• Matnli (matnga oid) konspekt
  • Konspekt turlarining nomini (ularni turlicha nomlash mumkin) emas, ularning mohiyatini tushunish muhim




    Download 400,32 Kb.
    bet2/5
    Sana07.07.2024
    Hajmi400,32 Kb.
    #266885
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    ksdLmlBpVjtHFTOjTkMkbvAjOmA11n1cDCfPPxOk

    Konspekt turlarining nomini (ularni turlicha nomlash mumkin) emas, ularning mohiyatini tushunish muhim

    Rejali konspektni oldindan asarga tuzilgan reja yordamida oson yozish mumkin. Bunda reja konspekt yozilishi uchun maxsus tuziladi yoki mustaqil yozuv sifatida oldindan tuzilganidan foydalaniladi. Bunday yozuvda rejaning har bir savoliga konspektning ma’lum bir qismi to‘g‘ri keladi. Biroq rejaning qismi qo‘shimcha va tushuntirishlarni talab qilmasa, u matn bilan berilmaydi. Bu aniq, qisqa, ixcham reja-konspektning o‘ziga xos xususiyatidan biri.
    Konspektlashtirish maqsadlarini e’tiborga olib o‘qiganlarini qayta bayon qiladigan, reja shaklida qisqa bo‘lgan konspekt o‘rganish jarayonida materialni yaxshiroq o‘zlashtirishga yordam beradi. Kitobning mazmuni konspekt yozishda esda qoladi. U o‘z fikrini ketma-ket va aniq ifodalay olish, reja tuzishda uning mazmunini umumlashtirib kitob ustida ishlashga o‘rgatadi.
    Ko‘nikma bo‘lganda konspekt o‘z shaklida tez, qisqa, oddiy va tushunarli tuziladi. Bunday afzalliklari doklad yoki chiqishlar tez tayyorlashda eng yaxshi yordamchi bo‘ladi. Agar kitob orasiga belgilar qo‘yilgan varoqlar qo‘yilsa, ular asosida konspekt tuzish osonroq bo‘ladi.
    Biroq vaqt o‘tishi bilan u bilan ishlash qiyinchilik tug‘dirishi mumkin, chunki har doim ham manbaning mazmuni xotirada saqlanib qolmaydi. Bu holda kitobni o‘qish davomida belgilar qo‘yilgan varoqlar yordamga keladi. Shu sababli belgilar qo‘yilgan varoqlar saqlab qo‘yiladi.
    Savol-javobli konspekt eng sodda rejali konspekt sanaladi. Bunda savollar shaklida tuzilgan rejaga konspekt ko‘rinishida aniq javoblar beriladi.
    Ishlab chiqish, o‘zgarish kiritish jarayonlarida rejali konspekt sxemali rejali konspekt bo‘lishi mumkin, ya’ni mantiqiy tuzilish va alohida mazmunlarning o‘zaro aloqasini aks ettiruvchi konspekt. Mantiqan to‘g‘ri ma’noga ega bo‘lishi uchun yozuvda asl nusxadagi ketma-ketlik o‘zgarishi mumkin.
    Matnli (matnga oid) konspekt — bu konspekt asosan asl nusxadan parchalar — iqtiboslar asosida yaratiladi. Matnli iqtiboslar bir-biri bilan mantiqiy o‘tishlar zanjiri orqali bog‘langan, reja bilan ta’minlangan hamda konspekt qiluvchi yoki muallif bayonida alohida tezislarni o‘z ichiga olishi mumkin.
    Matnli konspekt — muallifning so‘zma-so‘z bayoni va u keltirgan dalillar manbasi. Ilmiy maqola (kitob)ning bunday konspekti muallif qarashlarining soxtaligini aniqlash yoki munozarali qismlarini aniqlashga yordam beradi, bularni erkin konspektda qayta hikoya qilishda topish qiyinroq. Bunda baribir to‘g‘rilash va aniqlashtirish uchun asl nusxaga murojaat qilish talab etiladi. Bundan bir qator mualliflar tomonidan aytib o‘tilgan fikrlarni qiyosiy o‘rganishda matnli konspektlarni qo‘llash maqsadga muvofiqligi haqidagi xulosa kelib chiqadi.
    Matnli konspekt ko‘p hollarda — uzoq vaqt foydalaniladigan qo‘llanma. Ba’zida bunday konspekt asarni tezkor o‘rganish uchun vaqtinchalik qo‘llanma sifatida ishlab chiqiladi. Matnli konspektni tuzishda tez va to‘g‘ri asosiy iqtiboslarni tanlash talab qilinsa ham, bu turdagi konspekt uni yozish uchun qilingan ishlarni e’tiborga olganda murakkab hisoblanmaydi.
    Ba’zida matnli konspekt qayta ishlash jarayonida yoki yozilayotganda erkin konspektga o‘tib ketadi.

    Download 400,32 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 400,32 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Konspekt turlarining nomini (ularni turlicha nomlash mumkin) emas, ularning mohiyatini tushunish muhim

    Download 400,32 Kb.