iborat. Shartnomaviy narxlarning asosiy hususiyati shundaki-ular narxlar shakllanishining eng muhim ikki tamoyili-
umummajburiy smeta me’yorlari va baholari qollanilishiga asoslangan, markazlashgan smeta me’yorlashtirish tamoyili va 


konkret ob’ektda qurilish-montaj ishlarini bajarishning real shart-sharoitlarini har tomonlama hisobga olish tamoyillarini 
birlashtirish asosida yaratiladi. Shartnomaviy narxning asosida qurilish montaj ishlarining smeta qiymati yotadi. Undan tashqari 
uning tarkibiga pudratchi faoliyatiga tegishli bolgan boshqa harajatlarining va qurilish ob’ektining umumlashma smeta hisob-
kitobida hisobga olinadigan, pudratchi qurilish tashkiloti faoliyatiga tegishli kozda tutilmagan ishlar va harajatlar rezervining bir 
qismi qoshiladi. 
Konkret ish turi yoki konstruktiv element uchun shartnomaviy narxni quyidagi formula yordamida hisoblash mumkin: 
S
dog
qS
smr
+P
pr
+R
g
Bu yerda: S
smr
-limitlangan harajatlar, shu jumladan, vaqtinchalik binolar va inshootlarga, SNiP me’yorlarida hisobga 
olinadigan, qurilishni tashkillashtirish loyihasida kozda tutilgan smeta me’yorlaridan ortiq, ishlarni qish mavsumida bajarilganda 
boladigan qoshimcha harajatlar, kochib yuruvchi elektrostansiyalar elektro-energiyasidan foydalanilganda elektro-energiya 
boladigan harajatlardagi farq, tushib keltiriladigan materiallarni transportirovka qilish qiymatining farqi, yuklash-tushirish 
ishlariga qoshimcha harajatlar va boshqalar hisobga olingan holda aniqlangan ob’ekt smetasi boyicha qurilish-montaj ishlarining 
smeta qiymati; 
P
pr
-buyurtmachi tomonidan kompensatsiya qilinadigan, qurilish-montaj ishlari tarkibiga kirmaydigan boshqa ishlar va 
harajatlar; shu jumladan: 
Mehnatga haq tolashning akkord tuzimini qollash bilan bogliq bolgan harajatlar; kochib yuruvchi qurilish-montaj 
tashkilotlari ishlovchilariga qoshimcha tolovlar; qoshimcha ta’tillar berish bilan uzoq muddat hizmatlari uchun tolanadigan haq 
bilan bogliq bolgan harajatlar; tashkiliy ravishda ishchilarni ishga olish bilan bogliq harajatlar; pudratchi tashkilot ishlovchilarini 
boshqa qurilishlarga komandirovka qilishga boladigan harajatlar. 


Loyihada kozda tutilgan ilmiy tekshirish va tajribalarga harajatlar; qurilish-montaj ishlarini vaxta uslubida bajarish uchun 
qoshimcha tolov. 
Ba’zi materiallarning ulgurji va chegaraviy narxlari orasidagi farqlar. Undan tashqari boshqa ishlar va harajatlar tarkibiga 
ishlarni yuqori templarda olib borish va qurishni yangidan ozlashtirilayotgan rayonlarda olib borish bilan bogliq bolgan 
pudratchining qoshimcha harajatlari ham kiritiladi. 
R
p
-umumlashma smeta qiymatining hisob kitoblarida hisobga olingan kozda tutilmagan ishlar va harajatlar uchun 
belgilangan umumiy rezerv mablaglarning bir qismi; bundan buyurtmachi tomonidan yetkazib beriladigan materiallar, buyumlar 
va konstruksiyalar qiymatiga togri keladigan summa mustasno. 
Shartnomaviy narxlar tarkibiga smetada aniqlangan, lekin pudratchi faoliyatiga tegishli bolmagan harajatlar kiritilmaydi: 
yer maydoni ajratilishini rasmiylashtirish harajatlari; inshoot oqlarini belgilab chiqish, yangi yerlarni ozlashtirish harajatlarini 
qoplash, egallab turilgan yerlar uchun kompensatsiya, bino va inshootlarni buzish, ob’ektlarni oz vaqtida yoki muddatidan oldin 
ishga tushirilishini mukofotlash bilan bogliq bolgan harajatlar; aftorlik texnik nazoratiga harajatlar, loyiha va izlanish ishlari 
qiymati. 
Kozda tutilmagan ishlar va harajatlar uchun rezervning bir qismini shartnomaviy narxlarga kiritish rezervning funksional 
vazifasi bilan bogliq bolib, u pudratchi tashkilotning ishlarini bajarish uslubining ozgarishi, smetada kozda tutilgan katta 
harajatlar talab qiluvchi qurilish mashinalari va mexanizmlaridan foydalanish oqibatida yuzaga keladigan qoshimcha harajatlarini 
qoplashga yonaltiriladi.


