kalkulyatsiyasining birlik qiymatlari asosida tuziladi.
Smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun boshlangich nuqta bolib qurilishning mahalliy shart sharoitlarini belgilovchi
ma’lumotlar xizmat kiladi. Ular quyidagilardan iborat:
-mahalliy materiallar karerlar, yordamchi korxonalar va qurilishning tayanch omborxonalari, eng yaqin temir yo’l
stansiyalari, pristallar, qurilish maydonigacha bolgan masofalar korsatilgan avtomobil yo’llari togrisida ma’lumotlar beruvchi
avtomobil yo’li qurilishi moljallanayotgan rayon haqidagi ma’lumotlar majmui (situatsionnoy plan);
-mahalliy qurilish materiallari olinadigan joylar togrisida ma’lumotnoma;
-fondlashtirilgan (chetdan keltiriladigan) materiallarning olinish manbaalari togrisida buyurtmachining ma’lumotnomasi;
-avtomobil yo’llarining texnik holati korsatilgan holda tuzilgan, avtomobil transporti bilan qurilish yuklari tashish
masofalarining olchanishi togrisida dalolatnoma;
-suv, elektro-energiya, bug, siqilgan havo va boshqalarni qanday olinishi togrisida ma’lumotnoma.
Avtomobil yo’llari, koprik va boshqa yo’l inshootlari qurilishining smeta bahosini aniqlash uchun ikki bosqichli
loyihalashtirishda, kapital mablaglarni rejalashtirish va qurilishni moliyaviy ta’minlashning asosi bolgan, qurilish bahosining
umumlashma smetasi hisob-kitobi tuzib chiqilishi kerak. Uni avtomobil yo’lining alohida konstruktiv elementlarini tiklashning
smeta qiymatlarini xarakterlovchi ob’ekt va lokal smetalar asosida ishlab chiqiladi: yo’l polotnosi, yo’l qoplamasi, sun’iy
inshootlar, yo’llarni jihozlash, yo’l va avtotransport xizmatining bino va inshootlari va hokazo.
Yo’l polotnosi va qoplamasiga lokal smetalar qurilish me’yorlari va qoidalarida tasdiqlangan, rayonning yagona birlik
qiymatlari asosida ishlab chiqiladi. qolgan lokal smetalar esa odatda qurilish qiymatining yiriklashtirilgan korsatgichlari (UPSS)
asosida tuzib chiqiladi. Rayon yagona birlik qiymatlari (YeRER) dagi narxlarni mahalliy sharoitga boglash kerak boladi, shu
sababli yo’l qoplamasi uchun qoshimcha ravishda yagona narxlarning mahalliy qurilish sharoitiga boglagan ravishda materiallar
narxi va bu materiallar boyicha transport harajatlari kalkulyatsiya qilib chiqilgan yagona narxlari katalogi tuzib chiqiladi.
Yo’l qoplamasi uchun smeta hujjatlarini ishlab chiqarish tartibi quyidagicha: rayon yagona birlik qiymatlari (YeRER) dan
tegishli (rassenkalar) yagona birlik qiymatlari tanlanadi; yagona birlik qiymatlar boyicha zaruriy mahalliy materiallar royxati
tuzib chiqiladi; shu materiallar uchun tegishli transport harajatlari kalkulyatsiyasi va franko qurilish maydoni smeta qiymatlari
kalkulyatsiyasi tuziladi; undan song yagona birlik qiymatlari katalogi ishlab chiqiladi. Lokal smetalarda (yo’l qoplamasi va yo’l
polotnosi) alohida-alohida togridan-togri harajatlar, ustama harajatlar va rejalashtiriladigan jamlanmalar hisoblab chiqiladi.
Тogridan-togri harajatlar tegishli birlik qiymatlarini loyihalashtirilayotgan ish hajmiga kopaytirib, ustama harajatlar belgilangan
me’yorlar boyicha togridan-togri harajatlardan foiz hisobida, rejalashtiriladigan jamlanmalar smeta sohasidan (togridan-togri
harajatlar va ustama harajatlar yigindisidan) foiz hisobida aniqlanadi.
