|
MA’LUMOT BUTUNLIGINI TA’MINLASHNING DASTURIY VA TEXNIK VOSITALARI
|
bet | 2/3 | Sana | 25.05.2024 | Hajmi | 263,1 Kb. | | #253642 |
Bog'liq 10-Identifikasiya va autentifikasiya vositalariMA’LUMOT BUTUNLIGINI TA’MINLASHNING DASTURIY VA TEXNIK VOSITALARI
Dasturiy va texnik vositalar ma’lumotlar butunligini ta’minlashda quyidagi yo‘nalishlarda foydalaniladi:
- korporativ tizimlar ob’ektlarini himoya qilishda;
- axborotni qayta ishlashda qo‘llaniladigan jarayonlar, dasturlarni himoya qilishda;
- aloqa kanallarini himoya qilishda;
- keraksiz va xalaqit qiluvchi elektromagnit nurlarini bartaraf etishda;
- xavfsizlik tizimini boshqarishda.
BUTUNLIKNI TA’MINLOVCHI VOSITALAR
Himoya vositalari dasturiy metodlar va vositalar, apparat vositalari, himoyalashning almashtirish usullari, hamda tashkiliy tadbirlar to‘plamini o‘z ichiga oladi.
Dasturiy vositalar – algoritm va dasturlar to‘plamidan iborat bo‘lib, axborotga, tizimga ruxsatsiz murojaat qilishning oldini olish, axborot yaxlitligi va maxfiyligini ta’minlashda ishlatiladilar.
UMUMIY MA’LUMOTLAR BUTUNLIGINI TA’MINLASHDA QUYIDAGI VOSITALAR ISHLATILADI:
- Axborotga ruxsatsiz murojaat qilishdan himoya qilish vositalari;
- Axborot oqimini tahlil qiluvchi va modellashtiruvchi tizimlar (case-tizimlar);
- Tarmoq monitoringi tizimlari;
- Bayonnomalarni tahlil etuvchi analizatorlar;
- Antivirus vositalari;
- Tarmoqlararo himoya ekranlari;
- Kriptografik vositalar;
- Axborotlarning rezerv nusxasini ko‘chirish tizimlari;
- Uzluksiz kuchlanish bilan ta’minlovchi tizimlar;
- Autentifikatsiya tizimlari;
- Apparatura qurilmalari korpuslarini yechish va buzishga qarshi vositalar;
- Xonalarga kirishni nazorat qiluvchi vositalar;
- Himoya tizimini tahlil etuvchi uskunaviy vositalar.
Тест
- … - Axborotning yo‘qolishiga olib keluvchi buzilishlardan, shuningdek ma’lumotlarni mualliflik xuquqi bo‘lmagan xolda hosil qilish yoki yo‘q kilishdan himoya qilish?.
- Ma’lumotlar butunligi
- Ma’lumotlar butunligi aktivligi
- Ma’lumotlar butunligini taqsimlash
- Barcha javoblar to’g’ri
|
|
| |