Shartnomaviy narxlarga rezerv mablaglar bir qismini kiritishning iqtisodiy ma’nosini ob’ektlarni oz vaqtida ishga 
tushirishga topshirilishiga erishish uchun mavjud rezervlardan foydalanishda qurilish tashkilotining manevrligini ta’minlash, 
iqtisodiy mustaqillikni kengaytirish va oz faoliyatini natijalari uchun iqtisodiy javobgarlikni oshirishdan iborat. 
Rezervning bu qismi loyihaning ishchi hujjatlarini ishlab chiqish bosqichida ozgarishlar kiritilishi, qurilish jarayonida ilgari 
ishchi xizmatlar va smetalarda hisobga olinmagan ishlar aniqlanishi sababli smeta qiymatlariga aniqliklar kiritilishi tufayli 
pudratchi tashkilotning qoshimcha harajatlarini qoplashga xizmat qiladi. Kozda tutilmagan ishlar va harajatlar rezervi avval 
boshda aniqlangan smeta qiymatining stabilligini ta’minlash, ilmiy-texnika progressining rivojlanishi va u erishgan natijalarni 
ishlab chiqarishga joriy etilishi bilan bogliq bolgan, iqtisodiy jihatdan asoslangan harajatlarni qoplashga yonaltirilgan iqtisodiy 
dastgohdir. 
Shartnomaviy narxlar pudrat shartnomalari tuzish uchun hamda, bajarilgan ishlar, pudratchi tomonidan qilingan, loyiha-
smeta hujjatlarida, texnik iqtisodiy asoslash va texnik - iqtisodiy hisob-kitoblarda kozda tutilgan harajatlar uchun hisob - 
kitoblarga asosdir. +qurilish montaj ishlarining hajmi va tarkibida ozgarish sodir bolmasa, shartnomaviy narxlar butun qurilish 
davri mobaynida ozgarmasligi lozim. 
Loyiha yechimlarini takomillashtirish natijasida ob’ektning ishchi hujjatlar smetalarida aniqlangan smeta qiymati bilan 
shartnomaviy narxlar farqidan tejam hosil bolishi mumkin. Bu tejamning 25% davlat byudjetiga yonaltiriladi. Тejamning qolgan 
qismi (75%) bosh pudratchi tomonidan qurilish, montaj va loyihachi tashkilotlarga har birining qurilish bahosini kamaytirishga 
qoshgan xissasini hisobga olgan holda taqsimlab beriladi. Pudratchi qurilish tashkilotlari tejamdan olingan ushbu mablagni 
iqtisodiy ragbatlantirish fondlariga yonaltiradilar. 


Agar ishlarning haqiqiy qiymati va harajatlar shartnomaviy narxdan ortib ketsa, narxlar qayta tasdiqlanmaydi, qoshimcha 
harajatlar esa bajaruvchi tashkilotlar ishlab chiqarish xojalik faoliyatlari natijalariga otadi. 
Shartnomaviy narxlarni loyihaning umumlashma smeta hisob-kitoblari asosida (loyihalashtirishning birinchi bosqichi) yoki 
amaldagi smeta me’yorlari va narxlar tizimiga qat’iyan rioya qilingan holda ishlab chiqilgan texnik iqtisodiy asoslash yoki texnik 
-iqtisodiy hisob-kitoblar (loyihalashtirishdan avvalgi bosqich) asosida aniqlanadi. 
Shartnomaviy shartlarni muvofiqlashtirishga asos boluvchi loyiha smeta hujjatlari majburiy ravishda davlat ekspertizasidan 
otkazilishi va ekspertiza natijasiga muvofiq ravishda togrilanib chiqilishi kerak. Umumlashma smeta hisob-kitobiga loyiha 
tashkiloti tomonidan tuzilgan qurilish tarkibiga kiruvchi barcha ob’ektlar boyicha, hamda butun qurilish boyicha shartnomaviy 
narxlar vedomostlari ilova etilishi kerak. Bu vedomost buyurtmachi va loyiha tashkilotining shartnomaviy narxlar darajasi 
boyicha taklifi boladi (uzil -kesil). +at’iy shartnomaviy narxlar buyurmachi, pudratchi va loyiha tashkilotlari ortasidagi kelishuv 
asosida aniqlanadi.
Agar loyiha yechimlarini takomillashtirish boyicha takliflar pudratchi tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilsa va joriy 
qilinsa, shartnomaviy narxlar kamaytirilmaydi. 
Belgilangan tartibga muvofiq inshootning smeta qiymatiga bogliq ravishda loyiha smeta hujjatlari ekspertizadan otkaziladi. 
Ekspertiza vaqtida quyidagilar tekshiriladi: 
-qurilishning maqsadga muvofiqligi va texnik - iqtisodiy jihatdan asoslanganligi; 
-qabul qilingan texnik yechimlar va qurilish muddatining qurilish me’yorlari va qoidalari (SNiP)ning amaldagi 
me’yorlariga muvofiqligi; 