Yo’l qoplamasiga tuzilgan lokal smetada ish haqiga, qurilish mashinalari va mexanizmlarini tasarruf etishga boladigan
harajatlar, mehnat sarfining normativ korsatkichlari va qurilish montaj ishlarida band bolgan ishchilarning ish haqlari ajratib
korsatiladi.
Rayon yagona birlik qiymatlari (YeRER) asosida lokal smetalarni tuzishda, tegishli kotaruvchi koeffitsiyentlar amal
qiladigan joylarda, ish haqi boyicha boladigan qoshimcha harajatlarni hisobga olish kerak boladi. Bu koeffitsiyentlar boyicha
ishchilarning asosiy ish haqlariga va qurilish mashinalariga xizmat korsatuvchi ishchilarning ish haqlariga qoshimchalar
hisoblanadi.
Yo’lning boshqa konstruktiv elementlariga lokal smetalar oz tarkibiga togridan-togri harajatlar, ustama harajatlar va rejaviy
jamlanmalarni lokal hududiy qurilish qiymatining yiriklashtirilgan korsatkichlari (UPSS) boyicha hisoblanadi. qurilish
qiymatining yiriklashtirilgan korsatkichi (UPSS) ni ish hajmiga kopaytirib, smetalar boyicha harajatlarning umumiy miqdorini
aniqlash mumkin.
Avtomobil yo’llari qurilishining lokal smetalar asosida tuzilgan umumlashgan smeta hisob-kitobi 12 bobdan iborat boladi:
I Bob. +qurilish hududini tayyorlash.
II Bob. Yo’l polotnosi.
III Bob. Sun’iy inshootlar.
IV Bob. Yo’l qoplamasi.
V Bob. Aloqani yo’lga qoyish.
VI Bob. Yo’l va avtotransport xizmatlariga binolar va inshootlar.
VII Bob. Yo’l jihozlari va vositalari. Chorrahalar va yondashib qoshilishlar.
VIII Bob. Shaharlarga, rayon markazlariga, temir yo’l stansiyalariga kirib-chiqish yo’llari.
IX Bob. Vaqtinchalik binolar va inshootlar.
X Bob. Boshqa turdagi ishlar va harajatlar.
XI Bob. Тexnik nazorat. qurilayotgan yo’l direksiyasini ta’minlab turishga harajatlar.
XII Bob. Loyiha va izlanish ishlari.
Boshlanishdagi 8 ta bob yo’lning konstruktiv elementlari boyicha ish turlariga mos keladi.
IX. Bob vaqtinchalik binolar va inshootlar boyicha smeta harajatlarini aniqlaydi (umumlashma smeta hisob-kitobining
boshlangich sakkizta bobidagi qurilish-montaj ishlari boyicha smeta harajatlaridan foiz hisobida). X bob boshqa turdagi
harajatlarni oz ichiga oladi, shu jumladan, qish oylarida ishlarni bajarish, kochma elektrostansiyalar elektro-energiyasidan
foydalanish, foydalanuvchi materiallarni avtomobil yo’llarida qoshimcha qayta tashish, ishlarning muhim bir joyda emasligi
uchun tolanadigan qoshimcha tolovlar bilan bogliq bolgan harajatlar. Ularning miqdori ham normativlarga muvofiq ravishda
qurilish-montaj ishlarining yigindisidan foiz hisobiga aniqlanadi. ХI bob belgilangan limitlar boyicha hisoblanadigan texnik
nazoratga smeta harajatlarini ifodalaydi. ХII bob loyiha-izlanish ishlarining smeta qiymatini aniqlaydi, ularning miqdori qurilish
uchun loyiha-izlanish ishlariga smetalar tuzish tartibi haqidagi instruksiya muvofiq hisoblanadi.
