• Qismli sxema
  • Konspektlashtirishning parallel usuli
  • Kombinatsiyalangan konspekt
  • Xotira xaritasi
  • Konspekt turlari




    Download 400,32 Kb.
    bet4/5
    Sana07.07.2024
    Hajmi400,32 Kb.
    #266885
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    ksdLmlBpVjtHFTOjTkMkbvAjOmA11n1cDCfPPxOk

    «Savol - javob» usuli. Bunda daftarni vertikal chiziq bilan ikki qismga bo‘lib, konspekt yozuvchi varraqning chap tomoniga mustaqil ravishda savol yoki muammolarni yozadi, o‘ng tomonida esa ularga javob beradi.
    «Savol-javob» usulining ko‘rinishlaridan biri — savol o‘rniga muallif tomonidan olib chiqilgan muammo ifodalangan, o‘ng tomonida esa javob o‘rniga ushbu muammoning yechimi berilgan jadval. Ba’zida jadvalda qo‘shimcha qatorlar paydo bo‘lishi mumkin: masalan,«mening fikrim» va b.
    Qismli sxema — matn tuzilmasini yorqinroq aks ettiruvchi konspektlashtirish usuli — bunda matn qismlari (tayanch so‘zlar, so‘z birikmalari, turli tushuntirishlar) grafika bilan birgalikda qisqa va aniq konspekt yozishga yordam beradi.
    Oddiy sxema — qismli sxemaga yaqin bo‘lgan konspektlashtirish usuli, konspekt yozuvchi unga tushuntirish yozishi shart emas, lekin og‘zaki tushuntirishi kerak. Bu usul konspekt yozuvchidan yuqori malakali bo‘lishni talab qiladi. Aks holda bunday konspektdan foydalanish mumkin bo‘lmay qoladi.
    Konspektlashtirishning parallel usuli. Konspekt parallel ravishda ikki varaqda bajariladi yoki bir varaq vertikal chiziq bilan ikki qismga bo‘linadi hamda yozuvlar ham chap tomonda ham o‘ng tomonda olib boriladi.
    Biroq bir materialni konspekt qilishda turli usullarni qo‘llash yaxshi natija beradi.
    Kombinatsiyalangan konspekt — to‘g‘ri konspektlashtirishning yuqori cho‘qqisi. Bunda bir konspektda barcha usullar mohirona qo‘llaniladi. (konspekt matni, konspekt yozuvchining hoxishiga ko‘ra bir turdagi konspekt boshqa turiga erkin o‘tadi). Aynan kombinatsiyalangan konspektda talabaning tayyorgarligi va o‘ziga xosligi namoyon bo‘ladi.
    Xotira xaritasi
    Xotira xaritasi shaklida konspektlashtirish mashhur bo‘lmoqda. Axborotni qayd qilish usulning muallifi – taniqli psixolog Toni Byuzen.
    Jarayon shunday tarzda o‘tadi: chuqur emotsional taassurot hosil qiluvchi timsollar xaritasi tuziladi, bu materialni eslab qolish imkoniyatini oshiradi.
    Bu metod an’anaviy konspektlashtirishga nisbatan kamroq harakat talab qiladi, chunki yozuvlar ijodiy va erkin tarzda olib boriladi. Xotira xaritalarini tuzishda olingan ma’lumotlarning asosiy g‘oyalari qisqa, aniq, tushunarli bo‘lib, ular orasida mantiqiy bog‘liqlik seziladi.
    Xaritalar hoxishingizga qarab o‘zgarishi mumkin, masalan, qaytarish orqali kengayishi mumkin. To‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan qaytarishlar xotirada o‘rganilganlarni oson va mustahkam saqlab qolish imkonini beradi.

    Download 400,32 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 400,32 Kb.