-amaldagi smeta me’yorlari va narxlarga muvofiq ravishda, smeta hujjatlari ishlab chiqilishining va qurilish smeta qiymati 
aniqlanishining togriligi. 
Ekspertiza natijalari boyicha aniqlashtirib chiqilgan loyiha smeta hujjatlari, shartnomaviy narxlar loyihasi bilan birgalikda 
bosh pudratchi qurilish tashkilotiga muvofiqlashtirish uchun taqdim etiladi. Shartnomaviy narxlarni muvofiqlashtirish uchun 
pudratchiga loyiha smeta hujjatlari taqdim etilgan kundan boshlab 45 kunlik muxlat belgilangan. 
Bosh pudratchi belgilangan tartibda yordamchi pudratchi qurilish montaj tashkilotlari ishtirokida loyiha smeta hujjatlari va 
shartnomaviy narxlar loyihasini korib chiqishni tashkillashtiradi. Korib chiqish natijasida umuman loyiha boyicha va qurilish 
tarkibiga kiruvchi har bir ob’ekt boyicha tegishli hisob-kitoblar va normativ hujjatlarga asoslangan mulohazalar tayyorlanishi 
kerak. Mulohazalar buyurtmachiga jonatiladi. 
Buyurtmachi bosh loyihachi tashkilot ishtirokida bosh pudratchining mulohazalarini korib chiqadi va 10 kunlik muxlat 
ichida barcha mulohazalar boyicha xulosa tayyorlanadi. Shartnomaviy narxlar boyicha mulohazalar alohida korib chiqiladi. 
Barcha ob’ektlar va umum qurilish boyicha shartnomaviy narxlar kelishilgandan keyin bosh loyihachi tashkilot shartnomaviy 
narxlar vedomostini togrilab chiqadi va qurilishning toliq smeta qiymatini aniqlaydi. Bu qiymat qurilishning tasdiqlangan bahosi 
boladi. 
Bosh pudratchi bilan shartnomaviy narxlarni muvofiqlashtirish bir vaqtning ozida qurilish qiymatining umumlashma smeta 
hisob-kitobini ham muvofiqlashtirish sanaladi. 
Shartnomaviy narxlar muvofiqlashtirilib bolgandan song loyihani tasdiqlash uchun tegishli instansiyaga taqdim etish 
mumkin. 


Loyihachi tashkilotlar buyurtmachining topshirigi boyicha ishlab chiqilgan loyihani tasdiqlovchi instansiyalarda himoya 
qiladilar. Ishlab chiqilgan loyiha smeta hujjatlarning toliq komplekti loyiha buyurtmachisida va loyiha tashkilotida saqlanadi. 
Asosiy loyiha materiallari: (umumiy yozma izoh, bosh plan, qiymatning umumlashma smeta oisob-kitobi, shartnomaviy narxlar 
vedomosti, birlik qiymatlar katalogi) nomerlangan bolishi, tegishli muxr bilan tasdiqlangan va qol qoyilgan bolib, tasdiqlanishi 
togrisi yozuvi va tasdiqlanish sanasiga ega bolishi kerak. Loyiha smeta hujjatini tasdiqlanganligi togrisidagi hujjat davlat yagona 
ish yuritish tizimiga muvofiq keladigan buyruq, qaror yoki farmoyish bolishi mumkin. Shunday qilib, yo’l xojaligida amal 
qilayotgan narx shakllanish tizimi iqtisodiyotning ekstensiv rivojlanish sharoitida yuzaga keldi. Buning natijasida yo’l qurilish 
mahsulotining narxi yo’l ta’mirlash qurilish ishlab chiqarishning iqtisodiyotga, iqtisodiy richag sifatida yetarlicha ta’sir otkaza 
olmaydi. Narxlarda nafaqat smeta narxlari shakllanishining yangi tamoyillari oz aksini topishi, balki yo’l tarmogi va uning 
mahsulotining is’temolchisi-region xalq xojaligi xojalik mexanizmining faoliyat korsatishi xususiyatlari ham aks etishi kerak. 
Smeta narxlari shakllanishini takomillashtirish quyidagilarga yonaltirilishi kerak: 
-yo’llar va yo’l inshootlarini qurish va ta’mirlashning barcha harajatlarida nafaqat yo’l tarmogining, balki yo’l mahsuloti 
iste’molchilarning ham iqtisodiy manfaatlari chambarchas ozaro boglanishi kerak; 
-loyihalashtirish va qurilish jarayonida smeta qiymatlarining asoslanmagan holda ortishiga tosiq qoyilishi kerak; 
-narxlarning va narx shakllanishi mexanizmining qurilish muddatlarini qisqartirish va resurslarni tejash borasidagi rolini 
kuchaytirish kerak. 

Download 479,63 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 479,63 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Smeta hisob-kitoblarida materiallar, buyumlar va yarimfabrikatlarning smeta qiymatlarini aniqlash

Download 479,63 Kb.
Pdf ko'rish