+qurilish qiymatining umumlashma smeta hisob-kitobida, miqdori tarmoqqa oshiriladigan rayonga loyihalashtirishning
bosqichligiga bogliq bolgan, kozda tutilmagan ishlar va harajatlar uchun rezerv mablaglar nazoratda tutiladi.
Mablaglar rezervi qurilish me’yorlari va qoidalari (SNiP) boyicha belgilangan me’yorlar boyicha aniqlanadi, Avtomobil
yo’llari loyihasini ishlab chiqarishda uning miqdori umumiy smeta qiymatidan 5% miqdorida, ishchi hujjatlarida 1,5%
miqdorida, bir bosqichli loyihalashtirishda ishchi loyihada 3% miqdorida belgilangan.
Rezerv ishlarini bajarish usullarining ozgarishi loyihada kozda tutilgan mashinalar, konstruksiyalarning almashishi,
loyihada hisobga olinmagan texnologiya ozgarishidan kelib chiqqan qoshimcha qurilish-montaj ishlari, hajmi-planirovka
yechimlarini qayta korib chiqishlar natijasida paydo bolishi mumkin bolgan qoshimcha harajatlarni qoplashga xizmat qiladi.
Avtomobil yo’llarni qurish uchun zaruriy kapital mablaglar miqdori umumiy smeta harajatlardan qaytariladigan
summalarni (kozda tutilmagan harajatlarni hisobga olgan holda) ayrib tashlash yo’li bilan hisoblanadi. +aytariluvchi summalar
umumlashma smeta hisob-kitobi jamining songgida keltiriladi.
+aytariluvchi uyushmalarga quyidagilar kiradi.
-vaqtinchalik bino va inshootlarni buzish kiymati;
-buzilgan binolardan olingan materiallar va konstruksiyalar qiymati;
-yo’lakay qazib olish tartibidan qolga kiritilgan va songra realizatsiya qilingan materiallar qiymati (tosh, yogoch
materiallar, foydali qazilmalar va hokazo)
Тasdiqlanadigan loyiha (ishchi loyiha) tarkibidagi smeta hujjatlariga yozma izoh ilova qilinadi, unda smeta hisob-
kitoblarini bajarish uslubi, hududiy rayon, tarif poyasi, ustama harajatlar miqdori, rejalashtirilgan jamlanmalar va smeta
hujjatlarini ishlab chiqishda hisobga olingan har xil alohida shart-sharoitlar haqida ma’lumotlar beriladi.
Avtomobil yo’llarini ta’mirlashga loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqarishning ba’zi bir oziga xos hususiyatlari bor. Uning
tarkibida butun yo’lning va alohida bolaklarining ta’mirlashga muhtojligini texnik jihatdan zarurligini, iqtisodiy jihatdan
maqsadga muvofiqligini, ta’mirlash galma-galligini, texnik-iqtisodiy asoslash ishlab chiqiladi. Yo’l va uning bolaklari boyicha
harakat perspektiv intensifligi, tegishli texnik kategoriyasi, kesishuvi va kelib qoshiluvchi yo’llardagi perspektiv harakat
intensivliklari belgilab olinadi; transport tugunlari yechimi turlari tavsiya etilib, aholi punktlarini aylanib otishning maqsadga
muvofiqligi aniqlanadi, kapital mablaglarning samaradorligini hisoblab chiqiladi.
Avtomobil yo’llarini ta’mirlashga loyiha-smeta hujjatlari odatda bir bosqichda ishlab chiqiladi, ya’ni ishchi loyiha.
Avtomobil yo’lini ta’mirlashning hujjatlari tarkibiga quyidagilar kiradi; yo’lni ta’mirlash qiymatining umumlash smetasi
hisob-kitobi, ta’mirlovchi kompleks tarkibiga kiruvchi alohida inshootlar va binolar boyicha ob’ekt smetalar, boshqa turdagi
alohida ishlar va harajatlar boyicha smeta hisob-kitoblari, SNiP me’yorlari va YeRER toplamlarida kozda tutilmagan alohida ish
turlari va harajatlarning birlik qiymati mahalliy shart-sharoitlar bilan boglangan materiallar, buyumlar va yarimfabrikatlar
qiymatlarining kalkulyatsiyasi.
