|
-Mavzu: Zardushtiylikning teologik tizimi va diniy marosimlari
|
bet | 10/10 | Sana | 17.01.2024 | Hajmi | 272,19 Kb. | | #139803 |
Bog'liq maftuna5-Mavzu: Zardushtiylikning teologik tizimi va diniy marosimlari.
R e j a:
1. Zardushtning dunyoga kelishi.
2. Zardushtiylikning teologik tizimi.
3. Zardushtiylikning diniy marosimlari.
Mil.avv.VII-VI asrlarda Osiyoning markaziy qismida shunday bir yorug„lik paydo bo„ldi-ki bu narsa o„sha davr insoniyat taraqqiyotiga ta‟sir o„tkazmay qolmadi. Sharqiy Eron va Markaziy Osiyo qabilalarinig ijtimoiy tuzumi o„zgarayotgan va diniy qarashlari hamda jamiyatga ro„y berayotgan tabaqalanish davom etayotgan bir paytda Turon pasttekisligida, aniqrog„i Amudaryo bo„ylarida yangi ta‟limot vujudga keldi. Bu ta‟limot o„lkada shakllangan ko„pxudolik va oshiqcha sarf harajatlarga, atrof muhitni ifloslanishiga hamda insonlar hayotida muhim o„rin tutgan jonli hayvonlarni qirib, ko„p qurbonliklar qilinishiga qarshi turoladigan ta‟limot edi. Bu ta‟limotga amal qilgan inson butun umri davomida ezgu fikr, ezgu so„z, ezgu amal kabi g„oyalarni qalbiga joylashi kerak edi. Bu din zardushtiylik dini edi. Ushbu din dualizmga asoslangan, ya‟ni olam ikki ibtido; yorug„lik va qorong„ulik, yaxshilik va yomonlikning to„xtovsiz kurashidan iborat deb uqtiradi Zardushtiylik dini eng qadimgi dinlardan biri hisoblanib, bu din miloddan avvalgi VII-VI asrlarda vujudga kelgan. Bu dinning paydo bo„lishiga oid turli xil qarashlar mavjud. Ba‟zi tadqiqotchilar zardushtiylik dinining asoschisi Zardusht asli Midiyalik (hozirgi Eron hududida faoliayt yuritgan) bo„lgan deb hisoblashadi. Ularning fikricha ushbu din hozirgi Eron hududida paydo bo„lgan. Tadqiqotchi M.Toysning fikricha Zardusht mil. avv. 1500-1200- yillar oralig„ida yashab o„tgan va Markaziy Osiyoda [1](ya‟ni Xorazm hududida) mavjud bo„lgan diniy e‟tiqodlarni isloh qilib yangi bir din boʻlmish zardushtiylik diniga asos soldi. Mil. avv. VII-VI asrlarda Markaziy Osiyoda qabilaviy ittifoqlar va urug„-aymoqchilik munosabatlariga asoslangan Xorazm va Baqtriya qadimgi davlat birlashmalari vujudga kelgan. Bu mamlakatlar mintaqada uzoq vaqt davom etgan ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy madaniy jarayonlarning hosilasi bo„lgan. Ular ta‟sirida jamiyatda tutgan o„rni, imkoniyatlari va ahamiyatiga ko„ra bir-biridan farq qiladigan guruhlar, tabaqalar va sinflar yuzaga kelgan. Davlat esa mavjud ijtimoiy munosabatlarni himoya qiluvchi siyosiy tashkilot hisoblangan. Ijtimoiy-siyosiy hayotda yuz bergan o„zgarishlar talablariga ibtidoiy madaniyat va ibtidoiy e‟tiqod mos kelmagan. Shu bois diniy e‟tiqodni ijtimoiy hayotda yuz berayotgan o„zgarishlarga muvofiqlashtirish zarur edi. Zardushtiylik dini esa mazkur talablarga mos diniy ta‟limot va o„ziga xos dunyoqarash sifatida yuzaga kelgan. Zardushtiylik dinining vujudga kelish sabablari quyidagilardan iborat - tabiat kuchlari, mavjudotlar va ruhlarni muqaddaslashtiruvchi, o„z qiyofasiga ega, ishlab chiqarish sohalariga homiylik qiladigan, kuch va imkoniyatlariga ko„ra guruhlashtirilgan qudratli xudolar bilan almshtirish zarur edi; - jamiyat ishlab chiqarish munosabatlarining rivojlanishi, sinflar va davlatning yuzaga kelishi natijasida eski munosabatlarni aks ettiruvchi ibtidoiy din shakllarining yangi davr talablariga mos kelmay qoldi; - ma‟naviy tajribani umumlashtirish va ularga ilohiy tus berish bilan jamiyat va davlatni yanada mustahkamlash zarur edi [2] Zardushtiylik dini payg„ambar Zardusht