|
Gazlanib chiqib ketadigan moslamalar (JGM)
|
bet | 4/9 | Sana | 29.01.2024 | Hajmi | 2,64 Mb. | | #148168 |
Bog'liq Quyma olish texnologik jarayonining umumiy tavsifi 2 Gazlanib chiqib ketadigan moslamalar (JGM)
Ushbu usulda moslama qumli ajralmaydigan qolipda bajariladi va undan chiqarilmaydi. Moslama materiali sifatida penopolistirol qo’l1aniladi. Quyish davomida suyuq metallni issiqligiga moslamani materialiga o’tib ketadi va uni o’rnini quyilgan metal egallaydi. Vakumli quyishda va sovutishda ishlatish ekologik tarafdan toza bo’lgan ishlab chiqarish tashkil qilishga imkoniyat beradi va LGM konkurent bardoshlik va perspektivli texnologiya sifatida ayniqsa avtomobilsozlikda ishlatilsa bo’ladi (45-46-rasmlar).
a b
45-rasm. Gazlanib chiqib ketadigan moslsama yordamida quyma olish tehnologi sxemasi
46-rasm. Gazlanib chiqib ketadigan moslama yordamida quymani olish texnologiyasi:
a – oddiy usulda; b – gazlanib chiqib ketadigan moslama yordamida.
Qum saqichli termoreaktiv aralashmalarda qobiq qoliplarda quyma olish texnologiyasini asosi bu yarim qolip va o’zaklarni yupqa devorli qobiq qoplamdir.
Bular qizdirilgan metalldan yasalgan moslamalarda qotiriladigan qolipda, bunda bog’lovchi modda erib ketib, keyin qotadi, qoplamga kerakli puxtalikni beradi
Qobiq qoliplar yordamida tayyor detalga yaqin kelgan quymalarni olish mumkin. Bu jarayondagi ba’zi bir termoreaktiv saqichlarni suyuq holatga o’tishi, keyincha qaytmas shartiga yuqori darajada qotib qolishi hisobga olinadi. Qobiq qoliplarni tayyorlashga qolip aralashmasi maxsus bunkerga solinadi va unda 220-250°C qizdirilgan model plitasi bor. Bunda 180°C qizdirilganda va ushbu holda 12-20 soniya turiladi. Ma’lum vaqt o’tgandan keyin moslamada 6-10 mm qolip aralashmasi qoplam hosil bo’ladi. Undan keyin dastlabgi holiga qaytariladi, moslamalar plitasi qobiq qoplami chiqarib olinadi. Model pilitani ustidagi qoplama bilan elektropech ichiga joylashtiriladi, qoplama qotib qolguncha tagiga platadan maxsus turtgich yordamida chiqarib olinadi. Pastki qobiq qoplam, yarim qolip unga o’zaklar o’rnatilgandan kegin qolipning tepa qismi bilan bo’lgan yarim qolip bilan yopiladi va qolip tayyor bo’ladi. Tayyor qoliplar konteynerga joylashtiriladi va qum bilan qobiq qolip quyish jarayonida ajralib ketmasligi uchun, to’ldiriladi (47-rasm). 48-rasmda qobiq qolipni tayyorlab olish sxemasi ko’rsatilgan.
47-rasm. Qoplamli qolip konteynerda joylashgan:
1- qolip; 2-konteyner; 3-metalli drob (mayda shariklar).
48-rasm. Qobiq qolipda quymani tayyorlab olish sxemasi:
cho’yandan yasalgan model plitasi; 1,2 – metalldan yasalgan moslamalar;
3 – aylanadigan bunker; 4 – qolip aralashmasi; B – model plitasiga qolip aralashmasi tushishi; V – yopishmagan aralashmaning bunkerga tushishi qotib qolgan qoplama 5, turtki 6.
|
| |