Yo’lni ta’mirlash qiymatining umumlashma smetasi hisob-kitobini tasdiqlangunga qadar ish bajaruvchi tashkilotlarning
roziligi olinadi. Umumdavlat va Respublika ahamiyatiga ega bolgan yo’llarni ta’mirlash uchun tuzilgan loyiha- smeta hujjatlari,
ta’mirlashning smeta qiymatiga qarab, yo’l boshqarmalari, PRSO, Respublika avtomobil transporti vazirligi tomonidan
tasdiqlanadi, mahalliy yo’llar uchun esa mahalliy hokimiyatlar tomonidan tasdiqlanadi.
+qurilishda narxlarning shakllanishi jarayoni Davlat tomonidan smeta boyicha mehnat yo’l - qurilish mashinalarining ish
vaqti, qurilish materiallari, buyumlar, konstruksiyalar yarimfabrikatlar sarfini majburiy me’yorlash, qurilish ishchilari ish
haqlarini hisoblashga yagona ta’rif tuzilishini qollash, qurilish materiallari. buyumlar, yarimfabrikatlarga yagona ulgurji
narxlarning belgilash, qurilish mashinalaridan foydalanishning smeta narxlarining belgilash, yagona transport tariflari va elektro-
energiyaga ta’riflarini ornatish yo’li bilan nazorat qilinadi va tartibga solinadi.
Smeta me’yorlari-bu bir birlik qurilish ish hajmi inshootning konstruktiv elementiga togri keladigan togridan-togri
harajatlarining (qurilish materiallari, mehnat va ish haqi, qurilish mashinalarining ish vaqti) alohida elementlari miqdorining
natural korinishidagi ifodasidir.
Тogridan-togri harajatlar elementlari boyicha natural smeta me’yorlari va qiymat (narx) korsatgichlari majmui smeta
normativlari tizimini hosil qiladi.
+ollaniladigan barcha smeta me’yorlari qurilish tarmoqlari, vazifasi, ish turlari va yiriklashganlik darajasi boyicha turlarga
ajratiladi.
+qurilish tarmoqlari boyicha smeta me’yorlari fuqaro, sanoat, transport va boshqa qurilish turlari boyicha
differensiyalanadi.
Vazifasiga kora ishlarning smeta qiymatini aniqlash uchun xizmat qiluvchi va boshqa ishlar va harajatlar miqdorini
hisoblash uchun kerak boladigan normativlarga ajratiladi.
Yiriklashganlik darajasi boyicha me’yorlar elementlar boyicha, ya’ni alohida ish turlari yiriklashtirilgan (konstruktiv
elementlar va bino hamda inshootlarning yirik olchagichlari) me’yorlarga diferensiyallanadi.
Avtomobil yo’llari, kopriklar va boshqa yo’l inshootlarining smeta qiymatini aniqlash uchun qollaniladigan asosiy
me’yorlar quyidagilardan iborat:
1. Yiriklashtirilgan smeta me’yorlari (USN) yagona rayon birlik qiymatlari (YeRER) ni tuzish uchun foydalaniladigan
qurilish konstruksiyalari va ishlari uchun element smeta me’yorlari (ESN)
+qurilish smeta qiymati hisob-kitobining togriligi qollaniladigan smeta me’yorlari va narxlarining ishonchliligi va realligi
boyicha aniqlanadi. Smeta normativlarini ishlab chiqarish, ishlab chiqarish me’yorlari –qurilish, montaj va qurilish – ta’mirlash
ishlarining yagona me’yorlari va narxlari (YeNiR), qurilishni tashkil etishning tejamli va progressiv loyiha yechimlariga
asoslanadi.
