• Qurilish ishlarini tashkil etish
  • Qurilish ishlarini tashkil etish, qurilish ishlarini texnik-iqtisodiy asoslash




    Download 58,67 Kb.
    bet12/14
    Sana24.05.2024
    Hajmi58,67 Kb.
    #252386
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
    Bog'liq
    Qurilishning moddiy texnik ta`minoti reja

    4. Qurilish ishlarini tashkil etish, qurilish ishlarini texnik-iqtisodiy asoslash
    Qurilish moddiy ishlab chiqarishning muhim sohalaridan biri hisoblanadi. Iqtisodiyotning barcha sohalari, sanoat ishlab chiqarish potensialining o’sish sur'ati, xalqning moddiy-madaniy farovonligining o’sishi bevosita kapital qurilish bilan bog’liq.
    Ijtimoiy ishlab chiqarish har bir sohaning xalq xo’jaligini rivojlantirishdagi ahamiyati, avvalo uning mahsuloti va shu mahsulotni ishlab chiqarish ko’lami bilan belgilanadi. Qurilish mahsuloti qurilgan va foydalanish uchun topshirilgan ob'ekt — bino va inshootlar hisoblanadi. Bunday mahsulotga bo’lgan ehtiyoj yildan yilga oshib bormokda. Shu bilan birga, qurilish sifatiga hamda qurilayotgan binolarning arxitekturasiga qo’yiladigan talablar to’xtovsiz orta bormoqda. Jamiyatning ehtiyojlari o’sib borayotganligi va kapital qurilishni rivojlantirish borasida ko’pgina yirik tadbirlar ko’rilayotganligi, har tomonlama industrlashtirilayotganligi tufayli mamlakatimizda qurilish ko’lami to’xtovsiz o’sib bormoqda.


    Qurilish ishlarini tashkil etish
    Respublikada barcha inshoot va binolar, asosan, pudrat usulida quriladi. Bu usulning mohiyati quyidagicha: qurilish tashkilotlari buyurtmachilarning — shahar hokimliklari, zavodlar, fabrikalar va boshqa davlat hamda kooperatsiya tashkilotlarining buyurtmalari bo’yicha qurilish-montaj ishlarini bajaradi.
    Buyurtmachilar bilan pudratchilar o’zaro shartnomalarga asosan munosabatda bo’ladilar. Buyurtmachi tashkilot quyidagi majburiyatlarni o’z zimmasiga oladi: quriladigan bino (inshoot)ning loyihasi va smetasini pudratchi tashkilotga topshiradi, bino uchun yer uchastkasi oladi, tegishli uskunalar va ba'zi maxsus materiallarni pudratchiga topshiradi, shuningdek, qurilishni moliyaviy jihatdan ta'minlaydi. Loyiha va smetani buyurtmachiga shartnoma bo’yicha davlat loyiha tashkilotlari tuzib beradi.
    Pudratchi tashkilot esa berilgan loyihaga va amaldagi texnik shartlarga binoan bino va inshootlarni belgilangan muddatida bitkazib berish majburiyatini o’z zimmasiga oladi.
    Shunday qilib, qurilish va uning industrial bazasi
    birinchidan, qurilishning pudrat usulini yiriklashtirish, pudratchi tashkilotlarning texnik jihozlanish darajasini o’stirish yo’lidan;
    ikkinchidan, qurilishni har tomonlama industrlashtirish (qurilish va montaj ishlarini kompleks mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish, qo’llaniladigan konstruksiyalarning maksimal darajada yig’iluvchanligi, unifikatsiyalangan detallar, konstruksiyalar, bloklar va uzellarni tayyor holda ko’plab ishlab chiqarish hamda qurilishning potok usullari) yo’lidan;
    uchinchidan, pudratchi tashkilotlarni ixtisoslashtirish va elektrlashtirish hamda qurilishda qatnashadigan korxona va tashkilotlar orasida ishlab chiqarish kooperatsiyasini taraqqiy ettirish yo’lidan olib borilmoqda.



    Download 58,67 Kb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




    Download 58,67 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qurilish ishlarini tashkil etish, qurilish ishlarini texnik-iqtisodiy asoslash

    Download 58,67 Kb.