• Markaziy sirkulatsiya trubali bug‘atkich.
  • III BOB.Texnologik bo‘lim
  • Bir korpusli, uzluksiz ishlaydigan bug‘atish qurilmasining sxemasi




    Download 151,95 Kb.
    bet2/3
    Sana27.06.2024
    Hajmi151,95 Kb.
    #266020
    1   2   3
    Bog'liq
    CHALA

    Bir korpusli, uzluksiz ishlaydigan bug‘atish qurilmasining sxemasi.
    1,8- nasoslar; 2 - sarf o‘lchagich; 3 - isitkich;
    4 - bug‘latgich; 5 - barometrik kondensator; 6 - ushlagich;
    7 - barometrik truba.

    Markaziy sirkulatsiya trubali, uzluksiz ishlaydigan bug‘latkich





    Bug‘latgich asosan ikki qismdan, ya’ni isituvchi kamera 1 va separator 2 dan iborat bo‘ladi. Kamera 1 ko‘pincha to‘yingan suvbug‘ bilan isitiladi. Suvbug‘ kameraning trubalararo bo‘shlig‘ga yo‘lialtiriladi, u yerda truba devori orqali o‘z issiqligini eritmaga uzatadi va sovitish natijasida kondensatsiyalanadi. Hosil bo‘lgan kondensat kameraning pastki qismidagi shtuser orqali tashqariga chiqariladi.
    Trubalarda isitilayotgan eritmaning temperaturasi ortishi bilan zichligi kamayadi. Natijada, eritma truba bo‘ylab yuqoriga ko‘tariladi va devor orqali o‘tayotgan issiqlik ta’sirida qaynash boshlanadi. Qaynash jarayonida hosil bo‘layotgan ikkilamchi bug‘ eritmadan ajraydi va separator 2 ga qarab harakatlanadi. U yerda bug‘ mayda eritma
    tomchilaridan ajratiladi va bug‘ tashqariga chiqariladi.

    Markaziy sirkulatsiya trubali
    bug‘atkich.
    1 - isituvchi kamera; 2 - separator;
    3 - isituvchi trubalar;
    4-sirkulatsiya trubasi.

    Separatorda ajratilgan tomchilar yana qaytadan bug‘anayotgan eritmaga qo‘shiladi
    Eritmaning ma’lum qismi (zichligi yuqori) sirkulatsiya trubasi orqali
    bug‘atishning pastki qismiga tushadi. Ushbu trubadagi eritma va isituvchi trubalardagi ≪bug‘ - suyuqlik≫ aralashmasi zichliklari o‘rtasidagi farq ta’sirida

    III BOB.Texnologik bo‘lim
    3.1.Konservalangan sabzavot sharbatlari
    Konservalangan sabzavot sharbatlari tabiiy mahsulot – ichimliklardir. Tomat sharbati katta miqdorda mexanizatsiyalangan liniyalarda ishlab chiqariladi. Oz miqdorda sabzi, lavlagi, qovoq va boshqa sabzavot sharbatlari konservalanadi. Tabiiy tomat sharbati Tomat sharbati pishgan tomatdan etli bir jinsli konsistensiyada olinadi. Sharbat tabiiy holda konservalanadi, ba’zan 0,6-1,0% osh tuzi solinadi. Mahsulot asosan bevosita iste’mol qilish uchun ishlatiladi, ba’zan ayrim ichimliklarning tarkibiy qismini tashkil etadi (masalan, “Aromatniy” ichimligi va hokazo.). Bundan tashqari, quruq modda miqdori 40% bo‘lgan konsentrlangan tomat sharbati ishlab chiqariladi.
    Xom ashyo sifatida tomatning tomat-pasta va tomat-pyure uchun qo‘llaniladigan navlari ishlatiladi. Sharbat ishlab chiqarish uchun saralangan pishgan tomatlar ishlatilishi kerak. Qand-kislota indeksi 8 bo‘lgan tomat sharbati yaxshi ta’mga ega. Mavsum so‘ngida korxonaga sifati past tomatlar keltiriladi. Ulardan faqat pasta ishlab chiqarish mumkin, ammo undan sharbat tayyorlash mumkin emas. Vitaminlarni saqlash uchun tomat sharbati ishlab chiqarish jarayoni germetik berk sistemada amalga oshiriladi. Tomat bilan kontaktga kiruvchi detallar korroziyalanmaydigan materialdan ishlab chiqariladi: zanglamas po‘lat, yuqori miqdorda xromli cho‘yan. Tomat sharbati ishlab chiqarishda quyidagi operatsiyalar amalga oshiriladi.
    Mevalarni yuvish. Tomatlar ventillyatsion yuvish mashinalarida yuviladi. Ba’zan xom ashyoni ishlab chiqarishga uzatuvchi gidravlik transportyorda yuviladi. Inspeksiya. Tomatlarning inspeksiyasi, tomat-pasta liniyalariga o‘xshab, 0,1 m/s tezlikda harakatlanuvchi rolikli konveyyerlarda amalga oshiriladi. Defektli tomatlar qo‘lda ajratib olinadi. Mevalarni chayish uchun konveyyer ustida dushlar o‘rnatilgan, ularga suv 200-300 kPa bosimda beriladi. Tomat yuzasidan suv oqib ulgurishi uchun dush nuqtalari transportyor oxiridan 2m masofada o‘rnatiladi. Maydalash. Tomatni isitish osonlashishi va sharbat siqib chiqarish tezlashishi uchun u maydalanadi. Buning uchun uroqsimon pichoqli maydalagich, maydalagich-nasos,

    Download 151,95 Kb.
    1   2   3




    Download 151,95 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bir korpusli, uzluksiz ishlaydigan bug‘atish qurilmasining sxemasi

    Download 151,95 Kb.