Resurslar harajatining smeta me’yorlari, operativ-ishlab chiqarishni rejalashtirishi va me’yorlashtirishda foydalaniladigan
ishlab chiqarish me’yorlari (YeNiR) dan shu bilan farq qiladiki, ular ma’lum bir yiriklashtirilgan ishlar kompleksiga, ortacha
texnologiya ishlarini bajarishning ortacha uslubiyoti, smeta me’yorlari ishlab chiqarilayotgan paytdagi texnika progressining
tavsiyasini hisobga olgan holda belgilanadi.
Elementlar boyicha smeta me’yorlarining barcha yonalishlarida 16 mingdan ortiq me’yorlari jamlangan.
Har bir smeta me’yori norma, paragraf, konstruktiv element yoki ish turining nomi, me’yor aniqlashgan elementining
olchov birligi, me’yorida hisobga olingan qurilish jarayoni va ishlar tarkibi hamda son korsatgichlariga ega bolgan jadvaldan
tashkil topgan. Element smeta me’yorining nomeri ikki qismdan tashkil topgan: birinchi qism – toplam No ikkinchi qism
me’yorining toplamdagi tartib raqami. Element smeta me’yorlari qurilish ishlab chiqarishning tarmoq boyicha ortacha texnologik
darajasini aks ettirganligi sababli, loyiha boyicha ishlarni bajarishning oziga xos shart-sharoitlari qurilish me’yorlari va qoidalari
(SNiP) ning tegishli toplamlarida keltirilgan togrilash koeffitsentlari yordamida hisobga olinadi.
2. Yagona rayon birlik qiymatlari (YeRER) bino va inshootlar qurilishining smeta qiymatining aniqlash, smeta
qiymatining yiriklashtirilgan normativlarini, bino va inshootlar qurilishi preyskurantlarini ishlab chiqish va bajarilgan ishlar
uchun hisoblashishga xizmat qiladi.
Yagona rayon birlik qiymatlari (YeRER) turli qurilish ishlarini bajarishga boladigan togridan-togri harajatlarni xarakterlab,
qurilish konstruksiyalari va ishlari uchun element smeta me’yorlari, materiallar, buyumlar va konstruksiyalar uchun ortacha
rayon narxlari, qurilish mashinalari tasarruf etishning smeta baholari asosida tuzilgan.
Yagona rayon birlik qiymatlari (YeRER) ning har bir yonalishi texnik qismdan va konstruksiyalar yoki ishlarning qabul
qilingan birligiga togri keladigan togridan-togri ifoda etgan (harajatlar) birlik qiymatlari jadvalidan iborat.
Yagona rayon birlik qiymatlari (YeRER) dan foydalanish qoidalari, qurilish konstruksiyalari va ishlariga yagona rayon
birlik qiymatlarini qollash boyicha korsatmalarda keltirilgan.
Barcha qiymatlar (rossenkalar) uch guruh boyicha diferensiya qilingan: barcha turdagi harajatlar hisobga olingan qiymatlar
(rossenkalar) (masalan, yer ishlari uchun);
Detal va konstruksiyalarni montaj qilish qiymatlari, bunda ornatiladigan konstruksiya va detallarning qiymatlari hisobga
olinmagan, chunki ular tegishli smetalarda hisob-kitob qilingan (masalan, detal va konstruksiyalarni montaj qilinishi narxini
aniqlashda);
Mahalliy qurilish materiallarning narxlari hisobga olinmagan holda, faqat bu materiallarning qabul qilingan ishlar
olchamiga sarfi miqdorini korsatuvchi qiymatlar (rossenkalar). Bu guruh qiymatlari yo’l qoplamasining barcha qatlamlari
qiymatini aniqlash uchun qollaniladi. Avtomobil yo’llari qurilishi qiymatini aniqlashda bu qiymatlar mahalliy shart-sharoitlarga
«boglanishi» kerak.
