|
-rasm. Porshen olish kokili
|
bet | 8/9 | Sana | 29.01.2024 | Hajmi | 2,64 Mb. | | #148168 |
Bog'liq Quyma olish texnologik jarayonining umumiy tavsifi
Qolipdagi gazlar gaz chiqariladigan 10 kanal orqali chiqib ketadi. Gaz kanallari chuqurligi 0,2 – 0,5mm. Quymani qolipdan chiqarish uchun turtib chiqaruvchi maxsus temir o’zaklar bor. Bular silindrsimon armaturadan ishlab chiqiladi. Bu armaturalar 11 teshikda qolipini devoridan o’tadi. Qolip yopiq vaqtida turtib chiqaruvchi temirlar ko’rinmaydi va qolipni ochilishida ular chiqib quymani chiqarib yuborishadi.
54-rasm. Amortizatorni olish kokili
Xulosa
Maxsus usullar aniq quyma olishni asosiy tehnologiyalari bo’ladi. Maxsus usullarda metallni foydali ishlatilishi 0,8-0,95% ga oshadi.
Maxsus usullar quymalarni tayyor detallarga 90-95%gacha yaqinlashtiradi. Maxsus usullarda olinadigan quymalar 4-5 marta qum-gilli qolipda olishdan qimmatroqdir, chunki materiallari va mehnati ko’proqdir.
Quymaning nusxasi qolipning ishchi bo’shlig’ini hosil qilish va quymaning shaklini olish uchun ishlatiladi (ГОСТ 17819- 84). Nusxaning o’lchami quymaning o’lchamiga qaraganda katta bo’lib, suyuq metallning kirishuvchanligi va quymaning tashqi qismlarida beriladigan mexanik ishlov hisobga olib tayyorlanadi. Nusxada quymaning shaklidan tashqari o’zakni o’rnatish uchun belgi ham tayyorlanadi.
Belgiga suyuq metall tushmaydi, u o’zak bilan bekilib ketadi. Quymaning konstruksiyasiga tanlangan tayyorlash uslubiga qarab nusxalar ajraladigan va ajralmaydigan turlarga bo’linadi. Nusxa osti moslamani yig’indisiga quyma nusxasidan tashqari quyilish-ta’minlagich sistemasining nusxasi ham kiradi. Ular eritmaning qolip bo’shlig’iga yetib kelib, uni to’ldirish uchun shlakdan va boshqa metallmas materiallarning qolip bo’shlig`iga yetib kelmasligi uchun xizmat qiladi.
Quyma zagotovkalarni berilgan miqdorda olish texnologlyasining barcha texnik tarafi quyish sexining texnik bo’limi tomonidan oldindan loyihalashtiriladi va quymalami ishlab chiqarish texnologik jarayoni hujjatlarini ishlab chiqish ko’rinishida rasmiylashtiriladi.
|
| |