Qurilishda narxni shakllantirish asoslari
Reja:
1. Yo’l xojaligida narx shakllanishining oziga xos tomonlari.
2. Smeta xarajatlari
3. Smeta hujjatlarining tartibi va tarkibi.
4. Qurilish smeta qiymatining me’yoriy bazasi.
5. Shartnomaviy narxlar.
Asosiy iboralar va tushunchalar: Ortalashtirilgan qiymat, smeta qiymati, limit va shartnoma narxi, togridan-togri
harajatlar, ustama harajatlar, jamgarmalar, bir bosqichli va ikki bosqichli loyihalashtirish, lokal smetalar, smeta me’yorlari va
normativlari, (YeNIR, YeRER, UPSS).
Narxlanish (narx shakllanishi) tizimi mamlakat bozor iqtisodiyotining zaruriy vositasi sanaladi. Yo’l xojaligida narxlarning
shakllanishi asosida narxlar boyicha yagona umumdavlat siyosati yotadi va uning asl mohiyati korxona (tarmoq) harajatlarini
qoplash, foydaning shakllanishi, ishlab chiqarishning rivojlanishini ragbatlantirish va ishlovchilarning oz mehnatlarining
natijalaridan manfaatdor bolishlarini ta’minlashga birdek yondoshishni ta’minlashdir.
Mahsulotlarning narxi shunday belgilanishi kerakki, yo’l xojaligining mo’tadil ishlayotgan korxonasi uni realizatsiya
qilganidan song mahsulotni ishlab chiqarish uchun zarur bolgan ijtimoiy harajatlarni qoplash, davlat byudjeti yoki yuqori
organlarda zaruriy tolovlarni tolash va undan tashqari ozining rivojlanishi uchun mablagga ega bolish imkoniyatiga ega bolsin.
Narxlarda mahsulotning iste’mol xususiyatlari, uning sifati va foydaliligi hisobga olinadi.
Iqtisodiy nazariyada narxlar shakllanishiga bir necha xil qarashlar mavjud. Kapital qurilishda «ortacha qiymat» tushunchasi
qabul qilingan bolib, unga kora narx ortacha tarmoq qiymatiga (ijtimoiy zaruriy harajatlar), tannarxiga proporsional bolgan
«rejalashtirilgan jamgarmalar» deb ataluvchi sof daromadni qoshib hisoblash asosida aniqlanadi. Amalda tannarx ijtimoiy zaruriy
harajatlar miqdoridan bir qator omillar ta’sirida boshqacha boladi va ularning korsatadigan ta’siri korxona rejasining
shakllantirishda hisobga olinadi.
Yo’l xojaligida ham ortacha qiymat tushunchasi qabul qilingan. Narx vazifasini smeta qiymati ifoda etadi. Smeta bu
ob’ektni qurishga yoki ta’mirlashga boladigan barcha harajatlarning hisob-kitobini tasvirlaydi.
Yo’l xojaligida qabul qilingan narxlarning shakllanish uslubi boshqa tarmoqlardan farq qiluvchi qator muhim
xususiyatlarni hisobga oladi, shu jumladan:
-qurilish ob’ekti joylashgan yerdagi iqtisodiy-geografik va transport omillarining avvaldanoq aniq bolishligi;
-qollaniladigan hajm-tekislash, konstruktiv va texnologik qarorlarning mahalliy qurilish sharoitiga nihoyatda bogliqligi;
-quriladigan ob’ektlarning liniyaviy xarakterdaligi;
-ishlarni amalga oshirishda mahalliy qurilish materiallari, ishlab chiqarish chiqindilari va ikkilamchi resurslarning keng
qollanilishi;
-yo’l qurilishi va ta’mirlash ishlarining umumiy hajmida transport ishlari salmogining yuqoriligi, materiallar va
konstruksiyalar tashilish masofasi ularning qiymatiga ta’sirini katta bolishi.
Narxlarning shakllanish jarayoni oz ichiga uchta bosqichni oladi:
-texnik iqtisodiy asoslash va texnik iqtisodiy ishlab chiqarish, ya’ni loyihalashni boshlashdan avvalgi bosqichda, limit
narxlarni aniqlash;
-loyihani ishlab chiqarishda qurilishning yoki rekonstruksiya qilishning smeta qiymatlarini hisoblash chiqish;
-buyurtmachi, pudratchi va loyiha tashkilotlari ozaro kelishgan holda shartnomaviy narxlarni belgilab olish.
Davlat buyurtmasiga kora amalga oshiriladigan qurilishlar (masalan, umumdavlat va respublika ahamiyatiga ega bolgan
yo’llar) boyicha limit narxlari majburiy ravishda aniqlab chiqiladi.
Limit narxlari topshiriqda loyihalashtirishda kozda tutilgan inshootlar uchun ularning texnik va iqtisodiy parametrlari mos
keluvchi normativ rolini bajaradi. Limit narxlari darajasi kapital mablaglar sarfining qoplanish muddatlari normativlaridan kelib
chiqilgan holda aniqlanishi kerak. Shu sababli limit narxlari loyihalashtirish va qurilish jarayoni uchun kapital mablaglar
sarfining chegarasini belgilaydi va uning miqdori shundan ortib ketmaligi kerak. Limit narxlarining ortib ketishi tasarrufga
topshirilayotgan ob’ektlar boyicha kapital mablaglar samaradorligi loyihalashtirish oldi bosqichida hisoblangandan kora past
bolishligini bildiradi.
