|
Quyma olish texnologik jarayonining umumiy tavsifi
|
bet | 6/9 | Sana | 29.01.2024 | Hajmi | 2,64 Mb. | | #148168 |
Bog'liq Quyma olish texnologik jarayonining umumiy tavsifi
Bu usul eng progressiv usullardan, bunda quyma aniqligi, jarayon unumdorligini, quyma o’lchovlari aniqligi va quyma yuzasining tozaligi bilan usul ko’proq rangli qotishmalarda quyma olishda ishlatiladi. Ko’proq alyuminiy, magniy, mis qotishmalaridan quyma olishda qo’llaniladi, avtomobilsozlik, optika mexanika sohasi mashinasozlikda qo’llaniladi. Usulning mohiyati suyuq metalldan yasalgan press formaga bosim ostida quyiladi, bosim kuchi (300-3000) 102 Pa, metallning qolipga quyish tezligi 0,5-140 m/s. Bu usulda metallni ishlatish koeffitsiyenti eng yuqori (51-rasm).
Silindr ichiga cho’mich bilan quyilgan metall suyuq metall porshen bilan ichki joyiga presslar quyish tizimi orqali quyiladi. Qotishma qotgandan suriladigan yarim qolip quyma bilan birga va quyish tizimi bilan orqaga qaytadi, toki tayanchga borguncha. Quyma maxsus turtkich yordamida press-formadan chiqarib yuboriladi. Qimirlamaydigan yarim qolip plita bilan bir joyda qoladi. Ishchi sikl tamom bo’lgandan keyin presslovchi porshen dastlabki joyiga qaytadi. Press-form usuliga yuqori unumdorlik, qoliplash tezligi, yuqori solishtirish bosim tavsiyalanadi. Quymani sifatiga qotishmani markasi, zagotovka konstruksiyasi, pressforma konstruksiyasi va yuzasi sifati va qotishma darajasi, press-formasi o’zini quyish vaqtidagi-darajasi ta’sir qiladi bu usul bilan alyuminiykremniy, alyuminiy-kremniy-mis, alyuminiy magniy qotishmalari quyiladi. Eng yaxshi quyish tavsifnomasi sink qotishmalarda. Press- formalar po’latdan yasaladi. Press-formalar yuradigan va qotirilgan qismlardan, ularni ichida qo’shimchalar, o’zaklar, chiqaruvchilar, vtulkalar, suv bilan sovutish va havo o’tkazish qurilmalari bor.
51-rasm. Gorizontal kamerali sovuq bosim ostida ishlaydigan mashina:
1,2-statsionar va yuradigan yarim qoliplar; 3-plita; 4-yuradigan plita; 5-kanallar; 6-o’zak; 7-tortib chiqaruvchi; 8-plita; 9-silindr; 10-teshik; 11-plunjer; 12-press qoldiq; 13-tayanch; 14-quyma maxsulot.
Bosim ostida ishlaydigan mashinalarning to’rtta turi bor: porshen yordamida qizitilgan siqish kamerali, kompressorli statsionar va yuradigan siqish kamerali porshenli mashinalarning (52-rasm) suyuqlanish darajasi 450 0C bo’lgan quymakorlik qotishmalar uchun ishlatiladi (rux Zn, qo’rg’oshin Pb, qalay Sn). Bu mashinalar qo’lda ishlaydigan, yarimavtomatik va avtomatik turlarga bo’linadi. Ularni ishlash prinsipi bir xil. Cho’yandan (52 a-rasm) yasalgan 1 vannaga suyuq metall qo’yiladi, metall sovimasligi uchun harorati bir xil ushlanadi, uning uchun vanna isitib turiladi. Teshik 2 orqali silindr ichini 4 va kanal 3 suyuq metall bilan to’ldiriladi. Metallni quyishdan oldin qolip 7 yopiladi, mundshtuk 6 sovuq kanalga yopishib turadi. Keyin avtomatik tarzda pnevmatik silindr 8 ishga tushadi va porshen 5 silindr 4 ichida sirg’aladi va suyuq metall 7 qolipga o’tkaziladi. Suyuq metall qotib qolgandan keyin porshen ko’tariladi qolipni ochadi va quymani chiqarishga imkoniyat tug’iladi. Undan keyin qolipni havo bilan puflab sikl yana qaytariladi. Mashinani bir kishi boshaqaradi. Yarimavtomat mashinasining unumdorligi 250, avtomatik mashina, unumdorligi 1000 quyish operatsiya soatiga. Kompressorli statsionar kamerali mashina quyidagi prinsip orqali ishlaydi.
Teshik 1 orqali suyuq metall 2 silkitish kamerasiga o’tkaziladi va probka 3 bilan yopiladi. Siqilgan havo 4 teshikdan kiradi va vanna yuzasiga to’la bosim hosil qillib suyuq metallni 5 patrubok orqali mundshtuk 6 orqali 7 qolipga haydaydi (52b-rasm).
Mashina unumdorligi 60-500 quyish sikli soatiga kompressorli mashina (52-rasm) eng ko’p tarqalgan, ularni qimirlamaydigan siqish kamerali, ishlash prinsipi quyidagicha: cho’yan 1 vannaga yuradigan 2 siqish kamerasi joylashgan, kameraning boshqa tomonida teshik 4 joylashgan. Yurgizish mexanizmini ishga tushirgandan keyin vanna ichidagi tortuvchilar orqali vanna ichidan ko’tariladi va mundstuk yurgizish 5 kanali oldiga keladi, va shu paytda 4 teshikli vtulka 6 oldiga keladi (poz.11). Siqiligan havo keyin suyuq metallni yopiq qolipga haydaydi. Mashinani bir kishi boshqaradi, mashina unumdorligi 50-500 soatiga quyish, bosimi 10-100at.
Rangli va qattiq eriydigan qotishmalar uchun porshenli sovuq kamerali mashinalar qo’llaniladi (52g-rasm). O’lchovli cho’mich silindr 1 metallni qo’yadi. Pastki porshen 4 kirish teshigini yopadi, unga suyuq metallning oldinroq kirib qolmasligi uchun. Presslovchi porshen 2 o’zining ishchi yurishini past tarafga yurg’izadi. Pastki porshen 4 kameraning yelkalariga suyanib pastga tushadi, suyuq metall qolip 3 presslanadi. Keyin porshen 2 tepa qismiga qaytadi. Qolgan metall 5 porshen 4 harakati bilan ortiqchasini quyish tizimidan kesib tashlaydi va silindrdan chiqarib yuboradi (III poz.). Qolip ochiladi va quyma chiqariladi. Mashinaga presslash bosimi 100 – 2000 at. bo’ladi.
52-rasm
|
| |