Agressiya va zo„rovonlik haqida tushuncha. Uning mohiyati




Download 0,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/57
Sana23.01.2024
Hajmi0,86 Mb.
#143602
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   57
Bog'liq
Pedagogik konfliktologiya

Agressiya va zo„rovonlik haqida tushuncha. Uning mohiyati 
Agressiya va zo‗ravonlik haqida fikr yuritadigan bo‗lsak, ular bevosita bir-
biri bilan bog‗liq tushunchalardir, har bir insonda salbiy jihatlarni uchrashi 
natijasida agressiv holatlar paydo bo‗ladi, yig‗ilib, rivojlanishi oqibatida u 
zo‗ravonlikka aylanishi mumkin.
Ko‗p hollarda zo‗rovonlikni agressiya tushunchasi bilan tenglashtiriladi. 
Agressiya – zo‗rovonlik va bosqinchilik harakatlaridir. Agressiya lotincha so‗zdan 
olingan bo‗lib, to‗siqni oshib o‗tishni bildiradi. U ruhiy holat sifatida o‗zini tuta 
bilish, yurish-turish shaklini anglatadi. Agressiya yurish-turish shakli sifatida 
motivga ega bo‗lgan, o‗zni tuta bilish meyor va qoidalarini buzadigan, insonlarga 
zarar, jabr, sitam keltiruvchi, tashqi harakatlardir. 
Agressiya ruhiy holat sifatida uchta komponentdan iborat murakkab hodisa 
bo‗lib, ular: 
1. Bilish (kognitiv) – vositani tanlaymiz, rejalashtiramiz, obyektni 
aniqlaymiz; 
2. Emotsional – qahr agressiyani chaqiradi yoki agressiya qahrli holatgacha 
olib boradi; 
3. Iroda – o‗zida xatti-harakat komponentini namoyon etadi. 
Ko‗p hollarda agressiya tushunchasi bilan birga agressivlik tushunchasidan 
ham foydalaniladi. Agressivlik – subyekt-subyekt munosabatlari sohasida 
destruktiv ko‗rinish mavjudligini tavsiflovchi insonning xususiyatidir. 
Kundalik hayotimizdagi predmetlarga nisbatan ham agressivlik namoyon 
bo‗lishi mumkin. Agressivlik – ijtimoiylashuv mahsuli bo‗lib, shaxs tomonidan 
orttirilgan sifatdir. U inson va hayvonlarning umumiy biologik adaptiv 
mexanizmlariga asoslangan. Insonning alohida tug‗ma tavsifi (xarakteri tipi, 
temperament ko‗rinishi, garmonal statusining o‗ziga xosligi va shu kabilar) 
rivojlanish jarayonida shaxsning shakllanish jihatlariga sezilarli ta‘sir ko‗rsatishi 
mumkin, lekin, u aniqlovchi omil emasdir. 


29 
Agressivlik o‗zida ikkita tomonni: xatti harakat shakli va emotsional holatni
namoyon etadi. 
Agressivlik shaxs tarkibiy elementi bo‗lgani holda, o‗z xususiy parametrlari 
va boshqa komponentlar bilan o‗zaro munosabatlarga egadir. Agressivlikning 
o‗ziga xos sifati turli darajadagi adovatda: uning batomom yo‗qligidan (atrofiya) to 
to‗liq rivojlanishigacha (gipertrofiya) holatlarda namoyon bo‗ladi. Agressiyaning 
haddan tashqari rivojlanishi shaxsni ijtimoiy hamkorlikka noqobil, konfliktli 
holatlarga, oqlanmagan adovatga va qahrlilikka moyil qilib, uning yaxlit qiyofasini 
aniqlaydi. 
Agressiyaning 
aynan 
shu 
xususiyatlari 
qator 
pedagoglar, 
boshqaruvchilar, jamoatchilik tartibini saqlovchi organlar xodimlarida shaxsning 
shu sifatiga salbiy munosabatini shakllantirgan hamda ular uning har qanday 
ko‗rinishiga qarshi ayovsiz kurash olib borish lozim deb hisoblashadi. 
Ammo, shaxsda agressivlikni mavjudligi uni ijtimoiy xavfliligidan darak 
bermaydi. Jamiyat tomonidan agressiyani to‗g‗ri qabul qilinadigan shakllari ham 
mavjud. Bir xildagi harakatlar ―to‗plami‖ga e‘tibor qaratadigan bo‗lsak: bir 
insonga bezoriligi (ya‘ni, birovni urgani) uchun jazo berilsa, boshqa biriga boks 
bo‗yicha chempionatda g‗olib chiqqani uchun medal beriladi. Insonning mazkur 
ruhiy xususiyati ongli faoliyati uchun zarur hisoblanadi. Yaratuvchanlikka 
yo‗naltirilgan agressiyaning energiyasi, insonning odatdagi mumkin bo‗lgan 
imkoniyatlar doirasidan chiqarib, hayron qolarli harakatlarini paydo qiladi. Jamiyat 
amaliyotidagi talab va individual subyetivlikni ro‗yobga chiqarish, individga 
maqsadga erishish yo‗lida har qanday to‗siqlarni oshib o‗tish imkoniyatini 
beradigan sifatga muhtojdir. Agressiya ana shu sifat hisoblanadi. Chegaralangan 
diapozonda bu shaxsning ijtimoiy-zaruriy sifatidir. Uning mavjud emasligi hayotda 
tushkunlikka, ko‗ngilchanlikka, yumshoqlikka undaydi, ya‘ni oxir oqibat faol 
hayotiy pozitsiyani egallay olmaslikka olib keladi. Agressiyaga, faqatgina 
shaxsning amalga oshirayotgan ish va faoliyati hamda u qaysi tomonga qarab 
yo‗naltirilganligiga qarab to‗g‗ri ijtimoiy bahoni berish mumkin. 
Shu o‗rinda zo„rovonlik ustida bir oz to‗xtalib o‗tadigan bo‗lsak, 

Download 0,86 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   57




Download 0,86 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Agressiya va zo„rovonlik haqida tushuncha. Uning mohiyati

Download 0,86 Mb.
Pdf ko'rish