|
Konspekt turlari
|
bet | 1/5 | Sana | 07.07.2024 | Hajmi | 400,32 Kb. | | #266885 |
Bog'liq ksdLmlBpVjtHFTOjTkMkbvAjOmA11n1cDCfPPxOk
5-MAVZU
|
KONSPEKT.
KONSPEKT TURLARI
|
Konspekt – bu yozma ko‘rinishdagi matnning qisqacha mazmuni, u xotirada kerakli ma’lumotlarni tiklash imkonini beradi.
Konspekt yozish qoidalari:
avval daftar hoshiyasining chap tomonida ma’ruza o‘tkazilgan sana, so‘ng ma’ruza mavzusi yoziladi;
avval ma’ruzachining fikrini oxirigacha eshitib, so‘ng yozish kerak, chunki ma’ruzachi ba’zida mavzudan chetga chiqishi mumkin;
ma’ruzachi “e’tibor bering”, “ta’kidlash joizki”, “bu juda muhim” jumlalarini aytgan vaqtida qizil ruchka bilan shu qismlarini iloji boricha ko‘proq yozib olishga harakat qilish kerak;
(oddiy siyohrang bilan emas) kalit so‘zlarni boshqa rang bilan belgilab qo‘yish kerak;
agar talaba ma’ruzachi bergan axborotlarni yozishga ulgurmasa, ma’ruzadan keyin tinch muhitda to‘ldirish uchun joy qoldirishi hamda kalit so‘zlarni yozib olishi kerak;
agar o‘qituvchi doskada bir nimalarni yozsa yoki chizsa, talaba bu axborotni albatta yozib olishi kerak;
konspektlashtirishda ma’ruza mazmunini to‘liqroq qamrab olish uchun o‘ziga ma’lum bo‘lgan qisqartirishlar, abbreviaturalarni qo‘llash muhim.
Коnspekt turlari
rejali
tematik
erkin
маtnli
|
| |