|
Konspekt turlari
|
bet | 3/5 | Sana | 07.07.2024 | Hajmi | 400,32 Kb. | | #266885 |
Bog'liq ksdLmlBpVjtHFTOjTkMkbvAjOmA11n1cDCfPPxOkErkin konspekt ko‘chirmalar, iqtiboslar, ba’zida tezislarni o‘z ichiga oladi; uning bir qismiga reja tuzilishi mumkin.
Erkin konspekt mustaqil ravishda aniq va qisqa asosiy mazmunini bayon qilish ko‘nikmasini talab etadi, buning uchun materialni chuqur tushunish, katta va faol so‘z boyligiga ega bo‘lish kerak. Erkin konspekt ustida ko‘p ishlash kerak, uni tuzish oson emas.
Tematik konspekt qo‘yilgan savol-mavzuga mukammalroq bo‘lgan javob beradi (foydalanilgan manbalar va materiallar soniga qarab). Shuning uchun u tematik nomini olgan. Bu konspektning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, u bir necha manbalardan ma’lum bir mavzuni o‘rganish davomida foydalanilgan asarlardan har birining to‘liq mazmunini bermasligi mumkin.
Tematik konspektni tuzish har tomonlama o‘ylab, bir masalani turrli nuqtai nazardan tahlil qilishga o‘rgatadi..
Shunday qilib bu konspekt, bir necha manbalar foydalanilganda, mavzu ustida ishlashni osonlashtiradi.
Tematik konspetdan ham foydalansa bo‘ladi. Bunda ma’lum bir mavzuga bir yoki bir necha manbalardan foydalanib tematik obzor tuziladi.
Obzorli tematik konspektga xronologik oknspektni ham kiritish mumkin. Nomlanishidan ham bilsa bo‘ladiki, bunda voqealar xronologik ketma-ketlikda berib boriladi.
Xronologik konspekt obzorliga nisbatan qisqaroq bo‘ladi.
Konspektlashtirish usullari
Tezislar — bu o‘rganilayotgan materialdagi asosiy fikrning, mazmunning qisqacha ko‘rinishi. Tezislar o‘qilayotgan asarni mohiyatini ifodalab, mazmunini ochib berishga imkon yaratadi. Tezislar ko‘rinishidagi yozuvlarni o‘rganishni boshlaganda muallif isbot qilmoqchi bo‘lgan asosiy fikr berilgan joylarni matnni o‘zida belgilab borish kerak. Ko‘pincha bunday joylash boshqa shriftlar bilan beriladi.
Matnni chiziqli ketma-ket yozish. Chiziqli ketma-ket usul bilan konspekt yozishda plakat-bezatish vositalarini qo‘llash maqsadga muvofiq, ularga quyidagilar kiradi:
konspekt matnini gorizontal va vertikal bo‘yicha surish;
ahamiyatga ega so‘zlarni to‘q rang bilan ajratish;
turli ranglarni qo‘llash;
asosiy axborotni ramkaga olish.
|
| |