Smeta qiymati loyihalashtirish jarayonida qabul qilingan muxandislik yechimlari asosida belgilanadi va loyiha tarkibida
tasdiqlanadi. Bunda uning qiymati tasdiqlangan royxat boyicha besh yillik muddatga yangidan qurilishi boshlanadigan va
rekonstruksiya qilinishi texnik iqtisodiy asoslanishiga togri kelishi yoki undan past bolishi kerak.
Shartnomaviy narx - qurilish va yo’l xojaligida tovar-pul munosabatlarining butunlay yangicha bolgan kategoriyasidir.
Shartnomaviy narxning yuqori chegarasi ob’ekt qurilishi yoki rekonstruksiyasining limit narxi bolsa, pastki chegarasi
pudratchining xojalik hisobi manfaatlarini hisobga oluvchi loyihalashtirish bosqichida aniqlangan smeta qiymatidir.
+qurilishda (shu jumladan yo’l qurilishida), hamda yo’l xojaligida narx shakllanishining markaziy masalasi loyihani ishlab
chiqarishda hisoblanadigan smeta qiymati sanaladi, chunki huddi shu smeta qiymati qurilishda shartnomaviy narxlarni aniqlash
uchu nasos bolib xizmat qiladi. Smeta xizmatini aniqlash uchun loyiha tarkibida smeta hujjatlari deb ataluvchi hisob-kitob va
hujjatlar kompleksi ishlab chiqiladi. Loyiha tarkibida ishlab chiqiladigan (qurilish va texnologik yechimlar, qurilishni tashkil
etish, smeta hujjatlari), barcha hujjatlar kompleksi birgalikda loyiha-smeta hujjatlari deb ataladi.
Тogri tuzib chiqilgan, pudratchi tomonidan qabul qilingan va belgilangan tartibda tasdiqlangan smeta hujjatlari butun
qurilish davri uchun ozgarmas bolib, qurilish yoki yo’l ob’ekti ta’mirlanishiga ajratilgan mablaglarning togri sarflanishi ustidan
nazorat olib borish vositasi bolib xizmat qiladi.
Smetalarda kozda tutilgan avtomobil yo’llari, kopriklar, yo’l inshootlari qurilishi bilan bogliq bolgan barcha harajatlar
qurilishning umumiy smeta qiymatini aks ettiradi (zarur bolgan umumiy kapital mablaglar sarfini). Umumiy smeta qiymatini
alohida harajat turlariga ajratib chiqish va ularning umumiy smeta qiymatidagi salmogini foizlarda aniqlashga, qurilish smeta
qiymatining strukturasi (tarkibiy tuzilishi) deyiladi. Kapital mablagning strukturasiga muvofiq ravishda qurilishning smeta
qiymati tarkibi qurilish ishlariga (yer polotnosini tayyorlash, tayyorgarchilik ishlari, sun’iy inshootlar, yo’l qoplamasi, yo’l
xizmatining bino va inshootlari, yo’llarni obodonlashtirish va boshqalar), texnologik uskunalarni sotib olishga, qurilayotgan
ob’ekt uchun inventar va asbob-uskunalar sotib olishga, montaj ishlariga, boshqa harajatlarga (loyiha-izlanish ishlari, qurilishni
texnik nazorat qilish, ilmiy-tekshirish ishlari, harakatlanuvchi xarakterdagi ish uchun ish haqiga qoshimcha tolovlar va hokazo)
ajratiladi.
+qurilish smeta qiymatining strukturasi asosan qurilayotgan ob’ektning turi va vazifasiga bogliq. Sanoat qurilishida ishlab
chiqarishga xizmat qiluvchi ob’ektlarni tiklashda qurilish-montaj ishlarining salmogi 40-55% ni, ishlab chiqarishga xizmat
qilmaydigan ob’ektlarda 75-90% ni tashkil etadi. Yo’l xojaligida esa asosiy orinni qurilish-montaj ishlari egallab, uning
qurilishning umumiy smeta qiymatidagi salmogi 90% ga yaqin boladi.
Har qanday turdagi ishlarni bajarish yoki har qanday konstruktiv elementni tiklashda smeta harajatlari iqtisodiy mohiyatiga
kora smeta harajatlari guruhini tashkil etuvchi kompleks kalkulyatsion moddalarga birlashtiriladi. Kalkulyatsion moddalar
qurilishda smeta hisob-kitoblarini bajarish boyicha qabul qilingan yagona uslubiyotga muvofiq aniqlanadi.
Smeta harajatlarini guruhlashtirish ularni quyidagi moddalarga ajratilishini kozda tutadi: togridan-togri harajatlar, (ТХ)
ustama harajatlar(UХ) va rejalashtiriladigan jamlanmalar (RJ) S
kmi
qТХ+UХ+RJ. Har qanday ob’ektning smeta qiymati alohida
konstruktiv elementlar va ish turlari qiymatidan tashqari oz tarkibiga limitlangan harajatlar deb ataluvchi vaqtinchalik binolar va
inshootlar, boshqa ishlar va kozda tutilmagan ishlar uchun harajatlarni ham oladi. Avtomobil yo’lini qurishning toliq smeta
qiymati alohida konstruktiv elementlar boyicha smeta qiymatlarini qoshib topiladi (yer polotnosi, yo’l qoplamasi, sun’iy
inshootlar, yo’llarni jihozlash va limitlangan harajatlar).
|