• Temir-beton buyumlar ishlab chiqarish texnologiyasn
  • Qurilishning moddiy texnik ta`minoti reja




    Download 58,67 Kb.
    bet10/14
    Sana24.05.2024
    Hajmi58,67 Kb.
    #252386
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
    Bog'liq
    Qurilishning moddiy texnik ta`minoti reja

    Temir-beton buyumlar
    Qurilish materiali sifatida ishlatiladigan temir-beton buyumlarda beton va po’latning birgalikdagi ishlashi foydali ravishda birga qo’shilib ketadi. Beton siquvchi kuchlarga yaxshi, ammo cho’zuvchi kuchlanishlarga zaif qarshilik ko’rsatadi (cho’zilishdagi mustahkamligi siqilishdagi mustahkamligidan 10—15 marta kam). Po’lat esa cho’zilishdagi mustahkamlik chegarasi yuqori bo’lganligidan cho’zuvchi kuchlanishlarga yaxshi qarshilik ko’rsata oladi. Shunday qilib, temir-betondan tayyorlangan buyum siquvchi, cho’zuvchi va eguvchi kuchlarga yaxshi qarshilik ko’rsatishi mumkin.
    Hozirgi vaqtda tayyorlanayotgan temir-beton buyumlarning nomenklaturasi juda xilma-xil. Bularga poydevor plitalari, bloklar va panellar, yopma balkalari, kolonnalar, stropilabop balkalar, fermalar, progonlar, devor panellari, orayopma panellari va plitalari, zinapoya marshlari va maydonchalari, trubalar va hokazolar kiradi.
    Temir-beton buyumlar ishlab chiqarish texnologiyasn
    Temir-beton buyumlar va konstruksiyalar asosan zavodlarda tayyorlanadi. Ularni tayyorlash jarayonlariga quyidagi operatsiyalar kiradi: beton aralashmasi tayyorlash, armatura va armatura karkaslari tayyorlash, temir-beton buyumlarni armaturalash, qoliplash, issiqlik-namlik bilan ishlov berish va buyumlarning old yuzalarini manzarali qilib pardozlash.
    Temir-beton buyumlarni tayyorlashning kassetali usuli buyumlarni ko’p o’rinli kassetali mexanizatsiyalashtirilgan mashinada tayyorlashni ko’zda tutadi. Bunday mashina vertikal bo’lmalar (otseklar) — po’lat listlarning bir necha qatoridan iborat bo’ladi. Kassetalarda yirik panel ko’rinishidagi temir-beton buyumlar tayyorlanadi. Panellar tayyorlash jarayoni quyidagilardan iborat. Kasseta listlari tozalangan va moylanganidan keyin (listlar kerib qo’yilgan) ular orasiga armatura karkasi o’rnatiladi, shundan keyin kasseta devorchalari buyum o’lchamlariga mos keladigan vaziyatda bir-biriga yaqinlashtiriladi. Kassetaga beton qorishmasi solinib, kasseta listlariga mahkamlab qo’yilgan vibratorlar bilan zichlanadi. Shundan keyin kassetalar qorishmani bug’lash uchun bug’lash bo’lmasiga beriladi. Bir necha soatdan keyin, ya'ni beton opalubkadan olinadigan mustahkamligini olganidan keyin kasseta keriladi va undan ko’prik kran yordamida tayyor panel chiqarib olinadi.

    Download 58,67 Kb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




    Download 58,67 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qurilishning moddiy texnik ta`minoti reja

    Download 58,67 Kb.