|
R e j a korxonaning ishlab chiqarish tizimi va uning asosiy elementlari? Korxonada
|
bet | 4/8 | Sana | 19.12.2023 | Hajmi | 146 Kb. | | #123851 |
Bog'liq 3-mavzu. Ishlab chiqarish omillari va ishlab chiqarish jarayoniSeriyali ishlab chiqarishni tashkil etish. Mahsulotni seriyalab ishlab chiqaruvchi korxonalarda nisbatan ko’proq qaytariladigan mahsulot tayyorlanadi, lekin donalab ishlab chiqarishga qaraganda mahsulot nomenklaturasi birmuncha chegaralangan bo’ladi. Seriyali ishlab chiqarish jarayonining tuzilishi har bir yangi seriyada o’zgarishi mumkin.
Seriya deganda ishlab chiqarishga bir vaqtning o’zida va ketma-ket tushiriladigan konstruktiv bir xildagi buyumlarning bir nechtasi tushuniladi.
Seriyali ishlab chiqarishda har qaysi ixtisoslashtirilgan uchastkada, birinchi navbatda, mexanika Sexlarida bir xildagi guruh detallarni ishlov berish ta’minlanadi. Ishlov berish usullarini ixtisoslash texnologik jarayonlarni tezlashtirishga sharoit yaratadi. Seriyali ishlab chiqarishning xususiyati Sex va butun korxonani tashkil qilish shakliga hamda boshqarish tizimiga va rejalashtirishga ta’sir qiladi. Ayrim korxonalarda ishlab chiqarish uchastkalari asosiy texnologik belgilarga asosan tashkil qilinsa, seriyali ishlab chiqarishda esa, ular buyumning texnologik belgilari bo’yicha tashkil etiladi.
Mahsulot nomenklaturasining xilma-xilligi va ishlab chiqarishning miqyosiga qarab (ya’ni korxonalarni ixtisoslashtirish darajasiga qarab) seriyali ishlab chiqarish quyidagi seriyalarga bo’linadi:
mayda seriyali ishlab chiqarish o’z xususiyati bilan donalab ishlab chiqarishga yaqin turadi va bunda mahsulot mayda seriyalab, ya’ni bir necha donalab, o’nlab yoki yuzlab dona ishlab chiqariladi;
o’rtacha seriyali ishlab chiqarishda mahsulot ishlab chiqarish seriyalab (o’nlab va yuzlab nomda) ishlab chiqariladigan mashinalar quvvatining katta-kichikligiga bog’liq;
v) yirik seriyali ishlab chiqarish esa nisbatan oz nomenklaturada ko’plab mahsulot ishlab chiqarish bilan xarakterlanadi.
Seriyali ishlab chiqarishni tashkil qilish quyidagi asosiy xususiyatlar bilan xarakterlanadi:
ishlab chiqarilayotgan mahsulot nomenklaturasining ko’pligi va doimiyligi;
ixtisoslashtirilgan ish joyiga doimiy ravishda bog’langan operatsiyalarni bajarish;
mahsulotni seriyalab ishlab chiqarish va detallarni partiyalab, oldindan belgilangan tartibda navbatma-navbat ishlab chiqarish;
ixtisoslashgan va maxsus uskunalar bilan birga universal asbob-uskunalar qo’llash;
mahsulot ishlab chiqarishda ko’p mehnat talab qiladigan va qo’l yordami bilan bajariladigan ishning ulushini kamaytirish;
ishlab chiqarish jarayonining nisbatan qisqarishi (ayrim ishlab chiqarishga nisbatan).
Ishlab chiqarishni boshqarish deganda ishlab chiqarish doirasida amalga oshiriladigan rahbarlik,tashkilotchilik va ma’muriy xarakterdagi alohida faoliyat tushuniladi.Bunday boshqarishda ikki tomon:
ijtimoiy-iqtisodiy;
tashkiliy-texnik tomonlar farq qilinadi.Bu har ikkala tomonlar o’zaro bog’liqdir, lekin ishlab chiqarishning borishiga ijtimoiy-iqtisodiy tomon hal qiluvchi ta’sir ko’rsatadi, chunki ishlab chiqarishni boshqarish eng avvalo, odamlarni, ularning mehnatini boshqarishdir.
Ishlab chiqarishni operativ(tezkor) boshqarishni markazlashtirish. Seriyali ishlab chiqarishning u yoki bu turdagi ko’rinishini aniqlaydigan ob’ektiv ko’rsatkich uskunalarning seriyali yuklanish koeffitsienti (Kser) hisoblanadi.
Ксеp Ос ,
Ус
Bu yerda: Os —bir Sexda ishlanadigan detallar operatsiyalarining soni; Us — Sexdagi o’rnatilgan uskunalar soni.
Amalda quyidagi seriyalash koeffitsientlari qo’llaniladi:
mayda seriyalab ishlab chiqarishda 20-40;
o’rtacha seriyalab ishlab chiqarishda 5-20;
yirik seriyalab ishlab chiqarishda 3-5.
|
| |