nomiga nisbat berilib, shartli ravishda shunday atab kelinadi. Aslida esa u mazkur dinning muqaddas kitobi hisoblanmish “Avesto”“ da ushbu dinning nomi “Mazdayasna” dini deb atalgan. Bu so„zni “Mazdaga sig„inmoq” deb tarjima qilish mumkin. “Mazda” so„zi “donish, oqil, donishmand” kabi talqin etiladi. Zardushtiylik yana “Behdin”, ya‟ni “Eng yaxshi din” deb ham ulug„langan. Uning ta‟limotiga ko„ra, barcha ezgu borliq Mazdaning irodasi bilan yaratilgan. “Mazda” so„zi oldiga ulug„lash ma‟nosini anglatuvchi “Axura” so„zi qo„shilishi natijasida Zardushtiylik dini oliy xudosi hisoblanmish Axura-Mazda nomi paydo bo„ldi[3]. Zardushtiylik dini paydo bo„lgan davr birinchi sinfiy jamiyat, ya‟ni quldorlik jamiyati davri endi paydo bo„layotgan davr edi. U urug„chilik tuzumi yemirilib aholi qullar va quldorlarga, zolim va mazlumlarga bo„linayotgan davr bo„lgan. Bu din eng avvalo O„rta Osiyodan tashqari Eron, Afg„oniston, Ozarbayjon, Yaqin va O„rta Sharqning bir qancha mamlakatlariga tarqalgan edi. Zardushtiylik dinini paydo bo„lgan zamin Xorazm vohasida qadimdan bir qancha turkiy elatlar yashab kelgan. Bu din mil. avv. VII-VI aslarga xos din sifatida o‟zidan oldingi urug„ qabilachilik dinlari negizida paydo bo„lgan din hisoblanadi. Zardusht nomi ham turli tadqiqotlarda turlicha keltiriladi. Masalan, Zaratushtra (ma‟nosi- “sariq tuya sohibi”, “zarg‟in yorug‟lik egasi”), Zarduts, Zoroastr ko„rinishlarida ham ishlatiladi. Zardushtning tarixda bo„lgan yoki bo„lmaganligi to„g„risida ham aniq yechimga kelinmagan. Ba‟zi tadqiqotchilar uni tarixiy shaxs deya e‟tirof etishsa, ba‟zilari esa ularda farqli o„laroq uni afsonaviy shaxs deya ta‟kidlashadi. U Quyi Amudaryo hududlarida yashovchi oriy qabilasining yirik urugʻlaridan boʻlmish Spitama urug„idan bo„lgan. U 23 yoshidan boshlab jamiyatdagi kamchiliklarga turli xil qabilalarning turli xudolarga sig„inishi natijasida ular o„rtasidagi urushlarning ko„payishiga, qolaversa, har xil xudolar uchun qilinadigan qurbonlik (qurbonlikka odamlar ham ishlatilgan)larni sabab qilib ko„rsatadi va 30 yoshidan boshlab yagona oliy xudo Axura-Mazdaga sig„inish kerakligini targ„ib qila boshlaydi[4 ]. Zardusht o„z g„oyalarini jamiyatdagi barcha tabaqalar orasida qo„rqmasdan targ„ib qilgan. Zardusht Balx shahrida ibodat chog„i ko„pxudollikka sig„inuvchi Bratarvaxsh tomonidan pichoqlab o„ldirilgan Zaratushtra (yunoncha–Zaroastr, forscha–Zardusht) qadimgi dunyo mualliflari ma‟lumotlariga ko„ra afsonaviy shaxs deya e‟tirof etilgan. Ammo Avestoning “Goxlari” va “Yasht” boblari Zaratushtrani tarixiy shaxs sifatida yoritadi. Abu Rayhon Beruniy ma‟lumot berishicha Zaratushtraning tug„ilgan sanasi Makedoniyalik Iskandargacha bo„lgan 258 yil hisoblanadi. Zaratushtra 77 yoshida vafot etgan va uning hayot sanasi miloddan avvalgi VII-VI asrga to„g„ri keladi. Zardushtning tug„ilgan joyi haqida Avestoda hech qanday ma‟6lumotlar yo„q. Manbaga ko„ra Zardushtning diniy nasihatlari o„z vatanida tarafdorlarini topmagan. Shuning uchun ham yangi din asoschisi o„z yurtidan qochishga majbur bo„ladi. Avestoning “Goxlari” bobida shunday deyilgan; “Qay tomonga, qaysi yurtga qochib qutulsam, meni kohinlardan va jangchilardan ajratib qo„ydilar, jamoa meni quvnatmaydi, mamlakatlarning yovuz sardorlari meni qabul qilmaydilar”. Oxir – oqibat Zardushtni Baqtriya hukmdori Kavi Vishtaspa qabul qiladi. Vishtaspaning uzoq va yaqin qarindoshlari Zardusht ta‟limotiga juda ham qiziqqanlar va uning e‟tiqodini qabul qilishgan.
|
| |