3. +qurilish mashinilardan foydalanish boyicha smeta narxlari toplami, mashina va mexanizmlarning turlari va tiplari
boyicha ishlab chiqarilgan bolib, qurilish mashinasi ishining 1-mashina – soati uchun smeta narxlaridan tashkil topgan. Bir
mashina – soat ishlashning qiymatida quyidagi normativ harajatlar hisobga olingan: birdaniga boladigan harajatlar (mashinani
yetkazib kelish, kochirish, montaj va demontaj qilish), yillik harajatlar (mashinalarni 1 soat ishiga togri keladigan toliq ta’mirlash
va tiklashga amortizatsiya), joriy harajatlar (mashinalarni boshqaruvchi, ularga texnik xizmat korsatuvchi, joriy ta’mirlovchi,
yoyilgan smeta uskunalarini tiklovchi va ta’mirlovchi xodimlarni ta’minlab turishga, energoresurslarga, yordamchi
materiallariga, mexanizatsiya boshqarmasining ustama harajatlarini qoplashga boladigan harjatlar).
4. Materiallar, buyumlar va konstruksiyalarga ortacha rayon narxlari toplami materiallar, buyumlar va
konstruksiyalarning smeta qiymatlarini aniqlash qoidalaridan iborat bolib, quyidagi qismlardan iborat:
I.
+qurilish materiallari.
II.
+qurilish konstruksiyalari va detallari.
III.
Sanitar-texnik ishlari uchun materiallar va buyumlar.
IV.
Mahalliy materiallar.
V.
Montaj va maxsus qurilish ishlari uchun materiallar, buyumlar va konstruksiyalar.
Chetdan keltirilgan materiallar qiymati qurilishda narx shakllanishi sharoitlari boyicha taqsimlab chiqilgan, hududiy
rayonlar boyicha toplamning I- qismiga asosan aniqlanadi. qurilish materiallari, konstruksiyalari va detallarining ortacha rayon
narxlari materiallarni, buyumlarni, konstruksiyalarni qurilishning ob’ekt oldi omborxonasigacha yetkazib kelish bilan bogliq
bolgan barcha harajatlarni hisobga oladi.
Тoplamning 5-qismdagi ma’lumotlar, mahalliy materiallar, buyumlar va konstruksiyalarning smeta narxlarini hisoblash va
yagona rayon birlik qiymatlari (YeRER) ni mahalliy sharoitga boglash uchun xizmat qiladi.
5. +qurilish montaj ishlarini qish mavsumida bajarilganda boladigan qoshimcha harajatlarni aniqlash qoidalari.
6. Vaqtinchalik bino va inshootlar qurilishi uchun smeta me’yorlarini ishlab chiqish va qollash qoidalari.
7. +qurilish qiymatining yiriklashtirilgan korsatgichlar (UPSS) umumfoydalanish avtomobil yo’llari qiymatini aniqlashga
moljallangan bolib, oz tarkibiga togridan-togri harajatlar, ustama harajatlar va rejaviy jamgarmalarni oladi. +qurilish montaj
ishlarining qiymat korsatkichlari YeRER ning bazis sifatida qabul qilingan birinchi hududiy rayoni uchun hisoblab chiqilgan.
qurilish qiymatining yiriklashtirilgan korsatkichlari (UPSS) dan boshqa rayonlarda foydalanilganda togrilash koeffitsiyentlari
qollanilishi kerak.
Yo’l qurilishida har bir konkret davrida qollaniladigan smeta normativlari:
-amal qilib turgan rejalashtirish uslublari va yo’l xojaligi faoliyatiga baho berishning narxlar shakllanishi tuzumi bilan
boglashi;
-yo’l ob’ektlarining smeta qiymatlari qurilishda qollanilayotgan sanoat mahsulotlariga nisbatan amalda bolgan narxlar,
yuklarni tashishga va elektr energiyaga bolgan tariflarning aks etishini ta’minlashi;
-yo’l qurilishi samaradorligini oshirishga, moddiy texnika va mehnat resurslarini tejamligi smeta me’yorlari va narxlarning
ragbatlantiruvchi rolining oshishini ta’minlashi;
-smeta hisob-kitoblarining ishonchligini ortib borgani holda, smeta hujjatlarining tuzishni soddalashtirishga imkon
yaratishi kerak.
|